O‘t oldirish tizimi reja


Download 86.1 Kb.
bet2/4
Sana20.01.2023
Hajmi86.1 Kb.
#1104543
1   2   3   4
Bog'liq
O‘T OLDIRISH TIZIMI

Kontaktli o‘t oldirish tizimi. O‘t oldirish tizimini samarali ishla- tishning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ishchi kuchlanish­ning qiymati 20000 V.gacha ko‘tarilganda ham ikkilamchi zanjir- ning barcha qismlari ish qobiliyati saqlashini ta’minlashdan ibo- ratdir. Bu talabni bajarishdagi asosiy qiyinchilik — o‘t oldirish tizimiga taalluqli asboblarning o‘lchami kichikligi va bu ularning izolatsiya xususiyatlari katta zaxirali qilib yasash imkoniyatini bermasligidir. O‘t oldirish tizimining buzilishi ko‘p hollarda ik­kilamchi zanjirdagi izolatsiyaning shikastlanishidan yuzaga ke- ladi. Odatda, bu shikastlanishlar yuqori kuchlanishning izolatsiyani teshib massaga o‘tib ketishi yoki yuza bo‘ylab razryadlanish ko‘- rinishida bo‘ladi. Yuqori kuchlanishning massaga o‘tib ketish hollari, odatda, izolatsiyaning eskirganligi yoki ichki nuqsoni mavjudligi sababli sodir bo‘ladi. Yuza bo‘ylab razryadlanish hodisasi, asosan, izolatorning ifloslanishi yoki namlanishi sababli yuzaga keladi.
Yuza ustidan razryadlanish hodisasining ko‘p marta qaytari- lishi, plastmassadan tayyorlangan izolator yuzasida ko‘mirlangan yo‘lakcha hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada, yuqori kuchlanish- ning bir qismi ushbu yo‘lakcha orqali massaga o‘tib keta boshlaydi va o‘t oldirish tizimining samarali ishlash darajasi keskin pasayadi. Demak, o‘t oldirish tizimining ishonchli ishlashini ta’minlash uchun yuqori kuchlanishiga taalluqli barcha asboblar, o‘tkazgichlar va izolatorlarning tozaligiga, namlanmaganligiga katta e’tibor be- rish zarur.
Avtomobil har 10000 km yurganda (1-TQ), uzgich- taqsimlagich qopqog‘ining ustki va ichki qismlarini, rotor va o‘t oldirish g‘altagining qopqog‘ini benzinda namlangan latta bilan yaxshilab tozalash zarur.


Agar avtomobil ortiqcha chang va namlik sharoitlarda ishlatilsa, bu ishni har kun amalga oshirish tavsiya qilinadi. Texnik qarov vaqtida izolatsiya qismlarda mexanik shikastlik yoki ko‘mirlangan yo‘lakchalar aniqlansa, bu detalni almashtirish zarur. Agar o‘t oldirish g‘altagining ustiga moy yoki izolatsiyalovchi eritma oqib chiqqan bo‘lsa ham uni almashtirish kerak. O‘t oldirish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘tkazgichlar ulangan kon- taktlarni mahkamlash, o‘t oldirish tizimiga taalluqli barcha asbob­larning yaxshi qotirilganligini nazorat qilish zarur.
Uzgich-taqsimlagichni moylash avtomobilning ikkinchi texnik qarovida (2-TQ) amalga oshiriladi. Uzgich-taqsimlagich pod- shipnigini moylash uchun taqsimlagich qobig‘idagi qopqoqchali moydon qopqog‘ini bir marta aylantiriladi. Taqsimlagich qop- qog‘i va rotorni yechib, kulachokning ishchi yuzasini moylovchi piltaga bir-ikki tomchi toza motor moyi tomiziladi. Xuddi shuncha moy uzgich pishangning o‘qiga va 4—5 tomchi moy kulachok vtulkasiga ham tomiziladi.
Uzgich-taqsimlagichni moylash bilan bir vaqtda uning ichki qismidagi detallar nazoratdan o‘tkaziladi. Yuqori kuchlanish ro­torning kontakt plastinasidan taqsimlagich qopqog‘ining ichiga joylashtirilgan yon elektrodlarga uchqun ko‘rinishida uzatilganda, bu detallarning kuyish hollari kuzatiladi, natijada rotor plastinasi va yon elektrodlar orasidagi tirqish me’yoridan oshib ketadi, yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsiyenti (K) esa kamayadi. Shu­ning uchun, rotorning kontakt plastinasi va yon elektrodlar se- zilarli darajada kuygan bo‘lsa, rotor yoki taqsimlagich qopqog‘i almashtiriladi.
Bundan tashqari, yuqori kuchlanishni rotorning kontakt plas- tinasiga uzatadigan ko‘mir kontaktning o‘z yo‘naltiruvchi bo‘ylab bemalol harakatlanishi tekshiriladi. Markazdan qochma va va- kuum rostlagich mexanizmlarining qadalish, qotib qolish hollari bo‘lmasligi nazorat qilinadi. Buning uchun uzgich kulachogini qo‘l bilan oxirigacha buraladi va qo‘yib yuboriladi. Bunda kula- chok qadalmasdan, to‘xtamasdan o‘zining dastlabki holiga qay- tishi kerak. Vakuum rostlagich ham aynan shu usulda tekshiri- ladi, faqat bunda uzgichning yuqori plastinasi buraladi va qo‘yib yuboriladi.
Bu ishlarni bajarish vaqtida uzgich kontaktlari benzinda nam- langan zamsha yoki latta bilan yaxshilab tozalanadi. Kontaktlarning qurishi uchun 1—2 minut vaqt beriladi va shundan keyingina taq­simlagich qopqog‘i o‘z joyiga qo‘yiladi. Kontaktlarning ishchi yuzasini diqqat bilan, iloji bo‘lsa lupa yordamida tekshirish lozim. Bu yuza qisqa muddat ishlagandan so‘ng yaltiroqligini yo‘qotib, ozgina g‘adir-budur bo‘ladi va kulrang tus oladi. Bu kontaktlar­ning tabiiy ravishda bir-biriga moslashish holatidir. Bunday yuzaga ega bo‘lgan kontaktlar yangilariga nisbatan bir-biri bilan yaxshiroq tutashadi. Agar kontaktlar yaxshi tutashmasa, ular orasida kuchli uchqun hosil bo‘lsa kontaktlar havorang tus oladi. Kontaktlar moylangan holda ishlatilsa, ular qorayib ketadi.
Kontaktli o‘t oldirish tizimida, kontaktlar orasida uchqun paydo bo‘lishi sababli, muqarrar ravishda eroziya, ya’ni metall- ning bitta yuzadan ikkinchi yuzaga ko‘chish hodisasi ro‘y beradi. Natijada, bitta kontakt yuzasida bo‘rtiq, ikkinchisida esa chuqurcha hosil bo‘ladi. Bo‘rtiqning balandligi 0,5 mm.dan kam bo‘lsa, kontaktlarning ish qobiliyati buzilmaydi va uni tozalash shart emas. Ikkinchi kontaktni tozalaganda chuqurchani butunlay yo‘- qotib yuborish kerak emas, faqat usti sal silliqlansa, yetarli bo‘- ladi. Agar kontaktlar sezilarli darajada kuygan yoki yeyilgan bo‘lsa, uzgich kontaktchasi va qo‘zg‘almas kontakt ustunchasi almash­tiriladi.
Kontaktlar tozalangandan keyin ulardagi volfram va ab- raziv zarrachalarini yo‘qotish maqsadida siqilgan havo bilan to­zalanadi va benzin bilan yuviladi. Shundan keyin kontaktlar ora- sidagi tirqish yoki kontaktlarning tutashib turish burchagi rostla- nadi va o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi o‘rnatiladi.
Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimlarida kontaktlardan o‘ta- yotgan tokning qiymati katta bo‘lmaganligi uchun ularda eroziya hodisasi deyarli sodir bo‘lmaydi. Kontaktlarni uzoq muddat davo­mida tozalamasa ham bo‘ladi. Lekin ba’zi ekspluatatsion rejimlarda, masalan, avtomobil nisbatan uzoq vaqt davomida turib qolgan bo‘lsa yoki havoning namligi me’yordan ortiq bo‘lgan hollarda kontaktlar yuzasida tok o‘tkazmaydigan volfram oksidlaridan tashkil topgan yupqa parda hosil bo‘lishi mumkin. Kontaktlardan o‘tadigan kuch- lanishning qiymati kichik bo‘lganligi uchun bu pardani teshib o‘ta olmaydi va o‘t oldirish tizimi ishlamaydi. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining ish qobiliyatini tiklash uchun kontaktlar ustidan

  1. 3 marta shishali jilvir qog‘ozni yurgizib yuborish yetarli bo‘ladi. Kontaktlar ifloslanganda ham oksidli parda hosil bo‘lishi mumkin.

Kontaktlarning tutashib turish burchagi (uzgich kulachogi- ning kontaktlarni tutashish holatidan uzilish holatigacha bura- lish burchagi) ikkilamchi maksimal kuchlanish qiymatigacha bevosita tasir korsatadi. Bu burchak qanchalik katta bolsa, ot oldirish galtagining birlamchi chulgamidan otayotgan tok ham kontaktlarning uzilishi daqiqasigacha shunchalik kattaroq qiy- matga erishadi, demak, ikkilamchi maksimal kuchlanish ham shunchalik yuqori qiymatga ega boladi.
Kontaktlar orasidagi tirqish ularning tutashib turish burchagiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi. Tirqish qanchalik katta bo‘lsa, kontakt- larning tutashib turish burchagi shunchalik kichik bo‘ladi va aksincha, tirqish kamayishi bilan kontaktlarning tutashib turish burchagi ortadi. Kontaktlar orasidagi tirqishning belgilangan me’yordan katta bo‘lishi o‘t oldirish tizimining ishida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu avtomobilning tezlashish va dvigatelni ishga tushirish rejimlarida namoyon bo‘ladi. Tirqish me’yordan kichik bo‘lganda esa birlamchi zanjirdagi tok zarur qiymatga erisha olmaydi va maksimal ikkilamchi kuchlanish ham pasayib ketadi. Bundan tashqari, kontakt­lar orasida yuzaga keladigan uchqunli yoyni so‘ndirish sharoitlari yomonlashadi va natijada kontaktlardagi eroziya hodisasi kuchayadi.
Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish uchun maxsus dastak yordamida dvigatelning tirsakli valini aylantirib uzgich kulachogi shunday holatga keltiriladiki, unda kontaktlar orasidagi tirqish maksimal qiymatga ega bo‘ladi. Shundan keyin tirqishni shchup bilan tekshiriladi. Bunda shchup kontaktlar orasiga tiralib kirishi, lekin pishangchani qochirmasligi zarur. Tirqishni rostlash uchun (4.1-rasm) uzgich plastinasiga qo‘zg‘almas kontaktli ustunchani mahkamlovchi vint (l)ni bo‘shatish va rostlash ekssentrigi (2)ni aylantirib, kontaktlar orasidagi tegishli tirqishni o‘rnatish lozim. Rostlash tugagandan keyin vint qayta tortiladi va tirqish shchup bilan yana bir bor tekshiriladi.
Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish bilan birga uzgich pishangchasining o‘z o‘qida bemalol, qadalmasdan aylanishiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun pishangchani barmoqlar bilan tortish va keyin qo‘yib yuborish kerak. Prujina ta’sirida pishangcha darhol o‘zining dastlabki holatiga qaytishi kerak. Agar pishangchaning qadalish yoki to‘xtab qolish hollari kuzatilsa, pishangcha o‘qidan yechiladi, o‘q mayda donali shisha jilvir qog‘oz bilan silliqlanadi, bir-ikki tomchi (undan ortiq emas) toza motor moyi bilan moylanadi va pishangcha yana o‘rniga qo‘yiladi. Pishang­chaning yaxshi aylanmasligining ikkinchi sababi — prujinaning tortish kuchining susayganligi. Prujinaning tortish kuchini dinamo­metr yordamida tekshiriladi (4.2-rasm). O‘lchash vaqtida kuch kontaktlarning o‘qi bo‘ylab yo‘naltirilgan bo‘lib, u pishangchaning



Download 86.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling