Ot so`z turkumi (le Nom ou le Substantif)


Shaxs yoki predmet bilan ifodalangan vositali to`ldiruvchiga savol berilgan bo`lsa, o`zlashtirma gapda ergash gap predlog bilan qo`llangan qui


Download 0.51 Mb.
bet52/58
Sana03.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1075838
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Bog'liq
Grammatika bilan ham tanishing

4. Shaxs yoki predmet bilan ifodalangan vositali to`ldiruvchiga savol berilgan bo`lsa, o`zlashtirma gapda ergash gap predlog bilan qo`llangan qui yoki quoi so`roq olmoshlari bilan boshlanadi: Il m`a demandé: “A qui (A quoi) pensez-vous?” Il m`a demandé à qui (à quoi) je pensais.
5. Ko`chirma gapda quel,quand, comment, pourquoi, où, d`où, combien de kabi so`roq olmoshlari vositasida aniqlovchi yoki holga savol berilgan bo`lsa, o`zlashtirma gapda ergash gap ushbu so`roq olmoshlari bilan boshalanadi: Il m`a demandé: “Quel livre as-tu lu?” Il m`a demandé quel livre j`avais lu.
Eslatma: O`zlashtirma gapda to`g`ri so`z tartibi saqlanadi: Il me demande: “Comment vont-ils?” Il me demande comment ils vont.
Mode subjonctif (Istak mayli)
Real ish-harakatni ifodalaydiga Indicatif maylidan farqli ravishda, Subjonctif istak mayli hisoblanadi. U so`zlovchininggapirilayotgan hodisaga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. Ya`ni, istak mayli amalga oshirilmagan, taxmin qilingan, amalga oshishi istalgan ish-harakatni ifodalaydi. Sujonctif ko`pincha ergash gapli qo`shma gaplar tarkibida ishlatiladi.
Istak maylida 4 ta zamon mavjud: ikkita oddiy, présent va imparfait du subjonctif, hamda ikkita murakkab, passé va plus-que-parfait du subjonctif.
Le présent du subjonctif
Le présent du subjonctif istak maylining hozirgi zamoni hisoblanadi.
Yasalishi: Bu zamon 3-shaxs ko`plikda (ils) hozirgi zamonda tuslangan fe`l o`zagiga -e, -es, -e, -ions, -iez, -ent qo`shimchalarini qo`shish yo`li bilan hosil qilinadi:
Ils parlent – que je parle ils finissent – que je finesse ils attendant – que j`attende
Noaniq shaklda –yer, -ier qo`shimchalar bilan tugagan hamda voir, croire, rire kabi fe`llarning 1- va 2- shaxs ko`plikda tuslanishiga diqqat qiling:
employer – que nous employions, que vous employiez crier – que nous criions, que vous criiez voirque nous voyions, que vous voyiez croire – que nous croyions, que vous croyiez rire – que nous riions, que vous riiez

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling