Participe passé shakli qo`yiladi:
J`aurais parlé, nous aurions fini, ils seraient allés
Ishlatilishi. Conditionnel passé zamoni si bog`lovchisi ishtirok etgan shart ergash gapli qo`shma gaplarda bosh gap tarkibida ishlatiladi. Bunda ergash gapning kesimi Plus-que-parfait zamonida bo`ladi.
Si j`avais été libre, je serais allé voir mon ami. – Agar bo`sh bo`lganimda edi, do`stimni ko`rgani borgan bo`lardim.
Si bog`lovchisidan keyin zamonlarning qo`llanilishi
Shart ergash gapli qo`shma gaplarda ergash gap quyidagilarni ifodalaydi:
Real shartni: S`il fait beau, j`irai à la champagne. – Agar havo yaxshi bo`lsa, men qishloqqa boraman.
Taxminiy shartni: S`il faisait beau, j`irais à la champagne. – Agar havo yaxshi bo`lganda, men qishloqqa borardim.
Amalga oshirilmagan shartni: S`il avait fait beau, j`serais allé à la champagne. – Agar havo yaxshi bo`lganda edi, men qishloqqa borgan bo`lardim.
Conditionnel maylining boshqa xususiyatlari
Conditionnel – shart mayli mustaqil gaplar tarkibida ham ishlatilishi mumkin. Bunda bu zamonlar shartni emas, balki boshqa turli ma`nolarni anglatadi:
Ce serait le meilleur moyen de résoudre notre problème. – Bu muammomizni hal qilishning eng yaxshi chorasi bo`lardi.
J`aimerais ( = je voudrais ) vous en parler tout de suite. – Men hoziroq sizga bu haqda gapirib berishni xohlardim.
Pourriez-vous m`indiquer le chemin? – Menga yo`lni ko`rsata olasizmi?
Il ne faudrait pas laisser la fenêtre ouverte. – Derazani ochiq qoldirmaslik kerak edi.
Concordance des temps
Do'stlaringiz bilan baham: |