O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana13.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1195002
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKI


55
“Devonu lug‘ati-t-turk” asarida: tum-
lïttï~tumluttï: 1) ol suw tumlïttï – “u suv 
va boshqa narsalarni yaxlatdi”; 2) ol 
anïn köŋülin tumluttï / tumlïttï – “u unga 
g‘azab qildi; uning ko‘nglini sovutdi, 
hatto uni hafa qilib qo‘ydi” (DLT,316). 
Biz aytmoqchi bo‘lganimiz, hujjatda ke-
chgan turγu tomlutu birikmasida ham 
ko‘chma ma’no bor. 
Shuningdek, hujjatlarda sintaktik 
paralellizmlar, alleteratsiya singari ba-
diiy vositalarga ham murojaat etiladi. 
Ayrim jumlalar sajda.
Eski hujjatlarda rasmiy va badiiy 
uslublarning qorishiq holda uchrashi 
turkiy rasmiy uslubning to‘la shakllan-
ib ulgurmaganidan emas, aksincha, 
uning o‘ta taraqqiy etgani, fikrni ifoda-
lash, hujjatning rasmiyligini ta’minlash 
imkoniyatlari nihoyatda kengligi, vasiqa 
bituvchilar so‘z ustasi sifatida ulardan 
bilimdonlik bilan foydalana olganidan 
dalolat beradi.
Vasiqalarda ishlatilgan badiiy 
stereotiplar interpretatsiyasi
“Stereotiplar” deganda yozma yod-
gorliklar tilida voqea-hodisalar bayoni, 
fikr ifodasi bilan bog‘liq holda tez-tez qa-
ytalab turuvchi so‘zlar, so‘z birikmalari 
va jumlalar tushuniladi. Stereotiplar ba-
diiy matnlarda ham, rasmiy hujjatlarda 
ham ishlatiladi. Lekin har ikki holatdagi 
vazifasi boshqa-boshqa. Chunonchi, 
badiiy adabiyotda qo‘llanuvchi stereoti-
plar badiiy bo‘yoqqa ega; ularda kishi-
lik turmush tarzi va voqea-hodisalarga 
bo‘lgan munosabat badiiy uslubda bay-
on etiladi. Ular badiiy tafakkurning mah-
suli bo‘lib, asar badiiyligi, bayon tarzin-
ing ta’sirchanligini oshirishga ishlaydi. 
Masalan, urxun bitiglarida xoqonning 
qudrati, davlat ishlarini bilim va adolat 
bilan boshqarayotgani ta’riflanganda 
qaγanï alp ermiš, ayγučïsï bilgä ermiš 
(xoqoni alp ekan, maslahatchisi dono 
ekan) jumlasi ishlatiladi. 
Yoki Kul tigin va Bilga xoqon bitigi-
da yurt egasi o‘zining el ravnaqi, ulus 
farovonligi yo‘lida olib borgan ezgu 
ishlarini ta’riflab, o‘z yutuqlaridan fax-
rlanib, čïγan bodunuγ bay qïltïm, az 
bodunuγ öküš qïltïm (yo‘qsil xalqni boy 
qildim, oz xalqni ko‘paytirdim) jumlas-
ini qo‘llaydi. Bitiglarda tez-tez uchrab 
turuvchi tört buluŋ qop yaγï ermiš (to‘rt 
tomon butunlay dushman ekan) jumlasi 
mamlakat tang ahvolda ekani, to‘rt yo-
qdan qurshovda qolinganini anglatadi. 
Qo‘shinning qudratli yurishi, ayovsiz 
janglar, yov ustidan qozonilgan zafarlar 
bayonida elligig elsirätdimiz, qaγanlïγïγ 
qaγansïratdïmïz, tizligig sökürtimiz, 
bašlïγïγ yüküntürtimiz (eli borni elidan 
ayirdik, xoqoni borni xoqonidan ayird-
ik, tizzasi borni cho‘ktirdik, boshi borni 
yukuntirdik) jumlasi ishlatilgan va b.
Hujjatlardagi stereotiplarning maz-
muni va vazifasi bulardan bir oz farq 
qiladi. Ular mazmuni va vazifasiga 
ko‘ra ikki xil. 
Birinchisi, hujjatning tuzilishi, matn 
komponentlari bilan bog‘liq holda shak-
llangan stereotiplar. Masalan, oldi-ber-
di vasiqalari hujjatning tuzilgan sanasi, 
qarz olinishining sababi, kimdan va 
qancha qarz olinayotganligi bilan bosh-
lanadi. Yakunida esa oldi-berdini ku-
zatib turgan guvohlar, vasiqadagi bel-
gi-tamg‘alarning kimga tegishli ekanligi 
va hujjatni kim tuzganligi qayd etiladi. 
Stereotiplar ham ana shunga mos hol-
da shakllanadi. Bunday stereotiplar, 
xabarning aniq va lo‘ndaligini ta’minlay-
di, matnning rasmiy mavqeini oshirib
hujjat qolipining shakllanuviga xizmat 
qiladi.
Ikkinchisi, fikr ifodasi, bayon tarzi 
bilan bog‘liq holda shakllangan stereo-
tiplar. Matn bituvchi fikr ifodasi uchun 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling