Ota-onalar va bolalar uchun art-terapiya mashqlari
Download 23.71 Kb.
|
Арттерапия узб
“Ko‘k” rangni yoqtiradigan bolalar “qizil”larning tamoman teskarisi hisoblanadi. Psixoterapevt, nevropatolog hamda pediatrlar “qizil” bolalar, hatto kattalarni ham ko‘k rang bilan tinchlantirish, “ko‘k”larni esa qizil rang bilan o‘ziga ishonchini tiklashga ko‘maklashish mumkinligini unutmasliklari lozim. Demak, “ko‘k”larning fe’l-atvori: xotirjam, yuvosh, ishni shoshilmay bajarishni yoqtirishadi, hamma narsani puxta o‘ylash, tahlil qilishga harakat qilishadi. Bundaylarni hech ikkalanmasdan yurak amri bilan emas, balki aql bilan ish bajaradiganlar toifasiga kiritish mumkin. Bejiz ko‘k rangni sokin osmon yoki dengizga o‘xshatishmaydi. Bu – tartib, qonun, aql degani.
“Ko‘k”lar kamdan-kam o‘z tengdoshlari orasida yetakchi bo‘ladilar. Ammo shunga qaramay, ular o‘z fe’lidagi qat’iyatlilik hamda manmanlik, injiqlik hissining yo‘qligi bilan atrofdagilar orasida hurmat qozonishadi. Ular xudbin bo‘lmasa-da, yordam so‘ramaguningizcha o‘zlari ko‘mak qo‘lini cho‘zishmaydi. Tabiatan “ko‘k”lar qiyin vaziyatlarda ham yordam so‘ramaslikka harakat qilishadi. Har qanday qiyinchilikni, yo‘qotishni sabr bilan yengadilar. Ota-onalar va pedagoglar sovuqqonlik, berahmlik hamda qattiqqo‘llik “ko‘k”lar fe’lidagi ajralmas qism deya ta’kidlashadi. Bunday bolalar to‘g‘ri tarbiyalansa, ulardan tartib-intizom qadrlanadigan joylarda yaxshi rahbar yoki rahbariyat topshiriqlari va jamoa qoidalariga qat’iy rioya qiluvchi xodim yetishib chiqadi. “Ko‘k”lar faqat bitta kasb yoki yo‘nalishda yaxshi mutaxassis yoki ijrochi bo‘lishadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ranglarda kichkintoyimizning fe’l-atvori, kayfiyati va hatto qobiliyati ham o‘z aksini topadi. Download 23.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling