Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet59/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 65
shu birodaringiz uchun yana bir kelasiz, endi.
Birodarlar, kapitan katta jon joyimdan ushladi! Bilibmi, bilmaymi, ishqilib, birodaringiz
uchun, dedi! Shu gap ko‘nglimni oldi! Rahmonboy birodarimizni deb, yo‘q demadim.
Rahmonboy birodarimiz meni uyiga yetakladi.
— Mazam yo‘qroq, boshqa vaqt borarman, birodar, — dedim.
— Unda, biror kun o‘zim uyingizga boraman, to‘n yopishib og‘a-ini bo‘lamiz, — dedi.
— Shunday-da og‘a-ini, birodarmiz, — dedim.
77
Militsiya mashinasi eshigimizga kelganini el bildi.
Birodarlar, elning qulog‘i ellikta!
El ajablandi, el hadiksiradi...
Duv-duv gap bo‘ldi...
Birodarlar, yomon gap, raketadan oldin yuradi, yaxshi gap, toshbaqadan keyin yuradi!
Xufton vaqti-xufton vaqti uzangi yo‘ldoshlarim bilan hamsoyamiz Rixsiyev ko‘ngil so‘rab
keldi.
Ayolimiz dasturxon yozdi.
Bo‘lg‘usi bojamiz Odina chavandoz ayolimizdan nam tortib, yerga qarab o‘tirdi.
Uzangi yo‘ldoshlarim gapni nimadan boshlashini bilmadi. Istihola qildi.
Shunda, Rixsiyev gapni indallosidan boshladi:
— Sizni militsiya mashinasi uyingizdan olib ketibdimi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi.
— Bekor gap-e! — dedim.
— Ana, hamma shunday deyapti-yu?
— Olib ketgan yo‘q, aytib ketdi. Men avtobusda bordim, — dedim.
Farosat etsam, el og‘zida ko‘p gap bo‘libman. Elga bir gap tegmasin. Chibinday gapni
tuyaday qilib gapiradi. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Endi bor gapni aytayin...
Aytib-aytib berdim. Bir gapni-da qoldirmadim!
Uzangi yo‘ldoshlarim dildo‘z so‘zlar aytdi, dildo‘z gaplar aytdi.
— Xo‘p juvonmardlik bo‘pti-da! — dedi.
Rixsiev bolishdan tirsagini oldi. Chavandozlarga sigirqarash qildi.
— Katalizatorlar! — dedi. — Bu, sargardon- lik-ku, sargardonlik!
— Sargardonligi bo‘ptimi, shu bahona Tarlon ikkovimiz shaharni sayil qilib kelayapmiz,
— dedim.
— Aha, u falsafangizni boshqalarga o‘qing, o‘rtoq Qurbonov. Sayil emish! Bunday ishlar
turgan-bitgani g‘alva, sargardonlik!
— Sayil-da — sayil, sargardonlik-da — sayil.
— Siz endi ko‘rayotgandirsiz-da? Aha, men shaharda yashayotganimda bunday
ishlarning bir nechtasiga duch kelganman. Sizdan yaxshi bilaman, oqibati nima
bo‘lishini! Bir dam olishda bizni paxtaga olib bordi. O‘zingiz bilasiz, bir kunlikka borgan
hasharchilar paxta termaydi. Ichib, kayf-safo qilib qaytib keladi. Men ham tagimga
qo‘yish uchun ikki kilocha paxta terib, etagimdagi paxtaga yonboshladim, mudrab
yotdim. Shunday pastimdan bir daryo loyqa suv oqayapti. Shunda, daryo bo‘yida ikkiuchta
qora ko‘rindi. Ko‘zimni kattaroq ochib qaradim. Bizning hasharchilar emas, shu
yerning yigitlariga o‘xshadi. O‘zlaricha bir-birlarini turtkiladi. Hazillashayapti, deb o‘yladim.
Aslida urishayapti ekan. Ikkitasi bittasini o‘rtaga olib urdi. Tayoq yeyayotgani
yoqalab qochdi. Daryo ustidan bir ingichkagina truba o‘tar edi, shu trubadan qochdi.
Truba o‘rtalarida muvozanatini yo‘qotdi. Goh o‘ng, goh chap qo‘lini ko‘tarib-ko‘tarib,
suvga tushib ketdi. Boshqalari qochdi. Bola suv yuzida goh ko‘rinib, goh yo‘qolib oqdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling