Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Rangni anglatuvchi sifatlarning moslashuvi


Download 0.51 Mb.
bet18/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Rangni anglatuvchi sifatlarning moslashuvi
Jins va sonda moslasahadi:
1. Rangni ko'rsatuvchi oddiy sifatlar:
alezan - sariq (asosan ot tusi) grège - ipak rangi
bai - qizg'ish, sarg'ish gris - kulrang, bo'z rang
beige - sarg'ish incarnat - alvon, och qizil
bis - kulrang jaune - sariq
blanc - oq mauve - och binafsha rang
bleu - moviy, zangori, ko'k noir - qora
blond - oq-sarg'ish pers - moviy ko'k rang
brun - bug'doy rang pourpre - qip-qizil
châtain - tillarang, to'q sariq rose- pushtirang
cramoisi - malina rangi rouge - qizil
écarlate - to'q qizil, qirmizi roux - malla
écru - bo'z rang vermeil - och qizil, shirmoy
fauve - qizg'ish sariq violet - binafsha rang, nofarmon
glauque - ko'kimtir, dengiz suvi rangidagi vert - yashil
Ex: des nattes brunes, des joues cramoisies, des pommes vermeilles
2. Sifat yoki otlardan yasalgan rang sifatlari:
ambré - qahrabo rangli, tiniq sariq
basané - qoramtir olivâtre - och yashil
blanchâtre - oqish opalescent - olov rang, asal rang
bleuâtre - ko'kimtir orangé - to'q sariq, apelsin rangi
brunâtre - qoracha rang rosé - och qizil, qizg'ish
cuivré - mis rang rougeâtre - qizg'ish
doré - tillarang rougeaud - qip-qizil
jaunâtre - sarg'ish rouquin - qizg'ish sariq
mordoré - qizg'ish-jigarrang rubicond - qip-qizil
noirâtre - qoramtir verdâtre - ko'kimtir, ko'kish
noiraud - qorato'riq violacé - gunafsha rang
Ex: des teintes orangées, des figures rougeaudes, des perruques rouquines
Jins va sonda moslashmaydi:
1. Chet tillardan o'zlashgan sifatlar yoki sifatlashgan otlar:
abricot - o'rik rangi châtaigne - yong'oq rang
acier - po'lat rang framboise - malina rang
ambre - oq sariq grenat - yoqut rang
améthyste - ko'kish safsar rang marine - to'q havo rang
argent - kumush rang marron - kashtan rangi
azur - lojuvard, ko'k nacre - sadaf rangli
bronze - bronza rang, birinj rang paille - somon rang
café - qahfa rang, jigar rang saphir - zangori, ko'kish rang
capucine - to'q sariq yoki to'q jigar rang tango - to'q apelsin rang
caramel - och sariq, malla turquoise - feruza rang ...
Ex: des jupes fuchsia (binafsharang qizil), des chaussures havane (oq-sariq), des cheveux platine (oqish, oqimtir, platina rang)
2. Bir rangning turlicha tusi, ko'rinishini ko'rsatib keluvchi sifatlar:
bleu azur - och ko'k rang
bleu ciel (bleu clair) - och ko'k rang
bleu foncé - to'q ko'k rang (binafsha rangga yaqin)
bleu h orizon - ko'm-ko'k
bleu marine - qoramtir havo rang
bleu nuit - to'q havo rang
gris acier - po'lat rang (oqqa yaqin rang)
gris ardoise - to'q kulrang
gris perle - marvarid bo'z rang
gris pommelé - kulrang va aylana oq dog'lar bilan qoplangan ot tusi,rangi
gris souris - sichqon yungi (juni) rangidagi kulrang
jaune citron - limon rangi
jaune maïs - makkajo'xori rangidagi sariq rang
jaune paille - somon rang
jaune sérin - yashiltob sariq
noir de jais - yaltiroq qora rang
rouge brique - g'isht rangi, qizg'ish
rouge tomate - sarg'ish qizil rang
vert amande - xom bodom rangidagi yashil
vert bouteille - shisha rang
vert olive - och yashil rang
vert pistache - pistarang
Ex: des marinières bleu marine, des écharpes gris perle, des fourrures noir de jais, des blouses bleu foncé, des cheveux châtain clair, des juments gris pommelé, des laques rouge brique
Eslatma: agar ikki xil rang qo'shilib bir rangni bersa, u holda bu ikki rang chiziqcha bilan yoziladi:
des encres bleu-noir, des céramiques bleu-vert
3. Bir narsani tasvirlash uchun birlashgan oddiy sifatlar:
des drapeaux bleu, blanc, rouge (=tricolores)
des chemises rayées bleu et blanc (=bicolores)
Lekin: des drapeaux bleus, blancs, rouges (=des drapeaux qui sont chacun d'une seule couleur)

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling