Otamdan qolgan dalalar


Go’zalarim,go’zalarim va yana go’zalarim…


Download 20.83 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1124731
1   2   3   4
Bog'liq
Pulatova N-Esse

Go’zalarim,go’zalarim va yana go’zalarim…
Dehqonqul go’zalarining bargiga qarab qanday dori sepish kerak ekanligini biladi, lekin kuni dalalda, tuni beshik tebratish bilan o’tadigan rafiqasini xayotdan tobora to’yib,tobora sovib borayotganini anglamaydi…
Dehqonqul dori sepib o’tayotgan tayyora(samalyot) uchuvchisiga qanday ishoralar qilish kerakligini biladi, lekin asar davomida, umri davomida bir bor nomoz o’qimaydi,Yaratgan nomini tilga olmaydi…
Cho’ntagidagi ohirgi pullarga bozordan “kattakon” mehmonlarga dasturxon yozish uchun mevalar sotib oladi, lekin uyidagi yarim och,nimjon farzandlari xurmo bilan pomidorni farqlay olmaydi…
Xojayev muallim xotinini qo’shni viloyatdagi xushmanzara oromgohga bir haftaga olib borganida, rais xotiniga juhudi atlas olib berib, “shahardagi uzun, yer ostidagi salqin” metrolarga olib tushganida bizning Dehqonqul xomilador rafiqasining ko’ngli tusagan qizil olma uchun Denov bozoriga borishga ham erinadi,aniqrog’ipaxtalari sabab vaqt qizg’onadi…
Qizil rang-qon rang.
“Qon rangidan yorug’lik tilama.Qon rangidan ro’shnolik tilama.Qon rangidan panoh tilama. Qon rang-jallod rang.”- Dehqonqulning otasi onasiga aytgan gaplar go’yo bir bashoratdek jarangladi va roman davomida o’z tasdig’ini topib bordi:
Dastlab Aqrab(Dehqonqulni otasi)ni “Qulog’i qirqta bo’lgan”qizillar ta’qib etib, ohiri joniga qasd qilib tinchidilar.
Dehqonqul qizil maktabda o’qidi (agar buni chindan ham “o’qish” deb bo’lsa).
Qip-qizarib quyosh botgunicha butifos sepib zaxarlangan dalalda paxta terdi,10 kg dan oshira olmagani uchun pivoxo’r direktordan kaltak yedi, och qoldi, zaxar yutdi.
Beshinchi sinf bolalari shu darajada ishlatildiki, ichburug’ bo’lib, maktab maydonini qip-qizil qonga to’ldirib tashlashdi,
Bolalarni ichidan qon kelgunicha ishlatgan direktor, “mashaqqatli mehnatlari evaziga” qizil partiyaga a’zolik bileti, qizil musobaqada g’alaba qozonganligi uchun ko’chma qizil bayroqqa ega bo’ldi.
Boshqorong’i ayoli yegisi kelgan qip-qizil olmani ham olib kelolmadi, sho’rlik ayolning peshonasidagi bitta-yu bitta, ter va kirdan oqarib ketgan ko’ylagining ham rangi qizil edi. Oxir-oqibat uni qizil olov o’z domiga tortdi, xalok qildi.
Dehqonqul umrbod qizillar uchun ishladi,qizil muhbirlar uchun maqola, qizil yozuvchilar uchun ocherka, qizil kinochilar uchun film bo’ldi.
Nihoayati, qamoqxonada uni qiynagan, axlatini o’ziga yedirgan, erkakalik nomusiga tajovuz qilgan ikki qizil ham Afg’onistonga qizil bayroq ko’tarib kirib, hammayoqni qonga belaganlardan edi.
Yuqoridagi har bir misol orqali, romanda “qizil” so’ziga singdirilgan botiniy ma’noni anglash mushkul emas.

Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling