MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. Quyida berilgan barcha so’zlarning lug’aviy hamda grammatik ma’nolarini aniqlab yozing.
N a m u n a : Ishdan - lug’aviy ma’nosi: mehnatdan; grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, chiqish kelishikda, to’ldiruvchi.
1. Ishdan, sovuqdan yorilgan qo’llari qamchini bazo’r tutardi.(O.) 2. Sul-tonov yemakxonada uni yana uchratdi. (T.Malik) 3. Tor ko’cha chekinib, oldinda kichikroq bir guzar ko’rindi.(O.)
2-mashq. Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarni ikki guruhga ajratib yozing.
Til, qush, ot, kir, tish, chumchuq, ko’z, leksika, urg’u, bel, kub, yer, affiks, morfologiya, qalin, olmos, kar, dum, tog’, tumshuq, men, tariq, yaproq, o’q, tajang, ota, mol, fonetika, bosh, g’azal, turk, issiq, tol, qaramoq, terak, ona, o’t, yo’l, tush, achchiq, jar, tez, jahl, uyqu, sahar, cho’kmoq, daxl, to’g’ri, koridor, rus, etak, qanot, bez, dam, tirnoq, ikki, foyda, tuyoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |