O’tabayeva Kumush


Download 0.98 Mb.
Sana06.05.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1433863
Bog'liq
qishloq slayd 1234

Ajiniyoz nomidagi NDPI “Tasviriy san’at va texnologik ta’lim” fakulteti 3-V “texnologik talim” guruh talabasi O’tabayeva Kumushning “Qishloq xo’jalik ishlari” fanidan mustaqil ishi Topshirdi: ____________ O’tabayeva.K Qabulladi : ___________ Sadaddinov.U

Mavzu: Chorvachilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati Reja: 1. chorvachilik va uning tarmoqlari; 2. Qoramolchilik; 3. Qo'ychilik; 4. Parrandachilik.

Kirish Mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida: chorvachilik sohasida sifat nazoratini kuchaytirish, eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo‘shilgan qiymat zanjiriga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay tadbirkorlik muhitini rivojlantirish kabi qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Toshkent sh., 2022-yil 8-fevral, PQ-120-sonli qarorida yuklatilgan.

Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi.

Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilikdan iborat.

Qoramolchilik chorvachilikning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholini sut va go‘sht mahsulotlari, yengil sanoatni esa teri va boshqa xomashyolar bilan ta’minlaydi. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi qoramolchilik mahsulotlari bo‘lib, aholini sut va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini, a’ni sutning 95, go‘shtning esa 63 foizini qoramolchilik sohasi ta’minlaydi.

Respublikamizda go‘sht uchun qoramollar 3 xil usulda parvarishlanadi:


maxsus ixtisoslashgan
go‘shtchilik
xo‘jaliklarida
go‘sht yetishtirishga
mo‘ljallangan shaxsiy
yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklarida
shaxsiy yordamchi va
dehqon xo‘jaliklarida
(bo‘rdoqilash)
1
2
3

Qo‘ychilik chorvachilikning muhim sohasi bo‘lib, sanoatni jun, mo‘yna, qorako‘l teri, aholini esa oziq-ovqat sifatida go‘sht, yog‘ va sut mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Qo‘ychilikning asosiy va qimmatli mahsulotlaridan biri uning mayin junidir. Jun. Qo‘ylardan olinadigan jun yengil sanoat uchun muhim xomashyo hisoblanadi, undan turli xil kiyim-kechak, sholcha va gilam, xilma-xil jun gazlamalar tayyorlanadi. Jun teri mahsuloti hisoblanadi. Respublikadamizda qo‘ylar erkin haydab boqiladi.

Parrandachilik chorvachilikning serdaromad, serpusht va tez yetiluvchan tarmog‘i hisoblanadi. U xalqimizga ko‘plab sifatli parhez taom – tuxum va parranda go‘shti yetkazib berishda katta ahamiyatga ega. Parrandalardan qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda mazali go‘sht va tuxum olinadi. Parranda go‘shti tez hazm bo‘lish xususiyatiga ko‘ra barcha turdagi chorva mollari go‘shtidan ustun turadi. Parrandachilikning ilg‘or texnologiyalari asosida har bosh tovuqdan yiliga 240–260 dona tuxum olinadi yoki 160 kg go‘sht yetishtiriladi.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi kunda respublikamizda 13,2 mln bosh qoramol, 22,4 mln bosh mayda shoxlilar mavjud boʻlib, chorvachilikka ixtisoslashgan 7 ming yaqin xoʻjalik faoliyat yuritmoqda. Xususan, 34 qoramolchilik, 13 parrandachilik, 36 baliqchilik va 15 ta asalarichilik klasterlari tashkil etildi.

2020-yilda qiymati 1 trln. 800 mlrd. soʻmlik 932 ta, jumladan, chorvachilik sohasida 789 mlrd. soʻmlik 506 ta, parrandachilikda 348 mlrd. soʻmlik 183 ta, baliqchilikda 550 mlrd. soʻmlik 134 ta va quyonchilik sohasida qiymati 98 mlrd. soʻmlik 109 ta loyihalar amalga oshirildi.

Xulosa oʻrnida aytganda, chorvachilik serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun bu sohani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash lozim. aholini sifatli va arzon goʻsht, goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda mahsulot narxini barqarorlashtirishga xizmat qilish lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Texnologiya 7-sinf umumta`lim o`rta maktablari uchun darslik A. Zulpixarov T.:2022
2. E.Nabiyev, A.Qayumov "O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati" T.: 2000
3. www. Arxiv.uz.
Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling