Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi”
Download 23.97 Kb.
|
FPK h
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu holatga qanday yechim berishimiz mumkin Fuqarolik-protsessual kodeksining 170-moddasi
- , FPKning 178-moddasining ikkinchi qismiga
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Foydalanilgan rahbariy adabiyotlar
- Foydalanilgan internet manbalari
Bizga berilgan kazusga tahliliy va huquqiy yechim berishda xorijiy yuridik ta’lim muassasalarida keng qo`llanib kelinayotgan IRAC (Issues, Rules, Analysis, Conclusion) o`quv tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Dastavval, muammoli holatlar doirasini belgilab olamiz: M. Islomova voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish masalasida sudga da’vo arizasi kiritishga haqli ekanligi masalasiga oydinlik kiritish; Sh. tumanlararo sudi chiqargan sud buyrug`ini ijroga qaratish tartibi va ijrochining harakatlarini ochib berish; Fuqaro Sobirov K.ning va sudning xatti-harakatlariga protsessual qonunchilik doirasidan kelib chiqqqan holda baho berish; Vaziyatga huquqiy yechim berish. Ushbu muammoli vaziyatga tahliliy yondashish davomida Fuqarolik-protsessual kodeksi hamda Oila kodeksidan, shuningdek Oliy sud plenum qarorlaridan foydalanish vaziyatga to`g`ri va aniq yechim berishda samarali metod hisoblanadi. Bizga berilgan muammoli vaziyatga ko`ra, fuqaro M. Islomova voyaga yetmagan farzandlari foydasiga aliment undirish masalasida Sh. tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.Dastavval, aliment masalasiga to`xtaladigan bo`lsak, oila qonunchiligiga ko`ra alimentning uchta turi mavjud bo`lib, ular quyidagilar: Ota-onadan farzandlar foydasiga undiriladigan aliment; Voyatga yetgan farzand tomonidan ota-onaga to`lanadigan aliment; Er-xotinning yoki sobiq er-xotinning bir-biriga to`laydigan alimenti. Shuningdek, oila kodeksining 96-moddaasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyati belgilab qo`yilgan bo`lib, unda shunday deyiladi: “Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi”. 1 Aliment undirish bo`yicha da’vo ishini qo`zg`atish to`g`risida fuqarolik ishlari bo`yicha sudga ariza berish mumkin, lekin voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment undirish to`g`risida sud buyrug`ini berish haqida ariza kirtiladi. Chunki Fuqarolik-protsessual kodeksining 171-moddasida sud buyrug`i beriladigan talablarning turlari ko`rsatilgan. Ushbu moddaning 4-bandiga ko`ra, voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to`g`risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog`liq bo`lmagan talab arz qilingan taqdirda sud buyrug`i chiqariladi.2 Demak, bu masalada fuqaro M. Islomova sud buyrug`ini berish to`g`risida ariza kiritishi lozim edi, kazusga ko`ra fuqaro Islomova sudga da’vo ariza kiritgan. Ushbu vaziyatda Sh. tumanlararo sudi esa 2017-yilda sirtdan buyruq chiqargan. Sudning da’vo arizasini qabul qilib, sud buyrug`i chiqarganida hech ham protsessual xatolik mavjud emas, lekin sud buyrug`ini sirtdan chiqarganligi bu katta yuridik xato hisoblanadi.Chunki fuqarolik-protsessual qonunchiligiga ko`ra, sud majlisining vaqti va joyi to`g`risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz ko`rish to`g`risida so`ramagan aqdirda, agar da’vogar bunga e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko`rilishi mumkin.1 Endi sud buyrug`iga e’tiborimizni qaratsak, sud buyrug`I nizosiz talablar bo`yicha sud muhokamasi o`tkazmasdan berilgan sud hujjatidir. Demak, bundan kelib chiqadiki, sud buyrug`I ichun taraflarning ishtiroki talab etilmas ekan ishni sirtdan ko`rishga hech ham hojat qolmagan. Sobirov K.ning e’tirozlariga ko`ra, unga sud buyrug`i chiqarilgandan so`ng ma’lumot kelmagan va ijrochi tomonidan hech qanday ijro harakatlari olib borilmagan. Ushbu holatga qanday yechim berishimiz mumkin?
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki, undiruvni amalga oshiruvchi organlarni keltirib o`tadigan bo`lsak, ushbu organlar haqida ,,Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`grisidagi” qonunning 4-moddasida shunday deyilgan: Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda o'zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi. Demak, qonunning ushbu qismini kazusga nisbatan qo`llaydigan bo`lsak, haqiqatan ham, sud buyrug`ini ijro etish Majburiy ijro byurosiga tegishli hisoblanarkan. Sud buyrug`i to`g`risida agar taraflarda nizo bo`ladigan bo`lsa, sud buyrug`i bekor qilinadi va ish da`vo ish yuritish tartibida ko`rilishi lozim. Sud buyrug`ini bekor qilish haqida FPkda shunday deyilgan: “Qarzdor arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab da’vo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. Alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijro ishini yuritish bo‘yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin”.1 Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqadigan bo`lsak, da’vogar Sobirov K Islomova M.ning aliment undirish tog`risidagi sud buyrug`ini berish to`g`risida ariza berganini bilgan zahoti o`n kunlik muddat ichida ushbu buyruqni bergan sudga buyruqni bekor qilish haqida murojaat qilishi lozim edi. Shunday bo`lgan taqdirda, ish da`vo ishini yuritish tartibida ko`rib chiqilar edi.2 Shuningdek, Oliy sud plenumining qaroriga ko`ra sud buyrug`i ustidan ariza berish muddatini o`tkazib yuborgan da’vogar sudga uzrli sabablar bilan ariza berish muddatini o`tkazib yuborganligini isbotlasa, ariza berish muddatini qaytadan tiklashi mumkin. Bizdagi vaziyatda da’vogarning ariza berish muddatini tiklashi mantiqsizlik bo`ladi. Chunki u bir necha yil o`tib bu arizani tqadim qilgan. Kazusdagi yana bir muammoli holat fuqarolik ishlari bo`yicha Sh. tumanlararo sudi tomonidan sud buyrug`i nusxasini jo`natish bilan bo`g`liq bo`lgan protsessual majburiyat bajarilmagan. Lekin, bizdan kazusdagi masala qanday hal qilinishi so`raglan. Ushbu vaziyatda masalaga yechimni topish uchun biz yuqorida keltirib o`tilgan, FPKning 178-moddasining ikkinchi qismiga murojaat qilishmiz zarur. Unday shunday deyilgan: Alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijro ishini yuritish bo‘yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Bizga kazusdan ma`lumki, Sobirov K.ni ikki yildan beri hech kim alimentni undirish masalasida bezovta qilmagan. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, hali ijro organi tomonidan undiruv amalga oshirilmagan. Demak, sud buyrug`i undiruvchi (Islomova M)ning arizasiga ko`ra bekor qilinishi mumkin. Ushbu normaning asosi sifatida ,,Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`grisidagi” qonunning 37-moddasi ikkinchi qismida ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan tugatilishi holatlari sanab o`tilgan bo`lib, uning 1-bandida shunday deyilgan: undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan bolsa ijro ishini yuritish tugatiladi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib umumiy xulosa qiladigan bo`lsak, Sobirov K aliment to`lmasligi mumkin, qachonki Islomova K tomonidan undiruvdan voz kechishni so`rab sudga murojaat qilsa. Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, sud tomonidan bir qancha protsessual xatoliklar sodir etilgan. Ular quyidagilar: Sud buyrug`ini sirtdan chiqargan (FPK 170-modda); Sud buyrug`ini darhol ijroga qaratmagan (FPK 170-modda); Sud buyrug`ini chiqarishda qarzdor bo`lgan Sobirovga sud buyrug`i chiqarilganligi to`g`risida ma’lumotnoma keltirmagan (FPK 179-modda). Bizning vaziyatimizda sud buyrug`ini chiqarishda undiruvchi bo`lgan M.Islomovagina o`z arizasi bilan aliment undirish to`g`risidagi sud buyrug`ini bekor qilishi mumkin va aliment undirish to`xtatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Foydalanilgan rahbariy adabiyotlar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O`zbekiston”, 2018-y. - 75 b. Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar: Fuqarolik protsessual kodeksi. T.: “Adolat” 2018 y. – 424 b. Oila kodeksi. T.: “Adolat” 2018 y. – 348 b.\ ,Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`grisidagi” qonun Foydalanilgan internet manbalari: www.lex.uz www.nrm.uz www.telegram.me//huquqiyaxbarot 1 Oila kodeksi. T.: “Adolat” 2018 y. – 348 b. 2 Fuqarolik protsessual kodeksi. T.: “Adolat” 2018 y. – 424 b. 1www.lex.uz 2 Fuqarolik protsessual kodeksi. T.: “Adolat” 2018 y. – 424 b. 1 www.norma.uz 2 Fuqarolik protsessual kodeksi. T.: “Adolat” 2018 y. – 424 b. Download 23.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling