Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 67
Otiga baxmal yopsin, Huyyo solsin otasi, Orqasidan yol topsin, Huyyo, bolam, huyyo!.. — Ay, enasi-ya, kel, ulimga mamma ber! Ulim mammasirab qopti. Ana, aytdim, enang keladi, mamma beradi! Bolam, sen ham botirim, Chopib kelayotirim, Cho‘pon bo‘lsang qo‘ylarga, Boqarsan o‘tloq, soylarga, Huyyo, bolam, huyyo!.. — Bo‘ldi-ye, enag‘ar! Og‘zim bor deb ingillay berasanmi! Og‘iz bir senda bormi? Mana, bizda-da bor! Nimaga biz ingillamaymiz? Izzatingni bil-da! Yo, otiga baxmal yopsin, qo‘ylarini boqsin, dega- nimga o‘zingdan ketayapsanmi? Qani o‘sha otlaring, qo‘ylaring? Hovlidagilarni aytayapsanmi? Eb-ey, eb-ey, ular sening bovangdan qoldimi? Ular mening otamdan qoldi! Ular meniki, bildingmi? Huyyo-huyyo, huyyo qani? Bovang bergan tuyang qani? Bovang bergan tuyang bo‘lsa Boqib yurganlaring qani? Boqib yurgan tuyang bo‘lsa Adir ham cho‘llaring qani? — Ana bo‘lmasa, ukkag‘arning kenjasi! Mard bo‘lsang javob ber, ukkag‘arning kenjasi! Ana, sasing chiqmay qoldi-ku! Ingillaysan-a, ingillaysan! Ha? Ha-ha-ha! Sho‘xlashdim, ukkag‘arning kenjasi, sho‘xlashdim! Sho‘xlashishni-da bilmaysanmi. Ulim, manavi uylarda, qo‘tondagi qo‘ylar-da, osmondagi oylar-da, ko‘pchib yotgan yerlar-da, bari-bari seniki! Bor-e, Tarlonni-da berdim, bor-e! Ol-e, ukkag‘arning kenjasi-e, ol-e!.. Huyyo qilay huydad Oting solgin to‘daga Huyyo qilsam uxlagin Otang sendan sadag‘a Huyyo, bolam, huyyo-i-i-i!.. — Ulim, bir nima esingda bo‘lsin. Gagarinday boshing osmonga yetsa-da, olim bo‘lib yetti iqlimni so‘rasang-da, sen avvalambor Ziyodulla chavandozning uli bo‘l! Mening ulim bo‘l! Menday bo‘l, menday! Menday bo‘lasan-a, menday bo‘lasan-a?.. 79 Suddan qog‘oz keldi. Oyog‘im tag‘in uzangida bo‘ldi, organ yo‘lida bo‘ldi. Bora-borgunimcha Yaratganning o‘ziga sig‘inib bordim. Shu yurishimni bo‘ldi qil endi, meni bunchalar jonhalak qilma endi, deb bordim. Sudda odam serob bo‘ldi. Bir tarafda urgan bo‘zbolalar, bir tarafda Rahmon birodarimiz o‘tidi. Kattalar yuqorida bo‘ldi. Bo‘ldi so‘roq, bo‘ldi javob! Urgan bo‘zbolalar aybini bo‘yniga olmadi. Bir-birlariga to‘nkab turib oldi. Shunda, yuqorida o‘tirgan kattalar mendan so‘radi. Da’volarini mendan ma’qullatib oldi. Men asqotib turdim. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling