Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Download 0.51 Mb.
bet11/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

à yoki de predloglari la va l` aniq artikllari hamda un, une yoki des noaniq artikllari bilan tutash artikl hosil qilmaydi. Masalan:
Il s`intéresse à un tableau. – U bir suratga qiziqyapti.
Il a besoin d`un ami. – U bir do`stga muhtoj.
Il parle à la fillette. – U qizchaga gapiryapti.
Il parle de l`école. – U maktab haqida gapiryapti.
Noaniq artikl (Article indéfini)
Fransuz tilida noaniq artikl predmetning shu turdagi boshqa predmetlar ichidan birini aks ettiradi. Shu sababli u o`zbek tilida “bir, qandaydir bitta” ma`nolarini anglatadi. Noaniq artikl quyidagi hollarda qo`llanadi:
1) Bir turdagi predmet yoki shaxslardan biri haqida gap borganda:
Voici un cahier. – Mana bir daftar.
2) Birinchi marta tilga olinayotgan hamda so`zlovchiga noma`lum bo`lgan qandaydir predmet haqida gap borganda:
J`apprends une poésie. – Men bir she`r o`rganyapman.
3) il y a, il existe, il se trouve iboralaridan keyin bo`lishli gaplarda noaniq artikl talab qilinadi:
Il y avait des rideaux aux fenêtres. – Derazalarda pardalar bor edi.
4) c`est, ce sont iboralaridan keyin noaniq artikl talab qilinadi:
C`est un livre. – Bu – kitob.
5) Gapda otlar biror sifatlovchi aniqlovchi bilan ishlatilganda, noaniq artikl qo`llaniladi:
Victor Hugo est un écrivain français. – Viktor Gyugo fransuz yozuvchisidir. (Bu yerda français so`zi sifatlovchi-aniqlovchi hisoblanadi).
Partitiv artikl (Qism bildiruvchi artikl – Article partitif)
Fransuz tilida partitiv artikl butunning qismini, predmetning noma`lum miqdorini anglatadi. de predlogining aniq artikllar bilan qo`shilishidan partitiv artikl hosil bo`ladi:
du, de la, de l`
Partitiv artikl quyidagi hollarda ishlatiladi:
1) Sanalmaydigan otlar oldida:
J`achète du beurre. – Men yog`(dan) sotib olyapman.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling