O‘tkir Hoshimov kim?


Download 298.27 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi298.27 Kb.
#1040911
1   2   3   4
Bog'liq
Tushda kechgan umrlar

O'tkir Hoshimov o'zbek adabiyoti durdonalari safini yana bir kitob bilan boyitdi. "Tushda kechgan umrlar" asarida 30-yillardagi "qatag'on mashinasi", 80-yillardagi "Afg'onistondagi janglar" va "o'zbek ishi " deya atalmish "chirkin" voqealar katta kuch va mahorat bilan birlashtirilib, roman shaklida kitobxon qo'li va qalbidan joy oladi. Uni o'qir ekansiz har bir insonga achinasiz. U kulganda kulib, yig'laganda esa yerni oxlarga to'ldirishni jazm aylashga hozirlangan osmon kabi yig'laysiz. Nega "oddiy personaj", sodda va begona insonlar"ga achinasiz? Axir bugun sizda hammasi yetarli, hamma narsaga egasiz-ku! Yo'q. O'sha hamma narsa yetarli bo'lgan inson qalbining qat-qatida dunyoning boshqa chekkasida yashayotgan bo'lsada, inson deya atalgan " tabiat gultoji"ga bo'lgan mehr yastanib yotgan bo'ladi. Yozuvchi esa, o'sha yastanib yotgan mehr bulog'ini o'z chegarasidan toshishiga majbur etadi. Asar bosh qahramoni bo'lgan Rustamning jangu-u jadallarning birida onasining jonsiz tanasidan oziqlanmoqchi bo'lgan go'dakni ko'rgandagi holatini tasvirlar ekan urushlar va yomonlikni qoralaysiz. Urushni go'dak hayoti va taqdiri qiziqtirmasligi sizda nafrat uyg'otadi. Undagi voqealar rivojini kuzatar ekansiz musaffo osmon, tinch va inson hayoti qadr topgan zamonda yashayotganingga ming-ming shukronalar aytasan kishi.

Meni hayratga solgan va o'sha davr siyosatini biroz bo'lsada ko'z oldimga keltira olgan holat bu Komissar Soat G'aniyev bilan bogʻliq voqealar rivojidir. Muallif ushbu insonni bir necha o'rinda, bir necha marotaba, turli xil ko'rinishda tashqi ko'rinishi va fe'l-atvorini tavsiflar bergan. Rustamning ko'zi bilan uni:

"zahil yuzli, yovuz ruh" deya tavsiflaydi. Haqiqatandan ham, doim boshida shlyapa, kuz va qish kunlari egniga charm palto kiygan bu "Yovuz ruh" o'sha davr siyosati uchun itday sadoqatli edi. O'sha siyosat manfaati uchun o'z millatdoshlarini qamatgan, o'limga mahkum qilgan, hatto dinga moyil bo'lgan o'z onasidan ham vos kechgan O'zbek millatidan chiqqan Sovet polkovnigi edi.

"Yovuz ruh" to o'lguncha o'zini haq deb hisoblab o'tdi. Begunoh insonlarni qarg'ishi tufayli oilasi parokanda bo'lib, ikki o'g'li otasidan voz kechsada, "Yovuz ruh" hamon qilgan ishlari va o'tgan umri uchun afsuslanmas edi. U 70 yillik zulm saltanatining bir timsoli edi.


Download 298.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling