Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Download 0.51 Mb.
bet28/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Birlik

Ko`plik

1-shaxs

2-shaxs

3-shaxs

1-shaxs

2-shaxs

3-shaxs

moi

toi

lui, elle

nous

vous

eux, elles

men

sen

u

biz

siz

ular

Urg`uli kishilik olmoshlarining sintaktik vazifasi.
Urg`uli kishilik olmoshlari gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Ega: Lui et moi nous sommes amis. 2.Vositasiz to`ldiruvchi: Je les ai rencontrés hier, lui et sa femme. 3.Predlogli to`ldiruvchi: Il n`est pas content d`eux.
Ushbu olmoshlar quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Elliptik, fe`lsiz gaplarda: - Qui pourra le faire? – Moi.
2. Ega yoki to`ldiruvchiga urg`u berish, ularni ajratib ko`rsatish uchun: Moi, je le connais bien. Je le connais bien, lui.
3. C`est (ce sont) … qui va c`est (ce sont) …que birikmalari ishtirokidagi gaplarda: Cest elle qui ma l`a dit. Ce sont eux que je cherche.
4. Gapga 2ta ega yoki to`ldiruvchi ishlatilganda: Mon ami et moi, nous aimons la nature.
5. Même, seul, aussi, non plus so`zlari ishtirokida: Ils le savent eux-mêmes.
6. Predlogli to`ldiruvchi sifatida (turli predloglar bilan ishlatiladi): Nous allons chez eux. Je compte sur toi. Ils sont partis sans lui.
7. Buyruq gaplarda me, te olmoshlari o`rnida: Donne-moi son adresse.
8. Qiyosiy gaplarda: Il écrit plus vite que toi.
Diqqat! à predlogi bilan qo`llaniladigan fe`llar bilan ishlatiladigan olmoshlarga e`tibor qaratish lozim. Ushbu predlogni talab etuvchi ko`pchilik fe`llar vositali to`ldiruvchi vazifasida urg`usiz kishilik olmoshlari qo`llanilishini talab etadi. Bu olmoshlar à predlogili to`ldiruvchi o`rnida ishlatiladi:
Je téléphone à mon ami.- Je lui téléphone. J`écris à ma sœur. -Je lui écris.
Quyidagi a predlogini talab etuvchi fe`llar predlog bilan birgalikda urg`uli kishilik olmoshlari qo`llanilishini talab etadi: s`intéresser, s`adresser, s`habituer, s’attacher, se plaindre kabi olmoshli fe’llar hamda etrea qn, penser, songer, faire attention fe’llari :
Je pense à mon amie.- Je pense à elle. Je m`intéresse à ces enfants.- Je m`intéresse à eux.
Pronom “y” - “y” olmoshi
Y olmoshi ravishli olmosh deb ham ataladi, chunki aslida ushbu olmosh o`rin-joy ravishi hisoblangan, hozirgi kunda ham ravish vazifasini saqlab qolgan, ammo ular kishilik olmoshi sifatida ham ishlatiladi.
J`habite non loin de ce jardin et j`y vais souvent. (y = u yerga - ravish) Penses-tu à cette rencontre? – Oui, j`y pense toujours. (y = u haqida – olmosh)
Y kishilik olmoshi quyidagi hollarda ishlatiladi:
1.Narsa-buyum nomi bilan ifodalangan à yoki sur predloglari bilan qo`llangan vositali to`ldiruvchi o`rnida: Je penserai à cette affaire. – J`y penserai. Je compte sur ton aide. – J`y compte.
2. Y olmoshi butun bir gap o`rnida ham qo`llanilishi mumkin, bu holda u à cela ma`nosida ishlatiladi:
Je penserai à ce que vous dites. – J`y penserai. (y = à cela)

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling