O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulashni o‘rganish O‘tkazgichlarni ketma-ket ulash Ishning maqsadi


Download 0.55 Mb.
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1762968
  1   2   3   4
Bog'liq
aralash ulash


Mavzu:Laboratoriya ishi. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulashni o‘rganish


1.O‘tkazgichlarni ketma-ket ulash
Ishning maqsadi: o‘tkazgichlar ketma-ket ulanganda ulardagi tok kuchi va kuchlanish tushuvini o‘ganish.
Kerakli jihozlar: tok manbai, turli qarshilikka ega bo‘lgan ikkita rezistor (qarshiligi 100-150 Ω atrofida), milliampermetr, voltmetr, kalit va ulovchi simlar.
Qisqacha nazariya.
Elektr zanjiriga bitta emas, balki bir necha iste’molchilarni ulashga to‘g‘ri keladi. Bunda iste’molchilar o‘zaro ketma-ket yoki parallel holda ulanadi. Biz quyida iste’molchilar ketma-ket ulangan elektr zanjirini qarab chiqamiz.
Ketma-ket ulangan zanjirda tok knchi
Ikkita lampochkani ketma-ket ulab, 1-rasmda tasvirlangan zanjirni yig‘aylik. Kalit ulanganda zanjirdan tok o‘tadi va lampochkalar yonadi. Bunda zanjirga ulangan uchala ampermetr bir xil qiymatni ko‘rsatadi. Demak, zanjirdan o‘tayotgan umumiy tok kuchi I, birinchi va ikkinchi lampochkadan o‘tayotgan tok kuchlari I1 va I2 bir xil bo‘lar ekan:
(1)

1-rasm
Agar zanjirga n ta lampochka ketma-ket ulangan bo‘lsa, ulardan o‘tayotgan tok kuchlari ham bir-biriga teng bo‘ladi:
. (2)
Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, har bir iste’molchidan o‘tayotgan tok kuchlari bir xil bo‘ladi.
Ketma-ket ulangan zanjirda kuchlanish. 2-rasmdagi elektr zanjir kaliti ulanganda 1-voltmetr 4 V ni, 2- va 3-voltmetrlar 2 V ni ko‘rsatadi. Lampochkalarning yonishi xiralashadi.

2-rasm.
Zanjirdagi to‘liq kuchlanish ketma-ket ulangan ikkala lampochkadagi kuchlanishlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni:
(3)
Agar n ta lampochka ketma-ket ulansa, u holda zanjirdagi to‘liq kuchlanish quyidagicha bo‘ladi:
(4)
Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to‘liq kuchlanish har bir iste’molchidagi kuchlanishlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Om qonuniga binoan, 2-rasmdagi elektr zanjirda birinchi lampochkadagi kuchlanish U1=IR1 ga, ikkinchi lampochkadagi kuchlanish U2=IR2 ga teng. Bu ifodalardan zanjirdagi to‘liq kuchlanish quyidagicha bo‘ladi:
U=U1+U2=IR1+IR2=I(Rl+R2). (5)
Zanjirdagi lampochkalarning to‘liq qarshiligi R ga, ulardan o‘tayotgan tok kuchi I ga tengligidan foydalanib, to‘liq kuchlanish U uchun quyidagi formulani yozishimiz mumkin:
U=IR. (6)
(5) va (6) tengliklarning o‘ng tomonlarini tenglashtiramiz: IR=I(R1+R2), bundan to‘liq qarshilikni aniqlaymiz:
R=R1+R2. (7)
Agar zanjirga n ta lampochka ketma-ket ulansa, u holda zanjirdagi o‘tkazgichlarning to‘liq qarshiligi quyidagicha bo‘ladi:
R=R1+R2+…..+Rn (8)

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling