Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Download 0.51 Mb.
bet13/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Ce professeur, mon ami, chaque jour, quel film, deux livres
2. Atoqli otlar oldida: Pierre, Paris
Eslatma 1: a) Agar atoqli ot biror sifatlovchi aniqlovchi bilan ishlatilsa, aniq artikl qo`yiladi: le petit Pierre
b) Familiyalar oldida aniq artikl qo`yiladi va bu butun oila a`zolarini anglatadi: les Thibault – Tibolar oilasi, les KarimovKarimovlar oilasi
c) Buyuk shaxslar nomi oldida qo`llanilgan artikl uning asarini anglatadi:
Elle lui montra la copie d`un Raphaël. – U unga Rafael asarlaridan birining nusxasini ko`rsatdi.
Elle jouait du Chopin. – U Shopen asaridan chalardi.
Eslatma 2: Qit`a, qutb, mamlakat, tog`, daryo, orol va dengiz nomlari oldida aniq artikl ishlatiladi. Agar mamlakat nomlari -e harfi bilan tugagan bo`lsa (le Mexique dan tashqari), jenskiy rodda bo`ladi: la France, la Belgique, l’Italie, …
3. Oy yoki haftani ifodalovchi otlar va midi, minuit so`zlari oldida:
Il viendra midi.
Eslatma 3: Agar harakat haftaning aniq bir kunida takrorlansa, aniq artikl qo`yiladi :
Elle a une leçon de musique le lundi. – Har dushanba uning musiqa darsi bor.
4. Buyruq, murojaat, undalma so`zlar oldida:
Silence, bonne année, bonjour, ...
5. Ot-kesimdagi kasb-hunar yoki millatni ifodalovchi otlar oldida:
Il est architecte.
Eslatma 4: Ot-kesimning aniqlovchisi bo`lsa, otlar oldida noaniq artikl qo`llanadi:
Il est un bon architecte.
6. Aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi otlar artiklsiz qo`llanilib, aniqlanmish otga de, à yoki en predlogi orqali bog`lanadi:
une table de bois, une brosse à dents, une montre en or
7. Ba`zi turg`un iboralarda:
à pied, par coeur, sans doute, avec plaisir, par mois, avoir faim, avoir soif, il est temps de..., il fait jour, …

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling