Ota-onalar va bolalar uchun art-terapiya mashqlari
Art-terapiya bizga qanday yordam beradi?
Download 23.71 Kb.
|
Арттерапия узб
Art-terapiya bizga qanday yordam beradi?
Uning yordami salbiy his-tuyg‘ularni (agressiya, g‘azab, jahl, dilsiyohlik) ijodiy shaklda ifodalashda namoyon bo‘ladi. Bu orqali kishi o‘zida ichki chigallikning yozilganini, kuchli toliqishni his qiladi. Bunday ijodiy faoliyatdan keyin, tinchlanib, sokin tortib qoladi. Ijodiy mehnat yordamida kishi o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. Art seanslar bolalar va kattalarga har tomonlama uyg‘un rivojlanishga erishishida ko‘mak beradi. Mashg‘ulot. Quyidagi mashg‘ulotlar ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu mashg‘ulotlarni bolalar bilan bajarishlari kerak. Mashqlarda loy, xamir, plastilin va mumdan foydalaniladi. Muammolarimiz ko‘rinishini erkin shaklda yasaymiz, “u” bilan gaplashamiz, unga ichimizdan qaynab chiqayotgan har bir narsani to‘kib solamiz. Shu tariqa: yumilgan ko‘zlar bilan loydan haykal yasaymiz; loydan yasalgan haykalni ranglar bilan bo‘yaymiz; loydan taqinchoqlar hosil qilamiz. Navbatdagi art-terapiya mashqi “Avtoportret” deb nomlanadi. Bu mashqni bajarish uchun katta o‘lchamdagi qog‘oz va albatta biror sherik kerak bo‘ladi. Qog‘oz tanamiz uzunligi o‘lchamida bo‘lmog‘i lozim. Bir kishi qog‘oz ustida yotadi, sherigi esa uning tana konturasini chizadi. So‘ng o‘zimizning “obraz”imizni yaratishga kirishamiz. Rasmda ich-ichdan tanamiz a’zolarini qanday his qilishimizni, ularni qanday rangda deb o‘ylashimizni tasvirlaymiz. Mashqni bolalaringiz bilan navbatma-navbat bajaring. Kichkintoylarga mayda o‘yinchoqlar va sochiluvchi mahsulot (qum, un)lar yordamida o‘yin o‘ynashni taklif qilishingiz mumkin. Bolangizga idishga solingan qum va o‘yinchoq berib, undan turli vaziyatlarni: masalan, ko‘rgan multfilmi yoki eshitgan ertagidan bir lavha ko‘rsatib berishini so‘rang. (Qum yoki o‘yinchoqlarni og‘ziga solmasligi uchun, albatta, farzandingiz nazoratingizda bo‘lsin.) Bolangiz hamda o‘zingizda ijodkorlik qobiliyatini namoyon qilishga imkon bering. Ijodiy mashg‘ulotlar o‘zaro munosabatlarni bezab, konfliktlarning bartaraf bo‘lishiga olib keladi. Sizni esa ota-ona sifatida yanada mehribon, kirishimli va shodumon qiladi. Mashqlar yakunida hosil bo‘lgan ijod mahsulining bolangiz ruhiy holati haqida nimalarni aytib berayotgani haqida mutaxassis bilan gaplashib ko‘ring. Bola va rang Dastlab faqatgina oq va qora ranglarni ajrata oladigan murg‘ak farzandlarimiz 3 oylik bo‘lishganda qizil va sariqni, keyinroq yashil va ko‘k ranglarni qabul qila boshlashadi. Qarabsizki, asta-sekin ular ranglar olamidagi barcha sirlarni egallab olishadi. Jajji qo‘lchalariga qalamni olib o‘zlaricha nimalarnidir qog‘ozga solishadi. Agar farzandingiz o‘yin davomida yoki rasm chizishda foydalanayotgan qalam, flomaster, rangli qog‘oz va bo‘yoq rangiga yaxshilab e’tibor bersangiz uning fe’l-atvori to‘g‘risida ko‘p narsani bilib olishingiz mumkin. Bolaning ayni paytdagi kayfiyati – quvonchi, dardi, jahldorligi u tanlayotgan ranglarda o‘z aksini topadi. Bundan tashqari, kichkintoyni qurshab olgan ranglar uning ishchanligini, faolligini, muloqotga kirisha olishini ta’minlab beradi. Rang tanlashiga qarab bolalar bir necha xilga bo‘linadi. Download 23.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling