O'tga chidamli materiallar va ularning xillari hamda ishlatilishi joylari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 1.05 Mb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1480581
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

Domna pechining tuzilishi
Domna pechi 8–10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxt pechi bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000–3000 m3 bo‘ladi. (Keyingi yo‘llarda masalan, Krivoy Rog, Cherepoves metallurgik kombinatlarda katta hajmli domnalar ham qurilgan.) da domna pechining umumiy ko‘rinishi, uning zonalari bo‘yicha temperaturaning taqsimlanish grafigi ko‘rsatilgan. Domna pechining ichki devori shamot g‘ishtidan terilib, sirtidan 15-20 mm.li po‘lat list bilan qoplanadi. Pechning o‘tga chidamli g‘isht terilmalari chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining 3/4 qismida) sovitish trubalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda sovuq suv aylanib turadi. Domnaning ustki qismi koloshnik deyilib, unga shixta materiallar porsiyalab bir tekisda yuklash apparatida yuklanadi. Domnaning tubi leshchad deyiladi, u grafit gilli bloklar yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlardan teriladi. Pech metall halqali taglik plitaga, taglik plita esa beton poydevorga o‘rnatilgan temir ustunlar 11 da yotadi. O‘txona pechning eng muhim qismidir, chunki unda yoqilg‘i yonadi hamda suyuq cho‘yan va shlak yig‘iladi. O‘txonaning eng pastki qismidan shaxtaning balandligigacha bo‘lgan hajmi pechning foydali hajmi deyiladi. O‘txonaning yuqoriroq qismida aylana bo‘ylab bir nechta teshiklar bo‘lib, ularga maxsus uskunalar – furmalar (8), pech devoridan ichkariga qarab 150–200 mm chiqarilib o‘rnatiladi va ular orqali pechga yoqilg‘ining yaxshi yonishi uchun qizdirilgan havo 0,25 MPa (2,5 atm) bosimda haydalib turiladi. Furmalar soni pechning hajmiga qarab 16 tadan 24 tagacha bo‘ladi. Furmalar mis yoki alyuminiy qotishmalaridan yasalgan bo‘lib, ish jarayonida erib ketmasligi uchun ularning havol devorlari orqali sovuq suv aylantirib turiladi. Furmalarning pastrog‘idagi teshiklarga shlak, undan pastroqdagi teshikka esa cho‘yan chiqarish novlari (9), (10) o‘rnatiladi. O‘txonada yig‘ilayotgan cho‘yan har 2–4 soatda, shlak 1–1,5 soatda o‘z novlaridan kovshlarga chiqarib turiladi. Cho‘yanni, shuningdek, shlakni pechdan chiqarish uchun tegishli joyida 50–60 mm.li teshik elektr burmashina bilan ochiladi, berkitishda esa o‘tga chidamli tiqinlardan foydalaniladi. Metallurgik kombinatlarda bir vaqtda bir necha domnalar ishlaydi. O‘rtacha hisobda 1 t cho‘yan olish uchun 2035 kg temir ruda, 146 kg marganes ruda, 971 kg koks va 598 kg ohaktosh pechga kiritilib. 3575 kg havo haydaladi. Bunda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik changi ajraladi. Domnalarning bir me’yorda ishlashi uchun barcha ishlar maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu ishlarni bajarishda uning yordamchi uskunalarining (shixtani yuklash apparati, havo qizdirgichlar, kompressorlar va boshqalar) roli katta. Keyingi yillarda jarayonni boshqarishda elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish yuqori samara bermoqda.

Domna pechining umumiy ko‘rinishi (a) va uning zonalari bo‘yicha temperaturaning taqsimlanish grafigi (b): 1 – koloshnik; 2 – yuklash apparati; 3 – trubalar; 4 – shaxta; 5 – raspar; 6 – zaplechik; 7 – o‘txona; 8 – furma; 9 – cho‘yan chiqish novi; 10 – shlak chiqish novi; 11 – temir ustun



Foydalanilgan adabiyotlar:
1. V. A. Mirboboyev " Konstruksion materiallar texnologiyasi" " Davlat nashriyoti" Toshkent-2013
2. I. T. Uluhanov " Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi" Namangan- 2014
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling