Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)
Download 0.51 Mb.
|
Grammatika bilan ham tanishing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Artikl turlari
- Partitiv artikl 1
- Aniq artikl (Article défini)
Artikl (L`Article)
Fransuz tilida artiklning 2 xil vazifasi mavjud. Bir tomondan, u o`zi bog`lanib kelgan otning jinsi va sonini ko`rsatishga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan esa, u otning aniq yoki noaniqligini ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, ot oldida qo`llanib, uning jins, son, aniqlik va noaniqlik kategoriyalarini ifodalab keladigan yordamchi so`z artikl deyiladi. O`zbek tilida bunday so`z turkumi mavjud emas. Artikl yolg`iz holda leksik ma`noga ega emas, binobarin, u gap bo`lagi ham bo`la olmaydi. Artikl turlari Fransuz tilida artiklning 3 xil shakli mavjud:
Aniq artikl (Article défini) Fransuz tilida aniq artikl le, la, l`, les hisoblanadi. Ushbu artikllar doim ot oldida qo`llanilib, otning jinsi, soni va aniqligi haqida ma`lumot beradi. Masalan: mujskoy rod jenskiy rod l e livre birlikda les maisons ko`plikda aniq aniq Aniq artikl quyidagilarni ifodalaydi: a) Narsa-buyum, shaxs yoki mavhum tushunchani anglatayotgan ot umumiy ma`noda ishlatilsa, ya`ni u o`z turida yagona predmetni ifodalasa, masalan: Le chien est l`ami de l`homme. – It insonning do`stidir. (Umuman olganda hamma itlar hamma insonlarning do`sti hisoblanadi). La Lune est un satellite de la Terre. – Oy yerning yo`ldoshidir. (Oy ham, yer ham dunyoda yagona predmet hisoblanadi). b) Narsa-buyum, shaxs yoki mavhum tushunchani anglatayotgan ot so`zlovchi va tinglovchiga tanish, “qaysi” deb so`rashning hojati bo`lmagan predmetni ifodalaydi, masalan: Chaque matin elle accompagnait les enfants à l`école. – Har ertalab u bolalarni maktabga kuzatib qo`yardi. (Ozining bolalari, bizga tanish bolalarni). Aniq artikl quyidagi hollarda qo`llanadi: 1) So`zlovchiga va tinglovchiga avvaldan ma`lum bo`lgan otlar oldida: Je n`ai pas pu voir le directeur. – Men direktorni ko`ra olmadim. (Bu yerda direktor so`zi oldidagi aniq artikl tanish, o`sha, o`zimizning ma`nolarini anglatadi.) 2) Ot oldida de predlogi yoki ergash gap yordamida predmetning kimga tegishli ekanligi ma`lum bo`lsa: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling