«otam haqida» kitobidan habibulla Qodiriy begona mehmonlar


Download 1.25 Mb.
bet1/8
Sana03.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1150701
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Habibulla Qodiriy


Dunyoda Abdulla Qodiriydek baxtiqaro yozuvchi kam bo’ladi. Mustabid sho’ro jallodlari uni qatag’on qildilar, ming bora jabr ko’rsatdilar, oxiri o’ldirib qutuldilar. Dunyoda Abdulla Qodiriydek baxtiyor yozuvchi ham kamdan-kam bo’ladi. Har qanday qatag’onlarga, qamoqqa tiqilish va surgun bo’lish xavfiga qaramay, kitobxonlar “O’tkan kunlar”ni o’qiyverdilar, o’qiyverdilar, o’qiyverdilar!..
Yaxshi otadan yaxshi farzandlar, yaxshi adibdan esa farzandlar va yaxshi asarlar qoladi, degan gap bor. Chindan ham shunday. Qodiriy domlaning farzandlaridan biri – Habibulla Qodiriy yaxshi inson va iste’dodli qalamkash edi. Habibulla akaning “Otam haqida” kitobining dunyoga kelishi ham asl farzandning ota oldidagi burchini ado etishiga misol bo’la oladi. Habibulla akaning bu kitobi tezda mashhur bo’lib ketdi. Sababi – unda el sevgan adibning Inson sifatidagi olami tasvirlangan edi…
O’tkir Hoshimov
O’zbekiston xalq yozuvchisi

«OTAM HAQIDA» KITOBIDAN
Habibulla Qodiriy

BEGONA MEHMONLAR
1932 yil bo’lsa kerak, bog’imizning avji obod bo’lgan choqlari, pishiqchilik kezlari edi. Bir kuni kechki payt uyimizga er-xotin kirib keldi. Er o’ttiz besh, ayol o’ttiz yoshlarda, ikkovlari ham ovrupacha kiyingan. Bo’ychan, chiroyli oppoq yuzli. Ayolning egnidagi qo’sh etakli uzun oq ko’ylagi o’ziga juda yarashgan edi. Nazarimda, ular begona, uyimizga birinchi bor kelishlari edi.
Dadam ularni shiypon hovlisiga, ustullarga o’tqizdilar. Tanishish, o’zaro suhbat boshlandi. Chiroyli ayol erlar suhbatiga bir oz quloq solib o’tirgach, asta turib shiyponimizni tomosha qildi va ichkari hovliga o’tib, uy-oilamiz bilan tanishdi. Oyim non yopar edilar, mehmonni qarshilab, supaga taklif qildilar va tandirdan non chiqarib xontaxtaga qo’ydilar. Biroq ayol o’tirmadi, ushatilgan nondan bir tishlam yemadi ham va hatto ikki og’iz iliq so’z aytmadi ham. Qo’lidagi yelpig’ichni o’ynab, indamay shiyponga qaytdi va suhbatlari tugagan eri bilan tezgina jo’nab ketdilar. Kechlik chog’i oyim dadamdan so’radilar:
– Kelgan mehmonlar kim ekan?
– Bilmadim… “Julqunboy bilan bir tanishib, uyini ko’rib o’taylik”, deb kelishibdi chog’i, – dedilar dadam kulib va sho’rvaga non to’g’rab ilova qildilar: – Maorif komissarligida ishlashadi, chamasi…
– Xotini juda dimog’dor ko’rinadi… – dedilar oyim.
Dadam darhol javob qilmay, to’g’ralgan non ustiga murchli piyoz sochdilar va qoshiqlab yeya boshlab, dedilar:
– To’rt narsa kishini kibr-havolantirar ekan: boylik, ilm, martaba va husn.
Dadamning ushbu so’zlari xotiramda hamon saqlanib qolgan. Kibru havo dardiga yo’liqqan biror kimsani uchratsam, darhol shu xotiralarni qayta-qayta eslayman…

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling