“O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”romanida urush mavzusi va insoniy munosabatlar ifodasi mavzusida tayyorlagan


I-bob.O’tkir Hoshimovning Ikkinchi jahon urushi haqidagi asarlari va ularning o’rganilish. 1.1.O’tkir Hoshimovning mavzu tanlash mahorati


Download 33.38 Kb.
bet3/10
Sana22.06.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1647082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ZUHRO SLAYD(1)

I-bob.O’tkir Hoshimovning Ikkinchi jahon urushi haqidagi asarlari va ularning o’rganilish. 1.1.O’tkir Hoshimovning mavzu tanlash mahorati.

  • Taniqli adib ijodining salmoqli qismini urush hamda ona mavzusi tashkil etadi. Shunday mavzularni ko’tarib chiqqan asarlaridan biri bu “Tushda kechgan umrlar" romanidir. Asarda 20-30-yillar, urush davri tozalashlari, urushdan keyingi ziyolilar qatag’oni, afg’on urushi va “paxta ishi” repressiyalarini o’ziga xos izchillikda yoritadi.Ikki asarini ham mutolaa qilgan shaxs sifatida, aytolamanki, O’tkir Hoshimov avvalgi romani “Ikki eshik orasi “ da to’xtalib o’tilgan qatag’on mavzusini yangi romaniga “Tushda kechgan umrlar” ga asosiy mavzu etib tanlaydi . Sobiq ittifoqi hukmronligi davrida bo’y –basti sal ko’rinib qolgan ziyoli bo’lsa, darhol qaychilab tashlagan…Roman voqealari bosh qahramon Rustamning oxirgi kundaligidan boshlandi va asta sekin Qurbanoy xolaning har kungi yumushlariga o’z o’rnini boshatib beradi. Ramonning asosiy voqealari 4 oy ichida bo’lib o’tadi. Yani Rustamning vafotidan uning o’limi haqidagi ish yopilguncha. Rustam oliygoh talabasi , Sovuq urush tufayli yuzaga kelgan Afg’on urushi qatnashchisi , ayni chog’da jabrlanuvchisi. U afg’on urushidan kantuzyaga uchrab eng achinarlisi majruh bo’lib uyiga qaytadi. Yozuvchi Rustamning kundaliklari orqali afg’on urushi janggohlarini tasvirlar ekan bu ma’nisiz urushning mohiyatini , mohirlik bilan ochadi.Afg’on qishlog’i portlatilgandagi yosh bolasi bor ayolning o’lgani, onasi o’lganini bilmagan bola, kelib, onasini quchib uni emishga harakat qilishi…Iymonli soddagina Hayridinning o’z tug’ilgan kunida o’ldirilishi. Urushdan qaytgan Rustam , o’z hayotini izga tushirishga urinadi , ammo , Rustamning hayoti endi o’nglanmaydi . U tirik o’likka aylangan edi. Bunday holatda , ruhiy azoblardan o’lib quritishdan boshqa chora qolmagandek go’yo . Rustam-ku Afg’ondan majruh bo’lib keldi.
  • .

Uning xotini Shahnoza esa, tinch hayotida , ota – onasining bag’rida ham bu urushning asoratlarining achchig’ini tortib ko’radi. Bosh qahramonlardan biri Qurbonoy xola zaxmatkash, mehnatkash ayol bo'lib, asarda uning o'sha davr ta'sirida boshidan o'tkazgan qiyinchiliklariyu va uning sabr-matonati tasvirlangan.

  • Uning xotini Shahnoza esa, tinch hayotida , ota – onasining bag’rida ham bu urushning asoratlarining achchig’ini tortib ko’radi. Bosh qahramonlardan biri Qurbonoy xola zaxmatkash, mehnatkash ayol bo'lib, asarda uning o'sha davr ta'sirida boshidan o'tkazgan qiyinchiliklariyu va uning sabr-matonati tasvirlangan.
  • Romandagi Komissar (Soat G'aniyevich) obrazi orqali o'sha davr chirkinliklari-qoraliklari yaqqol ko'rsatilgan.U organlarda ishlar ekan hammaga dushman deb qaraydi, hammadan gumonsirashni o’zining oliy burchi deb biladi. “Hammadan hatto o’zining xotinidan, bolasidan gumon qiladi.” Shu tarzda komissar yoshligida birga o’ynab katta bo’lgan bolalarning ustidan tuxmatlar uyishtirib ularni qamatadi. O’zining tuzumga sadoqatini isbotlash uchun ko’pgina yaqin odamlarining yostig’ini quritish bilan cheklanmay so’roq paytida ularni jismonan azoblashning juda daxshatli yo’llarini o’ylab topadi.(ham vaxshiy, ham tahqirlovchi, shaxsiyatga qattiq teguvchi). Bu obraz orqali yozuvchi e’tiqodsiz, imonsiz kishi, faravonlikka, baxt – saodatga erishishning yakka–yu yagona yo’li sotqinlik josuslik deb bilishini aniq hayotiy lavhalarda ko’rsatadi. Sotqinlik dardiga girifdor bo’lgan bunday kimsalar pul berilsa bas, hamma narsani, hatto padari buzrukvori-yu, oq sut bergan onasidan ham tonadi.Soat G’anievning e’tiqodsizligi shu darajadaki, u hatto musulmon olamining muqaddas kitobi sanalmish Quroni Karim ni abisk paytida topib olib mayda mayda qilib tashlaydi (ifloslik, pastkashlik, insonga xos bo’lmagan harakatlari).
  • Romaning asosiy mavzusi “paxta ishi ” “o’zbek ishi” qatog’onlarini yoritish buning kelib chiqishining sabablarini chuqur va asosli dalillaydi. Talabalarning paxta terimi paytidagi qiyinchiliklari, paxta dalasi front atalib , inson hayoti bunda bir pul bo’lganligi, bu voqealar Rustam va Shaxnozalarning sevgisi bilan omuxtalashib bir butunlik hosil qilgan.
  • Roman o’zining mazmuniy va g’oyaviy voqeliklari bilan XX asrda xalqimizning boshiga tushgan og’ir kunlar haqida avlodlarga, bizlarga achchiq xaqiqatidan hikoya qiladi.

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling