Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Download 0.51 Mb.
bet19/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Sifat darajalari
Fransuz tilida ham xuddi o`zbek tilidagidek, sifatlarning 3 xil darajasi mavjud:
1. Positif – oddiy daraja
2. Comparatif – qiyosiy daraja
3. Superlatif orttirma daraja
Oddiy darajada sifatlar o`z shaklini o`zgartirmagan holda qo`llaniladi:
Ma chambre est grande.
Qiyosiy darajada 2 yoki undan ortiq predmetning ma`lum belgisi o`zaro qiyoslanadi. Bunda plus … que, moins … que, aussi … que ravishlaridan foydalaniladi.
Plus … que ravishi sifatning xususiyatini orttirib ko`rsatadi:
Ma chambre est plus grande que la tienne. – Mening xonam senikiga qaraganda kattaroq.
Moins … que ravishi sifat anglatgan belgini kamaytirib ko`rsatadi:
Ma chambre est moins grande que la tienne. - Mening xonam senikiga qaraganda kichikroq.
Aussi … que ravishi ikki predmetga xos bo`lgan belgining bir xil ahamiyatga ega ekanligini bildiradi:
Ma chambre est aussi grande que la tienne. – Mening xonam seniki kabi katta.
Orttirma daraja plus, moins miqdor ravishlarining aniq artikllar – le, la, les bilan birga ishlatilishidan hosil bo`ladi. Bunda qiyosiy darajadagi que bog`lovchisi o`rniga de predlogi qo`llaniladi:
Ma chambre est la plus grande pièce de notre appartement. – Mening xonam uyimizdagi eng katta xonadir.
Ma ch ambre est la moins grande de toutes les pièces de notre appartement. – Mening xonam uyimizdagi hamma xonalardan eng kichigidir.
Bunda sifat va plus, moins miqdor ravishlari oldida turgan artikllar o`zi bog`lanib kelgan ot bilan jins va sonda moslashadi.
Ma chambre est la plus grande pièce de notre appartement. – bu yerda pièce so`zi jenskiy rodda bo`lganligi uchun orttima darajaning la plus grande shakli olingan.
Eslatma: Agar gapda bir nechta orttirma yoki qiyosiy daraja mavjud bo`lsa, plus yoki moins ravishlari har bir sifat oldida takrorlanadi:
Ma chambre est moins chaude et moins claire que la tienne.
Ma chambre est la pièce la plus chaude et la plus claire de notre appartement.
Quyidagi sifatlarning qiyosiy va orttirma darajasi boshqa o`zaklardan hosil qilinadi:


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling