M: sut-qatiq, gap-so’z, savdo-sotiq.
Birinchi qismi mustaqil qo’llana olmaydigan juft otlar.
M: dov-daraxt,
to’s-to’polon
Ikkinchi qismi mustaqil qo’llab bo’lmaydigan juft otlar.
M: kiyim-kechak,
bozor-o’char.
Har ikkala qismi ham mustaqil qo’llana olmaydigan juft otlar.
M: ikir-chikir, lash-lush, adi-badi.
Quyidagi juft otlar butun va bo’lak ma’nosini anglatadi
M: gap-so’z, tog’-tosh, vaqt-soat.
Takror otlar
| - Asosni aynan takrorlash bilan yoki birinchi qismining tovushini o’zgartirish orqali hosil bo’ladi.
M: Ish-pish, choy-poy, meva-cheva, qo’y-po’y.
|
Eslab qoling!
Quyidagi takror otlar ravishga o’tgan: es-es; chelak-chelak; qator-qator.
Quyidagi juft so’zlar otga o’tgan: oldi-berdi; keldi-ketdi; bordi-keldi; issiq-sovuq, achchiq-chuchuk
Quyidagi takror so’zlar otga o’tganda: dedi-dedi; mish-mish.
Qo’shma otlar imlosi
Tarkibida xona, noma, poya, xush, ham kabi so’zlar yordamida yasalgan qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
-(a)r (inkori –mas) qo’shimchasi bilan tugaydigan qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, o’xshatish yo’li bilan bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, xushxabar, hamkasb
O’rinbosar, otboqar, cho’lquvar, qushqo’nmas, kungaboqar, beshiktebratar, izquvar
Karnaygul, qo’ziqorin, otquloq, oybolta, laylakqor, o’qilon, toshbaqa, tuyaqush, sadarayhon, oltingugurt, tillaqo’ng’iz
Rus tilidan aynan o’zlashtirilgan yoki so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan hosil etilgan qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Narsani uning rangi, mazasi, o’zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Narsalarning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganini bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |