Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Istisno: musée, lycée, parapluie, mausolée -ade


Download 0.51 Mb.
bet4/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Istisno: musée, lycée, parapluie, mausolée
-adepromenade
-ison – trahison, conjugaison
-asse, -esse – jeunesse, paillasse
-ance, -ence – naissance, conférence Istisno: le silence
-eur – douleur, couleur Istisno: le bonheur, le malheur
-ette, -otte – maisonette, carotte
-té – liberté Istisno: comité, côté, été, traité
-ière, -ère – lumière, soupière, cuillère
-tion, -sion – pression, passion, nation
-ture, -ure – nature
b) Fan nomlari: la chimie, la biologie Istisno: le droit
Ayrim otlar 2 xil jinsga ega bo`lib, turlicha tarjima qilinadi. Masalan:
livre, poêle, critique, mode, vase, poste,…
Masalan: le vase – guldon, la vase – balchiq
Otlarda jins kategoriyasi va ikki xil jinsdagi otlar xususida
qo'shimcha ma'lumotlar
Yuqorida aytib o'tganimizdek, fransuz tilida otlar jins tushunchasiga mos keladigan ikki xil grammatik sinfga bo'linadi: le masculin et le féminin. Grek, lotin yoki nemis tili kabi tillarda esa uch xil jins bo'lib, bular le masculin, le féminin va le neutre dir. Otlarda jins kategoriyasining qo'llanilishi shartli hisoblanadi. Fransuz tilida arbre so'zi mujskoy roddagi otdir, vaholanki bu so'z lotin tilida jenskiy rodda bo'lgan arbor so'zining hosilasidir. Bundan kelib chiqadiki, bir so'z turli xil tillarda turli jinsda bo'lishi mumkin. Masalan: soleil va lune so'zlari fransuz tilida azaldan mujskoy va jenskiy rodda bo'lib, nemis tilida Sonne (le soleil) jenskiy rodda hamda Mond (la lune) mujskoy roddagi otlar hisoblanadi.
Le masculin/le féminin grammatik jinslar ko'pincha tabiiy jins (mâle (erkak jinsi)/femelle (ayol jinsi)) ga bevosita bog'lanib talqin qilinadi: un chat/une chatte, le boucher/la bouchère, mon frère/ma soeur. Biroq fransuz tilida u yoki bu jinsni anglatgan va umumiy bir jinsga ega bo'lgan ba'zi otlar ham mavjud bo'lib, ular épicènes deb ataladi (artiste, enfant, élève, snob...). Fransiyada og'zaki fransuz tilida jenskiy rod ekvivalenti bo'lmagan (assassin-qotil, monstre-maxluq, prédécesseur-vazifadosh, successeur-merosxo'r, témoin-guvoh, vainqueur-g'olib, voyou-bezori kabi) so'zlarning Bel'giya, Kanada va yoki Shveytsariya fransuz tillarida hech bo'lmaganda ulardan birining jenskiy rod shakli mavjud (une prédécesseure, une successeure).
Fransuz tilida ba'zi jenskiy roddagi otlar faqat erkaklarga taalluqli bo'ladi:
une estafette - chopar
une gouape - tanbal
une frappe - bezori
Ba'zi mujskoy roddagi otlar esa faqat ayollarga tegishli bo'lishi mumkin:
un bas-bleu – adabiyotchilik (adabiyotchunoslik) ka da'vogar ayol
un cordon-bleu - mohir oshpaz ayol
un succube - urg'ochi shayton, ajina
un tendron - nozik-nihol qizaloq
Chunonchi, e yoki ée bilan tigaydigan otlarning jinsi xususida ikkilanish holatlari ko'p uchrab turadi. Quyida berilgan ikki ro'yxat xatoliklarga sabab bo'luvchi shu kabi so'zlarni taqdim etadi.
Quyidagi otlar mujskoy roddagi otlardir:
un agrume - sitrus
l'amiante - toshtaxta
un antidote - zaharga qarshi dori
un antre - g'or
un apogée - (astr.) apogey (oy yoki sun'iy yo'ldosh orbitasining yerdan uzoq nuqtasi)
un armistice - vaqtinchalik sulh
un aromate - muattar hid
un astérisque - yulduzcha shaklidagi belgi
un astéroïde - asteroid
un astragale - (anat.) oyoqning katta va kichik boldir suyaklariga ulanib ketadigan kaft suyagi
un augure - alomat
un caducée - tibbiyot ramzi
un camée - aqiq (qimmatbaho tosh)
un cerne - ko'z ostidagi ko'mko'klik
un effluve - bug', par; hid, bo'y
un emblème - nishon, timsol
un équinoxe - kecha va kunduz tengligi
un esclandre - mojaro, mashmasha
un haltère - gantel
un hémisphère - yarimshar
un hyménée - (adab.) nikoh (esk.)
un hypogée - yer ostidagi xilxona
un météore - meteor, uchar yulduz
un ovule - embrion hujayrasi
un planisphère - yer shari yassi holatda ifodalangan xarita
un tentacule - so'rg'ich
Quyidagi otlar jenskiy roddagi otlar sirasiga kiradi:
une acné - husnbuzar
une algèbre - algebra
une amnistie - amnitsiya, umumiy avf
une anagramme - anagramma (harflarning o'rin almashinuvidan boshqa so'zning yasalishi)
une anicroche - to'siq; ishkallik
une apocalypse - apokalipsis (xristianlarning "oxir zamon" haqidagi rivoyatlarni o'z ichiga olgan diniy kitob)
une apostrophe - murojaat; murojaatnoma; tanbeh, koyish
des arrhes (pl.) - bay puli, avans
une azalée - azaliya (manzarali buta)
une cathénaire - temir yo'l shahobchasi
une ébène - obnus daraxti, qora daraxt
une échappatoire - hiyla, nayrang
une écritoire - yozuv anjomlari solinadigan quti
une enzyme - ferment
une épithète - epitet, sifatlash; aniqlovchi
une escarre - qasmoq, qora qo'tir
des immondices (pl.) - chiqindi
une météorite - meteorit
la nacre - sadaf
une oasis - voha, oazis
une octave - (mus.) oktava
une orbite - ko'z kosasi
une orthographe - orfografiya, imlo, to'g'ri yozish
la réglisse - qizilmiya, shirinmiya
une scolopendre - skolopendra (zaharli sakkizoyoq)

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling