Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini ko
Ikkala kasbdan bittasini tanlashi shart
Download 75.72 Kb.
|
Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIPLARNING TAHLILI Realistik tip.
- Ijtimoiy tip.
- Konventsial (shartli) tip.
- Tadbirkorlik tipi.
Ikkala kasbdan bittasini tanlashi shart
TIPLARNING TAHLILI Realistik tip. Bunday tipdagi shaxs koʼproq konkret, yaʼni aniq obʼektlar (narsalar, asbob uskunalar, hayvonlar, mashinalar) bilan shugʼullanishni afzal koʼradilar, konkret obʼekt bilan shugʼullanish, chaqqonlik va aniqlikni yoqtiradi. Odamlar bilan muloqotda boʼlishni yoqtirmaganligi sababli yuqori lavozimlarda ishlashni xush koʼrmaydi. Injener, mexanik, elektrik, agronom, bogʼbon, haydovchi va shunga oʼxshash kasblarni tanlaydi. Aqliy tip. Bunday odamlar oʼzining sezgir va boy xayolligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ular amaliy mashgʼulotlarni bajarishdan koʼra, muammolarni nazariy hal qilish ustida oʼylashni yoqtiradilar. Mavhum kasblarni tanlashadi: biolog, botanik, astronom, fizik. Ijtimoiy tip. Bunday odamlar muammoni yechishda koʼproq oʼzlarining intellektual qobiliyatlaridan koʼra shaxsiy hissiyot va tuygʼularga asoslanadilar. Mexanizmlar bilan shugʼullanishni yoqtirmaydilar. Koʼproq taʼlim va sogʼliqni saqlash sohasiga qiziqadilar: shifokor, psixolog, oʼqituvchi kasblarini tanlashlari mumkin, chunki ularda muloqotga kirishish, boshqaruv va sanʼatga ehtiyoj katta. Konventsial (shartli) tip. Bunday odamlarda moslashish salohiyati juda past. Ularga past faollikni talab qiluvchi mashgʼulotlar va mutaxassisliklar hamda aniq tizimli faoliyatlar koʼproq yoqadi. Chunki bunday faoliyatlarda aniqlik va noaniqlik belgilab berilgan. Boshqaruv faoliyati qoʼl kelmaydi, chunki bunday odamlar masalalarni hal qilishda koʼproq boshqalarning fikriga suyanadilar. Tavsiya etilgan kasblar iqtisod, hisobchi, kotiba va hokazo. Tadbirkorlik tipi. Bunday tiplar yuqori lavozimlarda ishlashni yoqtiradilar, Ularga qoʼl mehnati, diqqatni bir nuqtaga jalb etuvchi faoliyatlar yoqmaydi. Ular quyidagi kasblarni tanlaydilar: direktor, teleoperator, artist, diplomat, jurnalist. 6. Аrtistik (kreativlik) tip. Bunday insonlarda xayol va intuitsiya yaxshi rivojlangan. Ular hayotni murakkablashgan holda qabul qiladilar. "Erkaklashtirilgan" — sport, avtotaʼmirlash kabi ishlar qiziqtirmaydi. Ular ijodiy xarakterli mashgʼulotlarni xush koʼradilar. Yaʼni, musiqa, rassomchilik, adabiyot va shu kabi sohalarda yuqori natijalarga erishishlari mumkin. Download 75.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling