Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi
Xalqaro olimpiadalarda (ishtirok etish) qatnashish va yaxshi natijalar ko‘rsatish sirlari
Download 1.3 Mb.
|
Dissertatsiya-Otajanova
Xalqaro olimpiadalarda (ishtirok etish) qatnashish va yaxshi natijalar ko‘rsatish sirlari. Har bir maktabning har bir sinfida matematikaga layoqatli bir necha o‘quvchi bo‘ladi. Akademik litseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi
guruhlarida esa bunday talabalar ko‘pchilikni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Ravshanki, ular orasida turli bosqich musobaqalar, jumladan, Xalqaro matematika olimpiadalarida qatnashishni istaydigan, unda g‘olib bo‘lishni orzu qiladigan o‘quvchilar oz emas. Xo‘sh, bu maqsadga yetish uchun nima qilmoq kerak? Xalqaro matematika olimpiadasiga qanday tayyorlanish kerak? Buning yo‘llari ko‘p. Faqat bu maqsadda yo‘lga otlanishdan avval, ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish zarur. Xalqaro matematika olimpiadalarida dunyoning besh qit’asidan kelgan o‘quvchilar matematikadan masala yechish bo‘yicha musobaqa qiladilar. Masalalar maktab matematika dasturi bo‘yicha algebra, geometriya, sonlar nazariyasi va kombinatorikaga oid bo‘ladi. Masalalar olimpiada qatnashchisidan katta bilim, matematikaga alohida qobiliyat hamda ancha-muncha tajriba talab etadi. Axir IMOga dunyoning eng kuchli o‘quvchilari yig‘iladi-da! Ular dastlab o‘z ta'lim muassasalarida, so‘ng tuman, viloyat va mamlakat bo‘yicha o‘tkazilgan hududiy bosqich olimpiadalarida yaxshi natija ko‘rsatib, pog‘onama-pog‘ona ko‘tarilib, IMO bosqichiga yetib borishadi. Tabiiyki, eng bilimli, eng qobiliyatli va eng tajribali o‘quvchilarga g‘oliblik nasib etadi. Dunyoga Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ulug‘bek kabi buyuk matematiklar yetishtirib bergan yurtimizda matematikaga o‘ta qobiliyatli yoshlar ko‘p ekanligi shubhasiz. IMOga doir masalalar kitoblarida eng dastlabki olimpiada masalalarini yechishga urinib ko‘rgan o‘quvchi dastavval masalalar nisbatan yengilroq bo‘lgani, so‘ng yil sayin qiyinlashib borganini payqaydi va o‘quvchilar ham osondan qiyin tomon qobiliyatini charxlab boradi. Ko‘plab IMOda ishtirok etgan va yuqori o‘rinlarni egallab kelgan ustozlarimizdan Umidbek Raxmonov, Karimbek Raximov, Sardorbek Bozorboyev, Hakimjon Egamberganov kabi ustozlarimizning fikriga ko‘ra “Aynan faqat birgina kitobdan emas bir xil darajadagi kitoblardan aynan ustozlarimiz va o‘zlarimiz tanlagan kitobni boshidan oxirigacha mukammal ravishda yechish va iloji boricha boshqa usullarda ham qo‘llay olsakkina bir natijalarga erishishimiz mumkin va bu jarayonni ko‘plab kitobni oxirigacha ishlash davrida o‘zlarining matematik qobiliyatlarini jahon xalqaro olimpiada masalarini yeyishga turtki beradigan ko‘rsatmalar deb ta’riflay olamiz.” Va albatta shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz joizki, har bir IMOda qatnashib ishtirok etib Vatanimizning nomini butun dunyoga tanitaman, bu bizning Vatanimizda Al-Xorazmiy, Beruniylar yetishib chiqib shuning avlodlari mana shunday natijalarga erishganligini yanada isbotlab beraman deb yuragida o‘ti bor bo‘lgan yosh yigit qizlarimiz shuningdek, astoydil doimiy ravishda astoydil mehnat qilgan o‘quvchilarimizdan albatta yaxshi natijalar chiqadi. Chunki bizning avlod-ajdodlarimiz mehnatlari, ilmi, dunyoqarashi bilan deyarli barcha mamlakatlarda tanilib kelingandirlar. Albatta, masalani mustaqil yechishga intilish, juda bo‘lmagan holatlardagina adabiyotlardagi ko‘rsatmalarga qarab qo‘yish hamda o‘zingiz topgan usul bilan ko‘rsatmalarda keltirilgan usulni taqqoslab ko‘rish mobaynida yaxshi natijalarga erishiladi deb o‘ylaymiz. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling