Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Adjectif verbal (Fe`ldan yasaluvchi sifat)


Download 0.51 Mb.
bet55/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Adjectif verbal (Fe`ldan yasaluvchi sifat)
Adjectif verbal ham Participe présent kabi –ant qo`shimchasi bilan yasaladi. U sifat kabi predmet belgisini ifodalaydi va shu sababli aniqlanmish-ot bilan rod va sonda moslashadi:
un livre intéressant une revue intéressante
Participe présent bilan adjectif verbal ni bir-biridan farqlash lozim:
1.Participe présent otga bog`lanib, ish-harakatni ifodalaydi: Ce sont des personnes prévoyant le danger. – Bular xavfni oldindan ko`radigan kishilardir.
Adjectif verbal esa otga bog`lanib, uning belgisini bildiradi: Ce sont des personnes prévoyantes. – Bular ehtiyotkor kishilar.
2.Participe présentdan keyin to`ldiruvchi yoki hol kelishi mumkin: C`est une personne connaissant plusieurs langues étrangères. – Bu bir necha xorijiy tillarni biladigan kishi.
Adjectif verbal esa ko`p hollarda gap oxirida qo`llanadi va gapda kesim vazifasini bajaradi:
Cette revue est intéressante.
3. Ravish Participe présentdan keyin qo`llanadi: C`est une personne souriant toujours.
Ravish Adjectif verbaldan oldin qo`llanadi: C`est une personne toujours souriante.
4.Participe present inkor shaklda ne…pas (plus, jamais,…) yuklamalari bilan ishlatiladi:C`est un exercice ne fatiguant pas les enfants.
Adjectif verbal oldida faqat pas inkor yuklamasi qo`yilishi mumkin: Il fait un exercice pas fatigant.
Participe passé
Participe passé 2 xil holatda ishlatilishi mumkin: a) avoir yoki être yordamchi fe`llari bilan; b) yordamchi fe`llarsiz yolg`iz holda.
Yordamchi fe`llar bilan qo`llanib, o`tgan zamon sifatdoshi murakkab zamonlarning tarkibiy qismini tashkil etadi: Les employés se sont reposés pendant trois jours. Il a attendu son compagnon.
Yordamchi fe`llarsiz qo`llanilgan participe passé sifat vazifasini bajaradi. Gapda aniqlovchi (une revue illustrée) yoki ot-kesim (la fenêtre reste ouverte) bo`lib keladi. Bunday holda qo`llanilgan o`tgan zamon sifatdoshlari odatda otdan keyin keladi va ot bilan rod va sonda moslashadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling