O‘tgan yuzyillikning boshlarida rus va G‘arbiy Yevropa olimlarining hozir


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana13.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1195002
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
qadimgi-turkiy-vasiqalar-stilistikasi

erklig beg išin-küčin tutup 
Joriyani sotib, o‘rniga bo‘z olingan-
ligi to‘g‘risidagi vasiqada Erklig beg iši, 
elči-yalawač küčin tutup, degan jum-
la ishlatilgan (TH.23.18–19). Bu jum-
ladagi beg iši ni S.E. Malov beg yeši
ya’ni “bekning xotini” deb tushungan, 
shuning uchun bu jumlani ruschaga: 
“Esli je kto, upotrebiv silu vliyatelnogo 
bega i jenы yego, poslannikov i vest-
nikov …” deya tarjima qilgan (Malov 
1951,213). Aslida esa bu misolda-
gi iši-küči – juft so‘z, “hukmi; qudrati” 
ma’nosida. Shunga ko‘ra, ushbu jum-
lani: “Hukumdor bekning, elchining 
kuch-quvvatiga tayanib” deb talqin qi-
linsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
Qadimgi ko‘k turk bitiglarida bu birik-
ma isig küčüg bir-, ya’ni “ishini kuchi-
ni bermak” shaklida keng qo‘llanilgan. 
Poetik ma’nosi “mehnatini singdirmoq; 
kuchini bermak” degani. Muhimi shun-
daki, ushbu stereotip birikma ikki xil 
o‘rinda ishlatiladi: birinchisi, “yovga 
bo‘yinsunish, uning mehnatini qilish”. 
Bu – qaramlikning alomati. Mana miso-
li: 
Türük bäglär türük atïn ïtï tabγačγï 
bäglär tabγač atïn tutïpan tabγač qa-
γanq[a] körmis. Älig yïl isig, küčüg bir-
mis. – “Turk beklar turkcha otini qo‘yib, 
tabg‘achlik beklarning tabg‘achcha oti-
ni qabul qilib, tabg‘ach xoqonga qaram 
bo‘ldi. Ellik yil mehnatini, kuchini berib-
di” (K.78).
Yoki: Nä qaγanqa isig, küčüg birür-
män? – tir ärmis. Anča tip tabγač qa-
γanqa yaγï bolmïs. – “Ne xoqonga 
mehnatimni, kuchimni beryapman?” – 
der ekan. Shunday deb tabg‘ach xoqo-
niga yov bo‘libdi” (K.9)
Ikkinchisi, ijobiy ma’noda – “yurt 
farovonligi uchun, uning obodligi, ravn-
aqi uchun ter to‘kish”. Mana misoli: 
İsig küčüg birür bunča törüg qazγanïp 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling