Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Participe – sifatdosh Gérondif


Download 0.51 Mb.
bet54/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Participesifatdosh

  • Gérondifravishdosh

  • Infinitifharakat nomi

    Fe`lning shaxssiz shakllari ish-harakatni anglatadi va fe`lga xos zamon va nisbat grammatik kategoriyalariga ega bo`ladi. Lekin ularning fe`ldan farqlanib turadigan va boshqa so`z turkumlariga yaqinlashtiradigan ayrim belgilari ham mavjuddir.
    Infinitif otga xos bo`lgan ayrim xususiyatlarga, Participe sifatga xos bo`lgan belgilarga, Gérondif egsa ravishga xos bo`lgan ba`zi xususiyatlarga egadir.
    Participe (Sifatdosh)
    Sifatdosh fe`lning shaxssiz shakli bo`lishi bilan birga, u sifat va fe`lga xos belgilarga ham ega. Uning asosiy vazifasi otni aniqlab kelishdir. Fransuz tiliga sifatdoshning quyidagi shakllari mavjud:

    1. Participe présent – hozirgi zamon sifatdoshi

    2. Participe passé – o`tgan zamon sifatdoshi

    3. Participe passé composé – murakkab o`tgan zaamon sifatdoshi

    Participe présent
    Participe présent hozirgi zamon sifatdoshi bo`lib, u o`zi bog`lanib kelgan ot yoki olmoshga xos ish-harakat bilan bir vaqtda amalga oshirilgan boshqa bir ish-harakatni ifodalaydi:
    Je regarde un garçon jouant dans la cour. – Men hovlida o`ynayotgan bolaga qarayapman.
    Yasalishi: Hozirgi zamon sifatdoshini yasash uchun fe`llarning Présent de l`Indicatifda, 1-shaxs ko`plikda tuslangan shakli olinib, undagi –ons qo`shimchasi tushirib qoldiriladi va o`rniga –ant qo`shimchasi qo`shiladi:
    nous annonçons – annonçant nous finissons – finissant nous lisons – lisant
    Quyidagi fe`llar bu qoidadan mustasno:
    avoir – ayant être – étant savoir – sachant
    Olmoshli fe`llarning participe présent shaklida se olmoshi saqlanib qoladi:
    se diriger – se dirigeant
    Ishlatilishi: Participe présent gapda to`ldiruvchi yoki ega vazifasida ishlatilgan otga bog`lanib keladi hamda bu ot bilan rod va sonda moslashmaydi:
    J`écoute les oiseaux chantant dans le bois. – Men o`rmonda sayrayotgan qushlar ovozini eshityapman.
    Participe présent harakatning o`tgan, hozirgi yoki kelasi zamondaligidan qat`iy nazar, gapdagi kesim bilan bir paytda yuz beradigan ish-harakatni ifodalaydi:
    Nous voyons (avons vu, verrons) les étudiants travaillant dans le jardin.

    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling