Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Sifat so`z turkumi ( L’Adjectif )


Download 0.51 Mb.
bet15/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Sifat so`z turkumi ( L’Adjectif )
Predmet, voqea-hodisa yoki holatning belgi-xususiyatlarini ifodalaydigan so`zlar sifat deyiladi. Fransuz tilida sifatlar 2 xil bo`ladi:
a) Mustaqil so`z sifatida qaraladigan asliy va nisbiy sifatlar (les adjectifs qualificatifs et de relation)
b) Yordamchi so`z sifatida qaraladigan olmoshli sifatlar (les adjectifs pronominaux)
Fransuz tilida sifatlar o`zbek tilidagidek predmetning rangi, hajmi, xarakteri, shakli, o`rni yoki vaqtga bo`lgan munosabati kabi belgilarini ifodalaydi.
Asliy va nisbiy sifatlar (Les adjectifs qualificatifs et de relation)
Predmetning doimiy belgisini bildirib, shu belgini darajalab ko`rsatadigan sifatlar asliy sifatlar (adjectif qualificatif) deyiladi:
un petit article – kichkina maqola
P etit – kichkina Cet article est plus petit que celui-ci.
le plus petit article – eng kichkina maqola
Predmet belgisini o`rin yoki payt tushunchasiga nisbatlash, boshqa predmetga o`xshatish ma`nolarini ifodalaydigan sifat nisbiy sifat (adjectif de relation) deyiladi. Bu sifatlar predmet belgisini darajalab ko`rsata olmaydi:
un journal mural , une revue française, un combinat textile
Sifatlarning gapdagi o`rni
Fransuz tilida sifatlar ko`pincha otdan keyin keladi. Aniqlovchi bo`lib keladigan quyidagi sifatlar otdan oldin keladi:
Grand, petit, vieux, long, beau, gros, jeune.
Un grand bâtiment – katta bino.
Quyidagi sifatlar otlardan oldin va keyin kelishi mumkin va turlicha ma`noga ega bo`ladi:
Bon, brave, grand, pauvre, maigre, méchant, maivais, propre, ancien:
Propre + ot – o`z, shaxsiy; ot + propre – toza
Eslatma: Nisbiy sifatlar doim otdan keyin keladi.
Une ville industrielle – sanoatlashgan shahar.
Sifatlarda jins kategoriyasi
1. Asosiy qoidaga ko`ra, mujskoy roddagi sifatga ­e qo`shimchasini qo`shish yo`li bilan sifatning jenskiy rodi hosil qilinadi:
un petit garçon – une petite fille
2. Mujskoy rodda ­e qo`shimchasi bilan tugagan sifatlar jenskiy rodda o`zgarmaydi:
un large pont – une large rue
3. Mujskoy rodda ­er, -ier qo`shimchasi bilan tugagan sifatlar jenskiy rodda ­ère, -ière ga aylanadi:
un vent léger – une robe légère
4. Mujskoy rodda ­f qo`shimchasi bilan tugagan sifatlar jenskiy rodda ­ve ga aylanadi:
un costume neuf – une robe neuve
5. Mujskoy rodda ­eux qo`shimchasi bilan tugagan sifatlar jenskiy rodda ­euse ga aylanadi:
un visage heureuxune figure heureuse
6. Mujskoy rodda ­et, -el, -eil, -en, -ien, -on qo`shimchalari bilan tugagan sifatlar jenskiy rodda undoshni ikkilantiradi:
un frère cadet – une soeur cadette
un refus formel – une reponse formelle
un cas pareil une chose pareille
un pays européen – une langue européenne
un monument ancien – une ville ancienne
un bon caractère – une bonne note

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling