- Predmetning ma'nosini ifodalaydigan va grammatik son, egalik, rod, kelishik kategoriyalarga ega bo‘lib kim? nima? so‘roqlariga javob beradigan mustaqil so‘z turkumiga ot –SUBSTANTIVUM deyiladi.
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI - Otlarda uch xil grammatik rod bo‘lib, ular quyidagicha:
- Rod -Genus
- Genus Masculinum (genus maskulinum) -mujeskoy rod
- Genus Femininum (genus femininum) -jenskiy rod
- Genus Neutrum (genus neutrum) -srednoy rod
Son (Numerale). Lotin tilida otlar ikki songa bo‘linadi:
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI
Lotin tilida ham xuddi o‘zbek tilidagidek oltita kelishik mavjud bo‘lib, tibbiyotda otlar asosan beshta kelishikda turlanadi: Kelishik (Casus) - Lotin tilida ham xuddi o‘zbek tilidagidek oltita kelishik mavjud bo‘lib, tibbiyotda otlar asosan beshta kelishikda turlanadi: Kelishik (Casus)
- Casus Nominativus -bosh kelishik
- Casus Genetivus -qaratqich kelishigi
- Casus Dativus -jo‘nalish kelishigi
- CasusAccusativus -tushum kelishigi
- Casus Ablativus -chiqish kelishigi
- Casus Vocativus -gapda bosh kelishik bilan bir xil savolga javob berib keladi. Shuning uchun ham oltinchi kelishik tibbiyotda qo‘llanilmaydi.
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI - Lotin tilida otlarni turlanish xususiyatlariga ko‘ra asosan besh turlanishga bo‘lish mumkin. Otlarning guruhlardagi turlanishi qaratqich kelishigining birlik soni (Genetivus Singularis)dagi kelishik qo‘shimchasiga qarab aniqlanadi.
- Gen. Sing. (Qaratqich kelishigi birlik soni) qo‘shimchalari :
- I -ae
- II -i
- III -is
- IV -us
- V -ei
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI - Lug'atda otlar quyidagicha yoziladi: bosh kelishikning to‘liq shakli, keyin qaratqich kelishigining qo‘shimchasi va rodi. Masalan:
- aqua, ae, f -o‘qilishi –aqua, aquae, femininum -suv,
- dens, ntis, m -o‘qilishi -dens, dentis, masculinum –tish,
- septum, i, n -o‘qilishi -septum, septi, neutrum -to‘siq,
- genu,us, n -o‘qilishi -genu, genus, neutrum -tizza.
- caries, ei, f -o‘qilishi –caries, cariei, femininum -chirish.
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI - Otlar kelishiklar bo‘yicha turlanganda ot negiziga kelishik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Otning negizini topish uchun otni qaratqich kelishigi birlik sonida yozib, undan qaratqich kelishik qo‘shimchasini olib tashlash kerak. Masalan:
- Nom. Sing.: aqua dens septum
- Gen. Sing.: aquae dentis septi
- Ot negizi: aqu- dent- sept-
Otlarning birinchi turlanishi. - Otlarning birinchi guruhda kelishiklar bo‘yicha turlanishiga bosh kelishik birlik soni (Nominativus Singularis)da -a qo‘shimchasi bilan tugallangan jenskiy roddagi otlar kiradi. Qaratqich kelishigi birlik soni (Genetivus Singularis)da esa -ae qo‘shimchasi bilan tugallanadi va lug'at shakli quyidagicha bo‘ladi,
- Masalan:
- tinctura, ae, f — spirtli eritma,
- tabuletta, ae, f — tabletka, tugmachasimon dori
- pilula, ae, f — hab dori
Otlarning birinchi turlanishi. - Bu otlar jenskiy rodga tegishli otlardir. Jenskiy roddagi otlar kelishiklarda quyidagicha turlanadi:
- Casus Singularis Pluralis
- Nominativus -a -ae
- Genetivus -ae -arum
- Dativus -ae -is
- Accusativus -am -as
- Ablativus -a -is
- Dori nomlari va dorivor o‘simliklar nomi hamma vaqt bosh harf bilan yoziladi.
Moslashmagan aniqlovchi. - Lotin tilida ikki xil aniqlovchi qollaniladi:
- moslashgan aniqlovchi,
- moslashmagan aniqlovchi.
- Moslashgan aniqlovchi sifat bilan, moslashmagan aniqlovchi esa qaratqich kelishigida turlangan ot bilan ifodalanishi mumkin. Masalan:
- caput costae — qovurg’aning boshi,
- corpus humeri — yelka suyagining tanasi,
- apex linguae — tilning uchi,
- oculus hominis —odamning ko’zi,
- vena pedis — oyoqning venasi.
Moslashmagan aniqlovchi. - Moslashmagan aniqlovchi bilan aniqlanuvchi atamani kelishiklar bo‘yicha turlaganda faqat aniqlanuvchi so‘z o‘zgarib, moslashmagan aniqlovchi esa o‘zgarmasdan qoladi. Masalan:
- Nom.Sing.: caput costae
- Gen.Sing.: capitis costae
- Dat.Sing.: capiti costae
- Acc.Sing.: capitem costae
- Abl.Sing.: capite costae
OT. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYASI. MOSLASHMAGAN ANIQLOVCHI E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |