Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet62/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 68
Bir katta Rahmon birodarimizni so‘roqqa tutdi:
Ayting-chi, nega voyaga yetmagan bolani urdingiz? — dedi.
— Urganim yo‘q, kalla qildim, — dedi Rahmon birodarimiz.
— Baribir, urgan hisoblanadi. Yuzida jarohat bor. Pulingizni o‘g‘irlagan ekan, yana tag‘in
ushlab olibsiz ekan, militsiyaga topshirish kerak edi!
— Kuchim yetmadi.
— Urishga yetgan kuchingiz, militsiyaga yetaklab borishga yetmadimi?
— Uch birday yigitga qanday qilib kuchim yetadi?
— Unda militsiyaga telefon qiling edi. Yoki, odamlrani yordamga chaqiring edi. Ana,
ko‘cha to‘la odam!
— Odam? Qanday odam? Qani odam...
Rahmon birodarimiz gapirolmadi. Dimog‘i to‘lib keldi. Ovozi ichiga tushib ketdi. Yengi
bilan ko‘zlarini artib-artib oldi.
— Bir soat tanaffus! — dedi kattalar.
O‘tirib-o‘tirib, qornim ochqadi. Choyxonaga qarab yurdim.
Men choy ichib qayta berdim, odamlar suddan chiqib kela berdi.
Demak, sud sob bo‘pti, endi sud oqibatini so‘rayin, dedim. Rahmon birodarimizni qidirdim.
Shunda, bir to‘da momolar bilan ayollarga ro‘para keldim. Momolar sel-sebor yig‘ladi.
Peshonalariga urib-urib yig‘ladi. Tizzalariga mushtlab-mushtlab yig‘ladi...
Bildim, bular ana shu bo‘zbolalar momosi bo‘ldi, ana shu bo‘zbolalar onasi bo‘ldi.
Men ana shu ko‘z yoshlar oqishi uchun o‘zimni aybdor deb bildim. Yoshlar to‘la ko‘zlarga,
yoshlarga belangan yuzlarga qarab turolmadim...
Birodarlar, barmog‘imning qaysi birini tishlasam-da og‘riydi!
Ohista-ohista ketimga qayrildim.
Tarlonimiz oldiga bordim. Otlanib, qishloqqa qaytdim. «8-Mart» kolxozidan o‘tib,
Hayrondaraga doxil bo‘ldim.
Tevarak mayda-mayda adirlar bo‘ldi. Arg‘amchiday yo‘l bir yuqoriladi, bir adoqladi.
80
Oqshom vaqti bo‘ldi.
Olamga-da oqshom qo‘ndi, ko‘nglimga-da oqshom qo‘ndi. Ko‘nglim oqshomday mahzun
bo‘ldi.
Beixtiyor ketimga qayrilib qaradim. Bir qizil mashinani ko‘rdim. E’tibor bermadim.
Adirga o‘rladim. Adir qoq ustida tag‘in ketimga qayrilib qaradim. Mashina qorama-qora
keldi.
Adirdan enib boshladim. Adir tikkaligidan Tarlon o‘zini ketiga tashlab-tashlab yurdi. Old
oyoqlarini og‘ir-og‘ir bosdi.
Adir adog‘iga tushdim. Mashina adir ustida imillab qoldi. Hayron bo‘ldim. Mashina degani
tez yurar bo‘lardi, bu mashina xiyladan buyon bir otdan o‘tolmaydi. Yo, biron yeri
nosozmikin?
Yo‘lni kesib o‘tadigan ariqqa keldim. Ariqdan loyqa suv oqibdi. Ichi qip-qizil loy bo‘libdi.
Loy ot tizzasiga keladi.
Shu bois, Tarlonni ariqqa solmadim. Ariqdan hatlattirmoqchi bo‘ldim. Ammo bu
niyatimdan-da qaytdim. Vaji, ariq yoqalari-da loy. Tarlon toyib ketadi.
Ariq yoqalab, yuqoriladim. Sayozroq yer qidirdim.
Mashina-da quyiga endi. Ariq bo‘yida oyoq ildi. O‘tolmasligini bildi shekilli, bizning
izimizdan yurdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling