O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


E.Gekkel tomonidan kashf etilgan


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

E.Gekkel tomonidan kashf etilgan. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasining  50-moddasida:  «Fuqarolar  atrof-muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «Yer va yer 
osti  boyliklari,  suv,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zahiralar 
umumiy 
boyliklardir. 
Ulardan 
oqilona 
foydalanish 
zarur 
va 
ular 
davlat 
mudofaasidadir» - deb juda o’rinli ta’kidlangan. 
Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday 
munosabatda  bo‘lishni  o‘rgatish  ijtimoiy  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotining  eng  dolzarb 
mavzusiga aylandi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  1992  yil  9  dekabrda  qabul  qilingan  «Tabiatni  muhofaza 
qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta‘sis etilishi, shu nomda Davlat 
dasturi,  «Ekologik  ta‘lim-tarbiya  konsepsiyasi»  ning  ishlab  chiqilishi,  «Ekosan» 
jamg‘armasining  tuzilishi  va  2000  yilning  «Sog‘lom  avlod  yili»  va  2005  yilning  «Sihat-
salomatlik  yili»  deb  e‘lon  va  davlat  dasturi  ishlab  chiqilishi  ekologik  tarbiyaning  ijtimoiy 
muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko‘ramiz. 
Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib 
bormoqda.  Ayniqsa,  aholini  yer,  suv,  energetika,  oziq-ovqat  bilan  ta‘minlash  haqidagi 
muammolar  butun  dunyo  ijtimoiy  muammolariga  aylanib  bormoqda.  Yer  kurrasida  insoning 
farovon  yashashi  endi  ekologik  muammolarni  yechishga  bog‘liq  bo‘lib  qolmoqda.  Ekologik 
muammolarning  ilmiy,  iqtisodiy,  texnik,  gigiyenik,  yuridik,  estetik,  pedagogik  va  psixologik 
yo‘nalishlari  mavjud.  Pedagogik  yo‘nalishda  ekologik  ta‘lim  va  tarbiya  berish  ko‘zda  tutiladi. 
Ekologik  ta‘lim  deganda  aholiga  berilishi  lozim  bo‘lgan  tabiat  bilan  inson  orasidagi 
munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. 
Ekologik  tarbiya  esa  insonning  atrof-muhitga  nisbatan  munosabatini  tarbiyalashdir. 
Ekologik  ta‘lim-tarbiyadan  bosh  maqsad  ham  turli  yoshdagi  kishilarda  atrof-muhit  va  uning 
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. 
Fuqarolarda  ekologik  savodxonlik  va  madaniyat  ijtimoiy  ta‘lim-tarbiya  muassasalari, 
ishlab  chiqarish  korxonalari,  mehnat  jamoalari,  mahalliy  boshqaruv  organlari,  ichki  ishlar 
xodimlari,  prokuratura,  sud,  ommaviy  axborot  vositalari  singari  shakllarda  amalga  oshiriladi. 
Ekologik  muammolarni  hal  etishda  aholining  g‘alla  maydonlarini,  mevali  va  manzarali 
daraxtlarni mudofaa qilish sohasida ko‘plab muammolar mavjud. 


Fuqarolarga  ekologik  tarbiya  berishda  milliy  xususiyat  va  tomonlarga  asosiy  e‘tiborni 
qaratish foydali. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz:  «Suv – 
tabiat in‘omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Ma‘lumki hozir faqat 500 ming km
3
 ga 
yaqin chuchuk suv bor xolos. 
Ma‘lumki, barcha  yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy 
g‘oyalar  xalq  donishmandligida  asoslangan.  Masalan,  «Soyasidan  xalq  foydalanib  turgan 
daraxtni  kesib  yuborgan  odamni  tangri  do‘zaxga  mahkum  etur»,  «Dehqonchilik  bilan 
shug‘ullaninglar,  dehqonchilik  muborak  kasbdir.  Unga  qo‘riqchilarni  ko‘paytiringlar»,  «Qaysi 
bir  musulmon  ekin  eksa  yoki  biror  daraxt  o‘tqazsa,  so‘ng  uning  mevasidan  qush  yoki  hvyvon 
yesa,  uning  ekinidan  yeyilgan  narsaning  har  biridan  unga  sadaqa  savobi  yoziladi»,  «Ekmoq 
niyatida  qo‘lingizda  ko‘chat  tutqazgan  paytda  bexosdan  qiyomat  qoim  bo‘lish  aniq  bo‘lganda 
ham ulgursangiz, uni ekib qo‘yavering», «Kim suv toshqinini to‘xtatsa yoki yong‘inni o‘chirsa, 
unga shohidlik ajri yeriladi» va hokazo. 
«Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytisha, tabiatga quloq solgan 
holda unga muvofiq harakat qilishda» - deb ta‘kidlagan Geraklit. 
Orol  tangligi  insoniyat  tarixidagi  eng  yirik  ekologik  va  gumanitar  fojialardan  biridir. 
1911-1962  yillarda  Orol  dengizining  sathi  eng  yuqori  nuqta  bo‘lib,  53,4  metrni,  shu  darajalar 
1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni (400 kub kilometrni) suvning yuzasi 
66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi bir litr suvda 
10-11 gramm (u ikki barobar oshganligining guvohimiz) ga yetgan. 
Orolning  qurib  qolgan  tubidan  chang  bo‘ronlari  1975  yildayoq  kosmik  tadqiqotlar 
natijasida  aniqlangan.  1980  yillarning  boshlaridan  buyon  bunday  to‘fonlar  bir  yilda  90  kun 
davomida  kuzatilmoqda.  Chang-to‘zon  uzunligi  400  km  va  eni  40  km  maydonga  yetib 
bormoqda.  Chang  bo‘ronlarining  ta‘sir  doirasi  esa  300  kmgacha  yetmoqda.  Mutaxassislarning 
bergan  ma‘lumotlariga  qaraganda,  bu  yerda  har  yili  atmosferaga  15-75  mln  tonnagacha  chang 
ko‘tariladi. 
Orl dengizining qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko‘lamli ahamiyatga molik 
bo‘lgan  ekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  desografik  muammolarning  murakkab  majmui  vujudga 
keldi.  Dengizning  qurib  borishi  va  mintaqaning  cho‘lga  aylanib  borishi  bilan  bog‘liq  fojea  bu 
havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir. 
Maktabda  o‘quvchilarni  ekologik  tarbiyalashda  bunday  ma‘lumotlarni  berib  borish 
o‘qituvchilarning asosiy vazifasi bo‘lsog‘i darkor. 
Endilikda  atrof-muhitga,  tabiat  boyliklariga  e‘tiborsiz  bo‘lish  butun  sayyoraga  jiddiy 
zarar  yetkazishi  ma‘lumligi  aniq  bo‘lib  qoldi.  Inson  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  munosabatlar 
muammolarini  yechish  zaruriyati  tug‘ildi.  O‘quvchilarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirish, 
tabiat,  atrof-muhit  bilan  qanday  munosabatda  bo‘lishni  o‘rgatish  pedagogika  nazariyasi  va 
amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. 
Ayniqsa,  umumta‘lim  maktablarida  maktab  partasidanoq  tabiatga  muhabbat  ruhida 
tarbiya berishga astoydil kirishi zarurligini ko‘rsatadi. 
Tabiatni  muhofaza  qilish  hozirgi  zamonning  asosiy  masalalaridan  biri  bo‘lib  qolganligi 
o‘quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko‘p darajada 
foydalanish, yangi  yerlarni rejasiz o‘zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o‘zgardi, 
atrof-muhit  ifloslandi.  Ayniqsa,  paxta  yakka  hokimligi,    qishloq  xo‘jaligi  ishlarining  noto‘g‘ri 
rejalashtirilganligi,  kimyoviy  o‘g‘itlardan  me‘yordan  ortiq  ishlatilishi  tabiat  kushandalarining 
ko‘payishiga  sabab  bo‘ldi.  Bu  hol  hayvonot  olami  va  o‘simlik  dunyosiga  ham  o‘zining  salbiy 
ta‘sirini ko‘rsatdi. 
Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. 
Ekologik  ta‘lim-tarbiya  maktabda  barcha  fanlarni  o‘qitishda  amalga  oshirilishi  ko‘zda 
tutiladi.  Ekologik  ta‘lim-tarbiyadan  bosh  maqsad  ham  yosh  avlodda  atrof-muhit  va  uning 
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
Bizningcha,  umumiy  o‘rta  ta‘lim  va  boshqa  muassasalarda  ekologik  tarbiya  berishni 
tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 



atrof-muhit va uning shaxs ma‘naviy dunyosiga ta‘siri; 

tabiat va uning ahamiyatini anglash

tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi

o‘z  tumani,  shaharini,  qishloq  va  maktab  hovlisini  ko‘kalamzorlashtirishda, 
hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini

oiladagi,  maktabdagi  tabiatni,  o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosini  e‘zozlashga 
o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish

tabiatga  ongli  munosabat  jarayonda  o‘quvchilarning  dunyoqarashini 
shakllantirish; 

yoshlarni  ekologik  tarbiyalashda  milliy  an‘ana  va  udumlarni  qayta  tiklash, 
ularga e‘tiborni kuchaytirish. 
«Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo‘yicha quyidagi tadbirlar belgilangan: 

Inson  butun  umri  davomida  suv,  tuproq,  olov,  umuman  dunyodagi  jamiki  yaxshi 
narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. 

Yer,  suv,  havo,  olovni  asrash  qoidalarini  buzgan  kishi  400  qamchi  urish  jazosiga 
mahkumdir. 
Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko‘rsatishgan. Yurtni obod etishgan, 
ko‘chalarni,  haylilarni  sarishta  qilishgan.  Xalqimizning  tabiatga  munosabati:  urug‘  qadash, 
qovun  sayli,  suv  sayli,  uzum  sayli,  hosil  bayrami,  gul  bayrami,  Navro‘z  bayrami  kabi  an‘ana, 
udum va odatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur an‘ana, urf-odat va qadriyatlarni takomillashtirish 
bugungi kunning eng asosiy vazifalaridandir. 
Maktab o‘quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: 
-  tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog‘lanish; 
-  tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish
-  atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash; 
-  tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish. 
Umuman  umumiy  ta‘lim  maktab  o‘quvchilarining  ekologik  ta‘lim-tarbiyasi  quyidagi 
tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta‘minlanadi: ekologik his-tuyg‘u, ekologik 
idrok,  ekologik  tasavvur,  ekologik  tushuncha,  ekologik  bilim,  ma‘lumot,  ko‘nikma,  malaka, 
odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling