O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi
Vasiqalarda sotilayotgan yerning
chegarasini ko‘rsatish. Yer oldi-ber- disi bilan bog‘liq vasiqalarda uzil-kesil sotilayotgan yerning chegarasi (yerniŋ sïčïsï) ham ko‘rsatib qo‘yilgan. Bunda yerning to‘rt yog‘dagi chegarasi, uning kimlarga tegishli joylar bilan tutashuvi aniq beriladi. Hujjatlarda “taraf, tomon” so‘zi yïŋaq deyilib, chegara yoqlari shunga qo‘shib aytilgan: öŋdün yïŋaq – sharq tomon, küntün yïŋaq – janub tomon, kedin yïŋaq – g‘arb tomon. Mamlakat shimoli tog‘liqlar bilan o‘ral- gani uchun, shimolni taγdïn yïŋaq dey- ilgan ba’zi hujjatlarda. Jumladan, O‘zmish To‘g‘ril va Tugalning Cho‘kudagi yerlarini Enichuk akaga xatlab berganlari to‘g‘risidagi hujjatda sotilayotgan yerning chegarasi shunday ko‘rsatilgan: Bu yerniŋ sïčïsï: öŋdün yïŋaq Beki, Bačaq, olarnïŋ ögän, küntün yïŋaq Turmïš tuduŋnuŋ yer, kedin yïŋaq yol, taγdïn yïŋaq Bekiniŋ, Bačaqnïŋ yer adïrar. Bekiniŋ, Bačaqnïŋ qaŋlï yolï bu yerniŋ adaq-atïzïnïŋ ičintä- ol. – “Bu yerning chegarasi: sharq tarafdan Beki, Bachaq, ularning o‘za- ni, janub tarafdan Turmish tudungning yeri, g‘arb tarafdan yo‘l, tog‘ [shimol] tarafdan Bekining, Bachaqning yeri ayiradi. Bekining, Bachaqning arava yuradigan yo‘li bu yerning etagidagi atizning ichidadir” (TH.35,17–21). Yig Burtning o‘z yerini Qutlug‘ Tash otli kimsaga xatlab bergani to‘g‘risidagi vasiqada yerning chegarasi quyidagi- cha belgilangan: Bu yerniŋ sïčïsï: örü yïŋaq ögän adïrar. Öŋdün yïŋaq Toyïčaq (?) yeri adïrar. Qudï yïŋaq ögän, Lusay yeriŋä barγu ögän adïr(a)r. Kedin yïŋaq Yanyaq (?) Ïnal yeri adïrar. – “Bu yern- ing chegarasi: shimol tarafdan o‘zan ayiradi. Sharq tarafdan To‘yichaq(ning) yeri ayiradi. Quyi (janub) tarafdan o‘zan, (ya’ni) Lusay yeriga boradigan o‘zan ayiradi. G‘arb tarafdan Yanyaq Inal yeri ayiradi” (TH.37,9–12). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling