Olmoshli sifatlar (Les adjectifs pronominaux)
Fransuz tilida otlar oldidan artikl o’rniga boshqa yordamchi so’zlar (determinatiflar) qo’llanishi mumkin. Bunday so’zlar olmoshli sifatlar (les adjectifs pronominaux) deb yuritiladi. Olmoshli sifatlar quyidagilarga bo`linadi:
1. Les adjectifs pronominaux démonstratifs - olmoshli ko’rsatish sifatlari (qisqa shakli - ko`rsatish sifatlari).
2. Les adjectifs possessifs – olmoshli egalik sifatlari (qisqa shakli – egalik sifatlari).
3. Les adjectifs indefinis – olmoshli noaniq sifatlar (qisqa shakli – noaniq sifatlar).
Bular otning jins va sonini ko`rsatishdan tashqari, ko`rsatish, egalik va noaniqlik ma`nolarini ham ifodalaydi.
Ko`rsatish sifatlari (Les adjectifs démonstratifs)
Ko`rsatish sifatlari otdan oldin kelib, ko`rsatish ma`nosini anglatadi va otning jins va sonini ifodalaydi:
Birlik
|
Ko`plik
|
Mujskoy rod
|
Jenskiy rod
|
Har ikkala rod uchun
|
Ce, cet
Ce livre
Cet arbre
|
Cette
Cette rue
Cette fleur
|
Ces
Ces livres
Ces rues
|
Ko`rsatish sifatlari otlardan oldin kelsa, artikl qo`llanmaydi:
Ce garçon est attentif.
Egalik sifatlari (Les adjectifs possessifs)
Egalik sifatlari ot oldida kelib, ularning jins va sonini ko`rsatishdan tashqari, predmetning kimga qarashli ekanligini bildiradi. Egalik sifatlari o`zbek tiliga egalik qo`shimchalari bilan tarjima qilinadi. Egalik sifatlari qo`llanganda artikl ishlatilmaydi:
J`ai mis mes livres et mes cahiers dans ma serviette. – Men kitoblarim va daftarlarimni portfelimga soldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |