“O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”romanida urush mavzusi va insoniy munosabatlar ifodasi mavzusida tayyorlagan


Romandagi ayollar obrazlar talqini


Download 33.38 Kb.
bet9/10
Sana22.06.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1647082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ZUHRO SLAYD(1)

2.2 Romandagi ayollar obrazlar talqini

  • Roman bosh qahramonlaridan Qurbonoy xola umrini nimaga sarflaganini bilmaydi, sog'ligi yomonlashib ishga yaramay qolsa ham har kungi yumushlarini qo'ymaydi. Doktorlar man etishsaham o'z bilganidan qolmay kundalik tashvishlarini bilan band. Bu ayolning umri ham xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat kechdi. Boshiga biror musibat tushsa yoki birorkimdan yomonlik ko’rsa ham hech ham ars qilmaydi “allohga soldim”deb qo’yaveradi. Bu obrazni yozuvchi shu qadar mukammal qilganki faqatgina allohga ishonadigan hech bir insonga yomonlikni, tilaymaydigan, har qanday mehnatni miq etmay bajaraveradigan o’ta matonatli obraz.Romanda Qurbonoy xola ko’plab zulumga, nohaqsizliklarga duch keladi lekin shunda ham isyon qilmaydi dastlab otasidan ayriladi so’ngra onasi o’zini-o’zi osib o’ldirganiga guvoh bo’ladi.Balog’atga yetib oila qurganda esa erining oilasi uni qabul qilishni istashmaydi bunga ham chidaydi yolg’iz qizi bilan qoladi. Qizini bir o’zi tushga beradi lekin qizining ham turmushi bo’lmay onasining oldiga qaytishga majbur bo’ladi yolg’iz qizi va nabirasi bilan yashashda davom etadi.Sog’lig’ida muammosi bo’lsada kundalik yumushlarni qilishda davom etar qanday qiyinchilik ko’rsa ham allohdan deb hissoblovchi obraz. Qurbonoy xola obrazini haqiqiy o’zbek ayoli timsoli deb bilaman. Komissar Qurbonoy xolaning hayoti izdan chiqishiga, ota-onasi o’limiga sababchi bo’ldi. Qurbonoy xola esa Xudoning taqdiriga isyon qilmadi, Komissarga yomonlik tilamadi, bu bilan yozuvchi insonning qanchallik kuchli bardoshga ega ekanligini ko’rsatib bergan. Qahramonlardan yana biri Rustamning onasi tabiatdan ko’ngilchan ayol u ham farzandini urushga jo’natib go’yoki igna ustida o’tirgandek bo’ladi. Bundan tashqari turmush o’rtog’i nohaq tuhmat bilan qamoqqa tushganda ham sabr bilan erining qaytishini kutadi.Farzandining diydorini ko’rish uchun urushdan sog’omon qaytishini allohdan so’rab iltijolar qiladi haqiqiy o’zbek ayoli timsoli bo’la oladi

Xulosa:

  • Xulosa:
  • O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”romaniga xulosa o’rnida aytadigan bo’lsam bu roman boshqa romanlarga nisbatan mukammal darajada yozilgan boshqa kasb egalari o’qisalar ham bemalol yozuvchi kitobxonga nima demoqchi bo’lganini bir zumda anlab olishadi.Asarning boshlanish qismi “Kuzning o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshatilishi.Oyoq ostida yotgan hazonlarni kasalmand holda ingrashi” romanni boshlanishi sovuq habar o’lim habari bilan boshlanishini anlatgan yozuvchi har bir obrazga o’zgacha yondashgan. Asar qahramonlarining bir- birlariga bog’liqlik jihatlarini mohirona qollangan.Bir obraz boshqasiga qandaydir bir voqea asosida bog’lanib ketgan misol uchun Soat G’aniyevichni oladigan bo’lsak asardagi bosh qahramonlar Qurbonoy xola,Rustam, Shahnoza va boshqa qahramonlarga o’zaro bog’liq chihatlari bor. O’yalab koʻrilsa yozuvchi romanni bir inson tomonidan emas balki ko’p roviylar tomonidan so’zlash orqali yanada tushunarliroq bo’lishini istagan.Romanda nafaqat turli voqealar hatto Sobiq savet hokimyati davridagi “O’zbek ishi” ya’ni “Paxta ishi” va “Qatog’on siyosati”ham tasvirlangan bu bilan mustaqilligimizga erishish yo’lida ko’plab qiyinchiliklarni yenganimiz, bu darajaga qanday yetib kelganimiz ochiqchasiga tasvirlangan.Yozuvchi bejizga asar nomini “Tushda kechgan umrlar” deb nomlamagan chunki biz yashab turgan dunyo go’yoki bir tushga o’xshaydi o’tadi-yu ketadi huddi tushday.Asar qahramonlarining hayoti ham tush kabi o’tib ketganini asarni o’qib bo’lganimizdan so’ng bilib olishimiz mumkin.

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling