Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Download 0.51 Mb.
bet25/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Tartib sonlar
Tartib son predmetlarning tartibini bildiradi, ular lequel? (nechanchi?) so`rog`iga javob bo`lib keladi.
Sanoq sonlar oxiriga –ième qo`shimchasini qo`shish yo`li bilan tartib son hosil qilinadi: Trois – troisième, quatre-quatrieme
Ammo deux sonining tartib sonda 2 xil ko’rinishi mavjud: deuxième yoki second(e)
Tartib sonlar otni aniqlab kelganda, ot bilan rod va sonda moslashib, determinant bilan qo`llanadi:
Le bébé vient de faire ses premiers pas. Nous habitons au sixième.
Sanalarni aytganda, faqat birinchi sanada le premier soni, keyingilarida esa le deux, le trois, etc qo’llanadi :
Le premier janvier (février, ...) Le deux(trois, quatre) janvier, le vingt-et-un janvier
Eslatma: 1) “e” bilan tugagan sanoq sonlardan tartib son yasalganda so`z oxiridagi “e” harfi tushirib qoldiriladi: quatre – quatrieme onze – onzieme
2) un sanoq sonidan yasalgan tartib son ikki xil shaklga ega: un – unième, premier – première unième shakli faqatgina sanoq son bilan birga keladi: vingt-et-unième – yigirma birinchi
3) Qirollar nomida sanoq son ishlatiladi: Louis XIV (quatorze)
4) Yillarni aytishda quyidagi 2 holat ham to’g’ri hisoblanadi :
1800: dix-huit cents yoki mille huit cents. 1912 : dix-neuf cent douze yoki mille neuf cent douze.
Olmosh so`z turkumi (Le pronom)
Fransuz tilida olmoshning 6 xil turi mavjud: 1) les pronoms personnels – kishilik olmoshlari, 2) les pronoms possessifs – egalik olmoshlari, 3) les pronoms démonstratifs – ko`rsatish olmoshlari, 4) les pronoms relatifs – nisbiy olmoshlar, 5) les pronoms interrogatifs – so`roq olmoshlari, 6) les pronoms indéfinis – noaniq olmoshlar.
Kishilik olmoshlari (Pronoms personnels)
Kishilik olmoshlari 2 xil shaklda bo`ladi: a) Mustaqil bo`lmagan urg`usiz kishilik olmoshlari – les pronoms personnels conjoints ou atones,
b) Mustaqil urg`uli kishilik olmoshlari – les pronoms personnels indepéndants ou toniques
Mustaqil bo`lmagan kishilik olmoshlari





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling