Otam -davlatim, onam jannatim tadbir senariysi. Мехрибон оналарга, Жонкуяр оталарга
Download 281.46 Kb.
|
Otam
- Bu sahifa navigatsiya:
- “...ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz”
Raqs Qizlar ijrosida Shirinim
Odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug` qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo`q. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig`idek asrab avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig` hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug`, yo`llarimizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng go`zal dostonlar, eng yaxshi qo`shiqlar, eng yoqimli kuylar ana shu ulug` zotlarga bag`ishlangani bejiz emas. Muqaddas kitobimiz Qur`oni karimning Niso surasi 36-oyatida “...ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz”, deya marhamat qilinadi. Ushbu mazmundagi oyatldar muqaddas kitobimizda juda ko`p. Shundan ham bu amal har bir farzand zimmasidagi farzlardan biridir, unga amal qilmaslik katta gunoh dir. Har bir iymon-e`tiqodli farzand ota-onasiga mehr-muabbatini shirin so`zini va muruvvatni ayamasligi lozimdir. Ona--- so`zi uchta harfdan iborat bo`lib, u o`zida oriyat, nafosat, andisha so`zlarining ma’nolarini to`liq mujassamlashtirgandir. Ona u fozila, oqila, komila. U e’tiqod, mehr-muxabbat va nafosat gulshaninng sohibasi. Bu so`z yashash umidi, hayotga tashnalik, dunyoni anglashning boshlanishi demakdir. Ota esa bola uchun mustahkam tayanch, or-nomus, kelajagi yo`lidagi orzu-umidi, haqiqat va adolat posbonidir. Ota- yaxshi axloqi va xulqi bilan o`rnak, har bir yaxshi ishda ustoz, murabbiy, saxovat va muruvvat maktabidir. Shunday ekan ,biz farzandlar bu ikki insonlarni hamisha hurmatini joyiga qo`yib, ularni izzat nhurmat qilaylik.Otajonlar , onalar biz sizlarni yaxshi ko`ramiz. Raqs Andijon polakasi. Muborak hadisi shariflarda farzandlarning ota-ona oldidagi haqlari, burchlariga alohida e`tibor qaratilgan. Diniy manbalarda keltirilishicha, har bir otaning bolasi ustida o`nta haqi bor ekan. Farzand mana shu o`nta haqni chiroyli ado qilmog`i lozim: 1. Ota-onasiga taom berish. 2. Xizmatlarini qilish. 3. Chaqirganlarida “labbay” deb javob berish. 4. Gunoh bo`lmagan bir ishga buyurganida, itoat etish. 5. Yumshoq ohista gaplashish. 6. Kiyim olib berish. 7. Yurganda orqasidan yurish. 8. O`ziga ravo ko`rgan narsalarni otasiga ham ravo ko`rishi. 9. O`ziga ravo ko`rmagan narsalarni otasiga ham ravo ko`rmasligi. 10. Duo qilganida otasini ham qo`shib Allohdan mag`firat tilashi. Binobarin, har birimiz ana shu haqlarni mukammal ado etmas ekanmiz, o`zimizni komil iymon egasi deb atashga haqli emasmiz. Оёги остида жаннат билан юрган аёл, хакинг хеч качон туланмайди. Сиздек фидойи, ра хмдил катта калбли кучли аёлнинг фарзанди булганимдан жуда бахтиёрман. Менда борлигимдан жуда хурсандман. Сиз мен учун хаммадан кадрлироксиз. Сиз мен севган биринчи аёлсиз, сиз менинг гузал онамсиз. Менда борлигимдан жуда хурсандман. Оталар фарзандларининг биринчи кахрамони, сиз менинг биринчи ва ягона кахрамонимсиз, азиз отам. Менга сен каби ишонадиган бошка еркак билан учрашсам, мен унга уйланаман. Сиз менинг йул харитамсиз. Сизни жуда яхши кураман азиз отам… Олисда булсанг хам сени юрагимда хис киламан отажон. -Дада чинорга ухшайди… Меваси булмаса хам сояси йетади… – Ота уткинчи хаётга сабабчи, тарбия берган еса абадий хаёт сабабчисидир. — Ота булганингиздан кейин уз бахтингиздан кура фарзандингизнинг бахти билан хурсанд булишингиз мумкинлигини курасиз. — Отанинг фазилати фарзандлар бойлигидир. – Бу бир парча; Ота нима йигса, угил сочади. – Ота фани хаёт сабабчиси, тарбия берувчи еса абадий хаёт сабабчисидир. – Отанинг хиди бошкача. Ёнингда булсанг, кулларингга туцанг, хамма дард тугайди, дардларим тугайди, хаёт кувонч билан давом етади. Сен менинг ягона отамсан, азизим, хамма нарсамсан. Мен сизни жуда яхши кураман шер отам… Мен болаликда ота химоясидан кура кучлирок ехтиёж хакида уйлай олмайман. Download 281.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling