Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)
Download 0.51 Mb.
|
Grammatika bilan ham tanishing
Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif) Ot deganda jins kategoriyasiga ega bo`lgan shunday so`zlar tushuniladiki, bu so`zlar sonda o`zgara oladi va gapda odatda biror determinant bilan birga ishlatiladi. Determinant – bu otning jinsi va sonini ko`rsata oluvchi yordamchi so`zdir, masalan: le livre, cette maison, mes amis Bu yerda le, cette, mes so`zlari determinant hisoblanadi. Ot so`z turkumi gapda barcha gap bo`lagi vazifasida kela oladi, ya`ni u ega, aniqlovchi, to`ldiruvchi va hol vazifasida ishlatiladi. Fransuz tilida ot quyidagicha tasniflanadi: Sanalishiga ko`ra: sanaladigan otlar – les noms nombrables: cahier-daftar, pomme-olma sanalmaydigan otlar – les noms non-nombrables. Ular ham 2 xil bo`ladi: 1) moddiy jismlar: eau-suv, source-chashma 2) mavhum otlar: force-kuch, musique-musiqa Aniqligiga ko`ra: aniq otlar – les noms concrets. Aniq ot deganda ko`z bilan ko`rib, qo`l bilan ushlab ko`rish mumkin bo`lgan otlar tushuniladi: crayon-qalam, porte-eshik mavhum otlar – les noms abstraits: patience-sabr, sourire-tabassum Atoqli-turdoshligiga ko`ra: turdosh otlar – les noms communs. Turdosh ot deb biror tushunchani umumiy ma`noda anglatuvchi so`zga aytiladi, masalan: une table-stol, une chaise-stul atoqli otlar – les noms propres. Atoqli ot deganda biror tushunchani anglatuvchi so`zga atab qo`yilgan ot tushuniladi, masalan: Pierre, Dubois, Tachkent, Paris Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi, odatda doim birlikda ishlatiladi, ko`pincha determinantsiz qo`llaniladi. Quyidagilar atoqli ot hisoblanadi. joy nomlari: shahar, qishloq, ko`cha, yodgorlik, mamlakat, orol, tog`, suv manbaalari, dengizlar, yulduz va sayyoralar nomlari (mustasno: la terre-yer, le soleil-quyosh, la lune-oy) shaxs otlari, familiyalar, taxalluslar: Gaëlle, Leblanc, Molière sulolalar nomlari bosh harf bilan yoziladi: les Capétiens millat nomlari ya`ni biror davlat yoki shaharda yashaydigan kishilarni anglatuvchi otlar bosh harf bilan yoziladi. Masalan: les Africains Yakka yoki to`daligiga ko`ra: a) yakka otlar – les noms individuels: l`homme, le bœuf b) to`da otlar – les noms collectifs: la foule, le troupeau Shakliga ko`ra: a) sodda otlar – les noms simples: plume, garde. b) yasama otlar – les noms composés: porte-plume, avant-garde Ot anglatgan tushunchasiga ko`ra: a) shaxs otlari (insonlar va hayvonlar) – les noms d`êtres: fille, chien b) narsa-buyum otlari – les noms de choses: livre, table Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling