Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini ko


Download 75.72 Kb.
bet6/9
Sana25.03.2023
Hajmi75.72 Kb.
#1294257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini

2.3. XOLLAND METODIKASI
Ushbu metodika xodimlarning o`z kasbiga bo`lgan qiziqishlari, qobilyatlarini aniqlashga mo`ljallangan bo`lib, xodimlarning psixologik kasbiy xususiyatlarini proforientatsion yo`nalishda ko`nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu metodikani men Farg’ona tuman ma’muriy hodimlari o’rtasida o`tkazdim.
Ushbu jadvalda Xolland metodikasi bo`yicha natijalari tahlili ko`rsatilgan.


Tiplar

Sinaluvchilar

foizi

Realistik tip

4 ta sinaluvchi

16%

Aqliy tip

6 ta sinaluvchi

24%

Ijtimoiy tip

8 ta sinaluvchi

32%

Konventsial (shartli) tip

2 ta sinaluvchi

8%

Tadbirkor tip

3 ta sinaluvchi

12%

Artistik tip

2 ta sinaluvchi

8%




Jami 25 ta o`quvchi

100%

Ushbu jadvalda xodimlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash bo`yicha tahlil natijalari ishlab chiqildi. Unga ko`ra 4 ta xodim realistik tip, 6 ta xodim aqliy tip, 8 ta xodim ijtimoiy tip, 2 ta xodim konventsial tip, 3 ta xodim tadbirkor tip, 2 ta xodim artistik tip ekanligi aniqlandi.


XULOSA
Ushbu kurs ishim mavzusi “Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish psixologiyasi”. U shu kurs ishimni asosiy ikki qisimga ajratdim. Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik tavsif berar ekanmiz, bu maxsus uyushtirilgan, reja asosida olib boriladigan kompleks tadbir bo‘lib, bunda asosiy rolni tergovchi o‘ynaydi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin. Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyatning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir. Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki
manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning psixologiyasi va ko‘rsatmalari, ikkinchisi, hodisa joyda olingan haqiqiy axborotdan iboratdir. Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatmalarni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning psixologik holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.Shu kabi ko’plab ma’lumotlar yoritib o’tdim. Kurs ishim orqali ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Hodisa joyini ko`zdan kechirish kechiktirib bo`lmaydigan tergov harakati hisoblanadi. Tergov ko`pincha ushbu tergov harakatidan boshlanadi. Ba`zi vaqtlarda hodisa joyini ko`zdan kechirish undan oldin o`tkazilgan operativ harakatlar tufayli yig`ilgan ma`lumotlardan foydalanib bajariladi.
Qoidaga binoan versiyalar, tergovchi tomonidan hodisa joyini dastlab ko`zdan kechirishni o`tkazish jarayonidayoq tuziladi. Bunday versiyalar keyinchalik guvohlarni so`roq qilish, sud-meditsina ekspertizasini tayinlash kabi tergov harakatlari natijasida ham tuziladi.
TAVSIYA
Huquqni muhofaza qilivchi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo`nalishlaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir.
Psixologik tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– xodimlarning huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar uchun tipik bo`lgan stress omillar va ularning ta’siriga psixologik chidamliligini oshirish;
– xodimlarda psixologik xislatlarni rivojlantirish, har qanday vazifani operativ xizmat faoliyatining turli murakkab va xavfli sharoitlarida ham muvaffaqiyatli bajarishlariga yordam beruvchi uquv va ko`nikmalarning o`ziga xos jihatlarini shakllantirish. Psixologik tayyorgarlik xodimlar kasb mahoratining tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo`lib, operativ xizmat faoliyatining o`ziga xos va muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi va uni amalga oshirishning zarur shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik xodimning kasb mahoratini keskin oshiradi.
Ilmiy tadqiqotlar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo`nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko`rsatmoqda.
Bugungi kunda psixologik tayyorgarlik – prakratura kasb tayyorgarligining muhim tarkibiy qismidir.«Shaxsiytarkibsifatiuning kasbiy mahorati darajasi, axloqiy-ruhiy darajasi, jismoniy tayyorgarligi va intizomi bilan belgilanadi».
Prakratura bo’limi xodimlarining psixologik tayyorgarligi xodimlarga operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo`lgan sifatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirishbo`yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko`rsatish jarayonidir. Psixologik tayyorgarlik xizmat faoliyatining xususiyatlariga bog`liq. Shunga ko`ra,psixologiktayyorgarlikning mazmuni aniq ifodalangan kasbiy yo`nalishga ega bo`lmog`i lozim. Xodimlar psixologik tayyorgarligining mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • jinoyatchilikka qarshi kurashga psixologik jihatdan tayyorbo`lish xislatlarini shakllantirish; maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik yo`nalganlikni rivojlantirish;

  • kasbiy jihatdan muhim bo`lgan bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o`rnatish uquv va ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko`nikmalarini ta’minlash;

  • fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik-pedagogik usullariniqo`llash mahoratini shakllantirish;

  • operativ xizmat faoliyatining og`ir vaziyatlarida o`zini tuta olish va psixologik barqarorlikni ta’minlash;

  • shaxsning ijobiy hissiy-irodaviyxislatlarinirivojlantirish, xodimlarga o`zini tutish va boshqarish usullarini o`rgatish;

  • irodaviy faollikni va irodaviy harakat ko`nikmalarini shakllantirish;

ishdagi ruhiy zo`riqishlarga tayyorlanish.
Yuqoridagi tavsiyalardan kelib chiqqanimiz xolida quyidagi tavsiyalar berishni lozim deb topdim.


Download 75.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling