“Binafsha” rangini yaxshi ko‘radigan bolalar xatti-harakatlarida artistlarga xoslik seziladi. Ularga deyarli har doim tuyg‘ular, istak hamda munosabatlardagi qarama-qarshiliklar azob beradi. Bunday kichkintoylar ta’sirchan bo‘lib, hammadan ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, rag‘batga muhtoj bo‘lishadi.
“Yashil” rangni xush ko‘ruvchi bolalar tirishqoq, harakatchan, moddiy foyda olishga moyil bo‘lishadi. Ular asosan, pragmatik bo‘lishsa-da, barchasiga o‘z jismoniy harakatlari tufayli erishishadi. Shu bilan “qizil”lardan farq qilishadi. “Yashil”lar o‘z qarashlari hamda xatti-harakatlarini ochiq namoyon qilishadi. Ularning eng zaif tomoni – asab tizimidir. Bunday bolalarning jahlini chiqarish oson. Agar siz aybingizni tan olib, bunday bolalarga nisbatan munosabatingizni qat’iy bildirsangiz, u tezda “ortga chekinadi”. Bundan tashqari, ular juda mehnatkash, yaqinlari uchun tinim bilmay ishlashi mumkin. Yashil – jonli tabiat, o‘t-o‘lanlar rangi. Shuning uchun “yashil”lar tuproqda ter to‘kishni, nimalarnidir o‘stirishni xush ko‘rishadi, ular tabiat ne’matlaridan foydalanishni va asrab-avaylashni yaxshi bilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |