Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Ravish so`z turkumi ( l`Adverbe)


Download 0.51 Mb.
bet57/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

Ravish so`z turkumi ( l`Adverbe)
Ravish deb ish-harakat, sifat va boshqa ravishning belgisini bildirgan, o`zgarmaydigan so`zlar turkumiga aytiladi.
Ravishlarning yasalishi
Fransuz tilida –ment qo`shimchasi bilan tugagan ravishlar odatda sifat jenskiy rod shakliga –ment qo`shimchasini qo`shish yo`li bilan hosil qilinadi:
lent – lente – lentement sérieux – sérieuse - sérieusement
Agar sifat mujskoy rodda biror unli bilan tugagan bo`lsa, ravish yasovchi –ment qo`shimchasi shu shakldan hosil qilinadi:
facile – facilement vrai – vraiment poli – poliment absolu – absolument
Ayrim ravishlar o`ziga xos ko`rinishga ega:
profondément – chuqur commodément – qulay aveuglément – ko`r-ko`rona gentiment – xushmuomalalik bilan gaiement, gaîment – quvnoqlik bilan brièvement – qisqasi grièvement – jiddiy, og`ir
Ayrim –ant, -ent qo`shimchalari bilan tugagan sifatlardan ravish hosil qilinganda ravish qo`shimchasi –amment, -emment qo`shimchalariga o`zgaradi:
brilliant + ment = brillamment évident + ment = évidemment
Ravishlar anglatgan ma`nolariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Payt ravishi

alors – u holda tôt – barvaqt tard – kech aujourd`hui – bugun hier – kecha demain – ertaga maintenant – endi après – keyin encore – yana déjà – allaqachon jamais – hech qachon longtemps – uzoq vaqt aussitôt – darhol parfois – ba`zan souvent – tez-tez raraement – kamdan-kam toujours – doim bientôt – tezda enfin – nihoyat avant – oldin d`abord – avval puis – keyin ensuite – so`ngra

  1. O`rin ravishi

ici – shu yerda là – u yerda y – u yerda, u yerga en – u yerdan en bas – pastda au-dessous- ostida en haut – balandda au-dessus – yuqorida derrière – orqada dehors – tashqarida dedans – ichida loin – uzoq près – yaqin partout – hamma yerda devant – oldida

  1. Holat ravishi

ainsi – shunday qilib bien – yaxshi mal – yomon ensemble – birga debout – tikka turib vite – tez comme – xuddi lentement – sekin chaudement – qizg`in tranquillement – sekin rapidement – tez amicalement – do`stona attentivement – diqqat bilan

  1. Miqdor ravishi

beaucoup – ko`p peu – oz assez – yetarli plus – ko`p moins – oz un peu – bir oz trop – juda tout – shuncha si – shunday

  1. So`roq ravishi

Combien? – qancha? Comment? – qanday? D`où? – qayerdan? Par où – qayer orqali? Quand? – qachon? Où? – qayerga? qayerda? Pourquoi? – nima uchun?

  1. Tasdiq ravishi

oui – ha si – ha sans doute – shubhasiz certainement – albatta vraiment – chundan ham


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling