«otam haqida» kitobidan habibulla Qodiriy begona mehmonlar


Download 1.25 Mb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1150701
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Habibulla Qodiriy

PAYRAHA ORQALAGAN “OLIM”
Dadamning Mullo Alijon ismli ustozlari bo’lar edi. U kishi Buxoro madrasalaridan birida tahsil ko’rgan, zamonasining yetuk ulamosi, inqilob boshlarida rus-tuzem maktabida dadamizga dars bergan, nihoyatda kamtar, beozor, qobil kimsa edi. Shu kishi bir marta biznikida mehmon bo’lganlarida dadam bilan suhbatlashib o’tirib, boshidan o’tgan bir voqeani hikoya qilib berdi:
«Buxoroyi sharifdan madrasani tahsil qilib kelgan yigit choqlarim edi. Ilmimga juda faxrlanganman: boshimda simobi salla, egnimda jiyakli oq jujun ko’ylak, ustidan banoras to’n, oyog’imda amirkon maxsi-kovush, ko’chada viqor bilan yuraman, uncha-munchani pisand qilmayman, go’yo mendan o’zga madrasa tahsil qilgan kishi yo’q…
Shunday yasangan holatda, bir kun kechki payt, Chorsudan Chuqurko’prik orqali uyga qaytar edim. “Qabz ota” qabristoni yaqiniga kelganimda amakimni uchratib qoldim. Amakim keksayib qolgan, bechorahol odam edi. U kishi yalangoyoq, eski kiyimda, Chorsudagi romsozlikdan bir qop tutantiriq-payraha ko’tarib uyga borar edilar. Men u kishiga salom berib, odob yuzasidan:
– Qopingizni ko’tarib olaqolay, amaki, – dedim.
Amakim:
– Mayli, mulla, – dedilar-u, payrahalari ko’rinib turgan yirtiq qopni yelkalaridan tushirib, menga tutdilar.
Amakimning bu “betamiz”ligidan men juda hayron bo’lib qoldim.
Olmay desam, o’zim taklif qilib qo’yganman, olay desam, ustimdagi “shohona” kiyimlar bilan yirtiq qopda payraha ko’tarib yurish… Nomus kuchli, qopni orqalab keta boshladim. Amakim ortimda sekin kelardilar. Shunday kiyimlarda payraha orqalab borishimga o’tkinchilar taajjublanib qarashardi.
Chuqurko’prik guzariga tushib borganimda uyatdan ter quyib ketdim. Chunki guzarda ikkita choyxona bo’lib, kechki payt liq to’la choyxo’rlar o’tirishardi. Hammasining ko’zi menda. Yerga boqib, guzar o’rtasidan o’tdim… Guzardan o’n besh-yigirma odim uzoqlagan edim, amakim orqamdan yetib kelib yelkamdan qopni oldilar va mening:
– Qo’yavering, o’zim uyga olib boraman, – deyishimga:
– Yo’q, shunisining o’zi kifoya, mulla… – dedilar va yukni orqalab ketaverdilar.
O’ylab bilsam, amakim shu ishni jo’rttaga qilgan ekanlar. Shu kundan e’tiboran ko’zim ochildi. Kibr-havo bilan vidolashdim.
Xullas kalom, donishmandlar aytadilar: “Takabburlik, mag’rurlik yomon xulq va aqlsizlikdan nishonadir. Takabbur haqiqatni inkor qiladi, o’zini o’zgalardan baland va aqlli qo’yadi, boshqalarga nafrat bilan qaraydi. Turli kelishmovchiliklar, adovat, dushmanlik kibrdan hosil bo’ladi. Kibrli odam hayotda ko’p mashaqqatga, azob-uqubatlarga, xalq nafratiga, g’azabiga duchor bo’ladi va oxiri xor-zorlikka, halokatga uchraydi”.

10 АПРЕЛ — АБДУЛЛА ҚОДИРИЙ ТАВАЛЛУДИНИНГ 125 ЙИЛЛИГИ

Отага фарзанд Ҳабибулла Қодирийдай бўлсин, деб юраман. Ҳабибулла Қодирийдай фидокор ва жонкуяр бўлсин. Ота изидан борган оғмас одимлари бу дунёда ҳеч нарса ўз-ўзидан ва тасодифан рўй бермаслигини, юлдузлар кўкда ҳамон боқийлигини кўрсатди.

Отага фарзанд Ҳабибулла Қодирийдай бўлсин, деб юраман. Ҳабибулла Қодирийдай фидокор ва жонкуяр бўлсин. Ота изидан борган оғмас одимлари бу дунёда ҳеч нарса ўз-ўзидан ва тасодифан рўй бермаслигини, юлдузлар кўкда ҳамон боқийлигини кўрсатди.
Абдулла Қодирий ҳаёти ва ижоди ўз даврининг улуғ бир эпопеяси бўлса, Ҳабибулла Қодирий батамом шу эпопеянинг ичида, унинг бутун залвори, масъулиятини елкасида кўтариб, азамат Алпомиш каби яшарди.
У Абдулла Қодирий ҳаётининг ҳар ер, ҳар томонда сочилиб, кўмилиб, йўқ бўлиб кетиш хавфи остида ётган қимматли жавоҳирларни йиғди, уларни ўзи гувоҳ бўлган, ўзи кузатган ҳодисалар билан қиёслади, таҳлил қилди, худди изланувчи олимлардай катта миқёсда тадқиқот ишларини олиб борди. Жуда катта ёзувчи каби уларни таснифлади ва ижодий, ижтимоий ва маданий тизимга айлантирди. У Абдулла Қодирийга муносиб фарзанд, унинг мухтор вакили, янги замонлардаги мухтор элчиси каби фаолият олиб борди. У Қодирийни қанчалар теран билишини, теран тушунишини кўрсатди. Унинг китоби ёзувчини халққа янада яқинроқ, янада севимлироқ, янада виқорлироқ қилиб қўйди. У замон зиддиятлари ва фожиаларига тўла ўлмас асар яратди. Уни Л.Н. Толстой, Ф.М. Достоевский яқинлари замонларга қолдирган хотира асарлари билан тенглаштириш мумкин.
Отага фарзанд Ҳабибулла Қодирийдай бўлсин, деб юраман. Ҳабибулла Қодирийдай фидокор ва жонкуяр бўлсин. Ота изидан борган оғмас одимлари бу дунёда ҳеч нарса ўз-ўзидан ва тасодифан рўй бермаслигини, юлдузлар кўкда ҳамон боқийлигини кўрсатди.
Иброҳим ҒАФУРОВ

Ҳабибулла ҚОДИРИЙ


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling