Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)
Participe – sifatdosh Gérondif
Download 0.51 Mb.
|
Grammatika bilan ham tanishing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infinitif
- Participe présent
Participe – sifatdosh
Gérondif – ravishdosh Infinitif – harakat nomi Fe`lning shaxssiz shakllari ish-harakatni anglatadi va fe`lga xos zamon va nisbat grammatik kategoriyalariga ega bo`ladi. Lekin ularning fe`ldan farqlanib turadigan va boshqa so`z turkumlariga yaqinlashtiradigan ayrim belgilari ham mavjuddir. Infinitif otga xos bo`lgan ayrim xususiyatlarga, Participe sifatga xos bo`lgan belgilarga, Gérondif egsa ravishga xos bo`lgan ba`zi xususiyatlarga egadir. Participe (Sifatdosh) Sifatdosh fe`lning shaxssiz shakli bo`lishi bilan birga, u sifat va fe`lga xos belgilarga ham ega. Uning asosiy vazifasi otni aniqlab kelishdir. Fransuz tiliga sifatdoshning quyidagi shakllari mavjud: Participe présent – hozirgi zamon sifatdoshi Participe passé – o`tgan zamon sifatdoshi Participe passé composé – murakkab o`tgan zaamon sifatdoshi Participe présent Participe présent hozirgi zamon sifatdoshi bo`lib, u o`zi bog`lanib kelgan ot yoki olmoshga xos ish-harakat bilan bir vaqtda amalga oshirilgan boshqa bir ish-harakatni ifodalaydi: Je regarde un garçon jouant dans la cour. – Men hovlida o`ynayotgan bolaga qarayapman. Yasalishi: Hozirgi zamon sifatdoshini yasash uchun fe`llarning Présent de l`Indicatifda, 1-shaxs ko`plikda tuslangan shakli olinib, undagi –ons qo`shimchasi tushirib qoldiriladi va o`rniga –ant qo`shimchasi qo`shiladi: nous annonçons – annonçant nous finissons – finissant nous lisons – lisant Quyidagi fe`llar bu qoidadan mustasno: avoir – ayant être – étant savoir – sachant Olmoshli fe`llarning participe présent shaklida se olmoshi saqlanib qoladi: se diriger – se dirigeant Ishlatilishi: Participe présent gapda to`ldiruvchi yoki ega vazifasida ishlatilgan otga bog`lanib keladi hamda bu ot bilan rod va sonda moslashmaydi: J`écoute les oiseaux chantant dans le bois. – Men o`rmonda sayrayotgan qushlar ovozini eshityapman. Participe présent harakatning o`tgan, hozirgi yoki kelasi zamondaligidan qat`iy nazar, gapdagi kesim bilan bir paytda yuz beradigan ish-harakatni ifodalaydi: Nous voyons (avons vu, verrons) les étudiants travaillant dans le jardin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling