O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulashni o‘rganish O‘tkazgichlarni ketma-ket ulash Ishning maqsadi


Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to‘llq qarshilik har bir iste’molchi qarshiliklari yig‘indisiga teng bo‘ladi


Download 0.55 Mb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1762968
1   2   3   4
Bog'liq
aralash ulash

Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to‘llq qarshilik har bir iste’molchi qarshiliklari yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Ishni bajarish tartibi

  1. Rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig‘ing. Voltmetr birinchi rezistorning uchlariga ulanadi. Kalit ochiq holda qoldiriladi.

  2. Tok manbaining iste'molchilarga kuchlanish beruvchi murvati 4 V holatiga qo‘yiladi.

  3. Kalit ulanadi. Rezistordan o‘tayotgan tok kuchi I (A) va uning uchlaridagi kuchlanish U(V) o‘lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi.


3-rasm

  1. Kalit uziladi. Voltmetmi birinchi rezistordan uzib, uni ikkinchi rezistor uchlariga ulang.

  2. Kalit ulanadi. Ikkinchi rezistordan o‘tayotgan tok kuchi (I2) va uning uchlaridagi kuchlanish (U2) o‘lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi.

  3. Kalit uziladi. Ketma-ket ulangan rezistorlarning uchlariga voltmetr ulanadi.

  4. Kalit ulanadi. Rezistordan o‘tayotgan tok kuchi va uning uchlaridagi kuchlanish (Uab) o‘lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi.

  5. Kalit uziladi. Tok manbaining iste'molchilarga kuchlanish beruvchi murvati 6 V holatiga qo‘yiladi va tajriba takrorlanadi.



U1,V

I1, mA

R1,Ω

U2,V

I2, mA

R2,Ω

Uab, V

I,mA

1

























2

























3




























  1. Tajriba natijalari asosida ketma-ket ulangan iste'molchilar uchun asosiy qonuniyatlaming bajarilishini tekshiring.

Protous dasturida aralash yig‘ilgan istemolchilarni yig‘amiz va ishni bajarishimiz mumkin.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Protous dasturida sxemani yigamiz.

  2. Ampermetr va voltmetr chegaralarini milliampermetr va millivoltmetr xolatiga keltiramiz.

  3. Istemolchilar istemol kuchlanishini 2V, 3V, 4V va 5V qilib belgilaymiz.

  4. Termoreztor o’lchash chegarasini minimal (0)ga keltiramiz.

  5. Termoreztorni haroratini har 10C ga o’zgartirilganda har bir ampermetr va voltmetr qiymatlarini yozib olamiz.

  6. Olingan har 10Cga o’zgargandagi termoreztor qiymatlari, har bir ampermetr va voltmetr qiymatlari orqali jadval va grafiklar chiziladi.

2. O‘tkazgichlarni parallel ulash
Ishning maqsadi: o‘tkazgichlar parallel ulanganda ulardagi tok kuchi va kuchlanish tushuvini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: tok manbayi, turli qarshilikka ega bo‘lgan ikkita rezistor (qarshiligi 200-300 Ω atrofida), milliampermetr, voltmetr, kalit va ulovchi simlar.
Qisqacha nazariya.
Ikkita lampochka o‘zaro parallel ulangan 4-rasmdagi elektr zanjirni yig’aylik.

4-rasm
Bunda ikkala lampochka bir xil tarzda 1 va 2 ampermetrlarga ketma-ket ulanadi. Ularga parallel ulangan voltmetr 4 V kuchlanishni ko‘rsatsin. Bu voltmetrning ko‘rsatishi har bir lampochkadagi kuchlanishni ham, zanjirdagi to‘liq kuchlanishni ham ifodalaydi.
Demak, parallel ulangan ikkala lampochkada kuchlanish bir xil bo‘lib, u zanjirdagi to‘liq kuchlanishga teng bo‘ladi, ya’ni:
U=U1=U2. (9)
Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulangan bo‘lsa, u holda ulardagi kuchlanishlar teng bo’ladi:
U=U1=U2=….=Un. (10)

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling