Otamdan qolgan dalalar


Download 20.83 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1124731
  1   2   3   4
Bog'liq
Pulatova N-Esse


Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romaniga esse

Olgan taassurotlarimni bir necha qismga bo’lib ifodalashga qilgan harakatlarim natijasi sifatida kimdadir romanni o’qib chiqishga istak paydo bo’lsa, demak “Men o’z oldimga qo’ygan maqsadimga erishdim”, deb ayta olaman!
Men o’qigan millat romanlaridagi 130 yillik tarix.
BMT a’zosi-Ozod O’zbekiston uchun bitgan,263 sahifa, 10 bob va 273 ta turli hajmdagi fasllarga O’zbek xalqining 130 yillik azobli tarixini sig’dira, har bir satrda hayot bag’ishlab,jonlantira olgan yozuvchi Tog’ay Murod o’z so’zining ustidan chiqdi-O’zbek xalqiga haykal qo’ydi.
Haykal deb tan olinmish roman, 1986-1991-yillar oralig’ida yozildi.Ammo, asar qog’ozga tushgunicha, yozuvchi 6 oy Surxon dalalarini kezdi,dehqonlar bilan birga, ular o’tirsa-o’tirdi, tursa-turdi. Qo’shilishib,hatto chigit ham ekdi. Eng asosiysi “bo’lajak” Dehqonqul bilan uchrashdi.
Nihoyat, roman 1994-yilda “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining bosh tahririyati tomonidan 75 000 nusxada chop etildi. Bu oddiy nashr emas edi,bu uchun Tog’ay Murodga bejizga Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti topshirilmadi. Chunki, Tog’ay ham huddi Qodiriydek,Qodiriydan roppa-rosa 70 yil o’tib, ilk romani bilan adabiyotni larzaga solgan, butun millat o’qishi lozim bo’lgan yana bir roman muallifiga aylangan edi.
“O’tkan kunlar” bilan “Otamdan qolgan dalalar”ni bog’lab turadigan yana bir e’tiborli jihati shuki, ushbu roman Yusufbek xoji bashorati ro’yobga chiqishidan, ya’ni Kumushbibi vafot etgan sana-1853-yildan muqadimma olib, vatanimiz mustaqillikni qo’lga kiritgunicha hukm surgan 130 yillik qora tarixdan hikoya qiladi.
BIZ BILGAN UCH AVLOD
“Otamdan qolgan dalalar” deganda ko’pchilikning ko’z oldiga uch avlod fojeasi keladi.
Bu qisman to’g’ri, bu uch avlod turli davrlardagi Turkistonning ramzi,qiyofasi bo’lib namoyon etildi:
Ketmoni bilan dovruq qozongan,”Oqpodsho betini ko’rmayin-da,kuymayin-da” deya qadrdon dalasini kelgindilar tomonidan toptalgan hisoblab, toqqa chiqib ketgan, uyerda ham kuchi faqat ketmon chopishgagina yetgan Jamoliddin XIX asr ikkinchi yarmidagi Turkistonning;
El-yurt qizillar g’avg’osiga uchmasin,men qizillarni bitta qo’ymay qiraman” deb kelgindi-bosqinchilar bilan erkakchasiga kurashib, bug’doyzor dalasida qolgan jasadi xalq tomonidan izzat bilan dafn etilgan Aqrab XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati boshlangan Turkistonning ;
Umri “oilam”, “vatanim”, “bolalarim” deb emas, “g’o’zalarim”, “dalam”, “chirindi go’ng”, “butifos” deb o’tayotgan, surxon vohasida pomidor bilan xurmoning farqiga bormaydigan zuriyodlar yetishtirayotgan, farzandlaridan qiyib,qizg’onib,og’zi-burnini qon qilib, o’zi yemay kazo-kazo mehmonlarga yedirib, ohir-oqibat o’z najasini yeyishga majbur qilingan Dehqonqul esa XX asrning 30-80-yillaridagi millionlab ezilgan insonlarning yaxlit holga keltirilgan ramzidir!

Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling