O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
isrof va hokazo.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa juda muhim. Avvalo o‘quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to‘la tushunchaga ega bo‘lmog‘i darkor. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta‘kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta‘limning barcha darajalari ta‘lim oluvchilarning iqtisodiy ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish», zarurligi (45-bet) a‘lohida ta‘kidlangan. Barkamol inson avvalo iqtisodiy tarbiya olmog‘i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog‘liq ko‘nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo‘lishi mumkin emas. U eng avvalo o‘z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta‘limiy asoslarini ilmiy bilmog‘i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta‘lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo‘llash jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘ziga xos tarzda, ya‘ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o‘quvchilarda iqtisodiy ma‘lumotni, madaniyatni, ongni, ko‘nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchuk kichik o‘quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo‘llash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. Kichik o‘quvchilarning barkamol insonga xos bo‘lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma- bosqich ular yoshining ortib borishi bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O‘quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita ta‘lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas‘uliyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi zimmasiga to‘g‘ri keladi. Bu ish boshlang‘ich ta‘limning to‘rt yilli davrida amalga oshiriladi. Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Ko‘rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e‘tiborni qaratganlar. «Ey farzand, o‘zingni mol jam etmoqdan g‘ofil tutmag‘il va lekin har narsani etmak tilasang jahd qilg‘il, toki halollik bila jam bo‘lsin va hamisha senga boqiy hamda yoqimli bo‘lsun. Agar moling ko‘p bo‘lsa, uni taqdir va tadbir bila ishga yaratg‘il. Nedinkim, taqdir va tadbir bila yaratgan ozgina mol taqdirsiz va tadbirsiz ko‘p moldin yaxshidur. Agar mol oz bo‘lsa, ham yaxshi saqlamoqni vojib bilg‘ilki, har kishi oz narsani saqlay olmasa, ko‘p narsani ham saqlay olmag‘uvsidir. Har narsa qo‘lingga tushsa, bir tangadin ikki hissani qarilig‘ va ojizlig‘ vaqtining zaruriy ishlariga ehtiyoj uchun ehtiyot qilib qo‘yg‘il, va undin ko‘z yumib aslo unga qo‘l urmag‘il. Qolgan ikki hissani o‘zingning ziynat va asbobingga sarf etgil» (Qobusnoma. 70- 72 bet). «...Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanur» - deb Abdulla Avloniy o‘rinli ta‘kidlagan. (A.Avloniy. Toshkent tongi. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyati. T., 1979 y, 267-bet). Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo‘lmaslar» degan hadis bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo‘rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy bo‘lmasada, o‘zini faqirlikdan saqlay oladi». (Yuz bir hadis. T., «Mehnat», 1991 y, 38-bet). Demak, iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta‘lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o‘quvchi bevosita maktab ta‘limi davrida oladi. Shuning uchun o‘quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga alohida e‘tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir. Mol jam etarda baxillik qilmag‘il, bu badbaxtlikning shogirdidir. O‘zingga ranj berg‘il, ya‘ni o‘zing mashaqqat tortg‘il, nedinkim mol qiyinchilik bilan yig‘iladi va qohillik bila yo‘q bo‘lur. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‘lg‘aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko‘p bo‘lg‘ay, yumshoq tabiatli va shirin so‘zli bo‘ling, do‘stiniz ko‘p bo‘lg‘ay». Demak, ko‘p ranj bila topilg‘on ganjni (boylik) g‘aflat va qohillik bila qo‘ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‘lg‘andin so‘ng har qancha pushaymon bo‘lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo‘lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg‘il, sen bundan bahramand bo‘lg‘aysan. Biroq mol har qancha aziz bo‘lsa ham, uni do‘stlardin darig‘ tutmag‘il. Har holda molingni go‘ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog‘liq bo‘lsa, xarjing ham ul miqdor bo‘lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag‘ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hyech vaq qashshoq bo‘lmag‘ay. Donishmandlar debdurlarkim, hyech bir ishda isrof qilmag‘il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag‘il. Ro‘zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko‘rguzmag‘il. Joningga jabr qilmag‘il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig‘ilgan molingni bahllarning qo‘liga topshirmag‘il va sharobxo‘r, qimorbozlarga e‘timod qilmag‘il. Mol jam etmakda xato qilmag‘il, har odam o‘z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo‘lg‘ay va muddaolarda bebahra qolg‘ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur. Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) yedurg‘il. O‘zgalarning molidin ta‘ma qilmag‘il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog‘i bo‘lg‘aysan. Molingni o‘zgalarning moli deb bilg‘il, o‘zgalarning molin o‘z molingdin ziyodrog‘ bilg‘il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to‘g‘rilik bila xalqqa mashhur bo‘lg‘aysan (Qobusnoma. 70-72 bet). «... Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo‘ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o‘ldiradi». Isrof so‘zining lug‘aviy ma‘nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o‘zi va bola- chaqasi uchun hyech narsa qoldirmay, bor-yo‘g‘ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma‘nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishining bor-yo‘g‘ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy. 131-bet). «Yaxshi sayrat, chiroyli hay‘ot va har bir ishda iqtisodchilik yetishi hislatlardan bir bo‘lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g‘azabda bo‘ladi. Molni noo‘rin yerlarga sarf qilib zoye qilganingiz shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Markaziy Osiyolik olim Rozouddin ibn Faxriddin odob-axloq tushunchasiga oid «Kattalarga nasihat» asarining so‘nggi qismi «Butun a‘zolaringizni gunohlardan saqlang, deyiladi unda, - insof, adolatni o‘zinizga rahbar qilib oling. Pul, mol dunyongizni tejab sarf eting, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymang. Birovdan qarzdor bo‘lsangiz, va‘da qilg‘an kuningizda topshiring», deb ta‘kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag‘, boylik uchun o‘zini xavf-xatarga qo‘ymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag‘, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me‘yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to‘siq bo‘lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi. O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O‘qituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat‘iy nazar o‘rganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga iqtisodiy ta‘lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko‘nikma, odatlar haqida ma‘lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo‘layotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o‘z mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini o‘qitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon bo‘lishi mumkin emasligini tushuntiradi. O‘quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda o‘z mehnatini, so‘ng o‘zgalar mehnatini qadrlashga o‘rganadi. Shu asosda o‘quvchilarda iqtisodiy ma‘lumot, ko‘nikma va odatlar tarkib topadi. O‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, «Mohir qo‘llar» to‘garagi ishtirokchilari o‘qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlarni tayyorlash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni o‘rganadilar, ya‘ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni o‘rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo‘ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya‘ni ta‘minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag‘, ya‘ni pul hosil bo‘lishiga asos soladi. Pul esa o‘z navbatida o‘quvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi. Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan o‘quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar bo‘yicha tasavvur, bilim, ma‘lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo‘lmasin u davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog‘liqligini anglaydi. Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o‘z navbatida odamlarning shu sohaga bo‘lgan ehtiyojini o‘quvchilar o‘rganish, ko‘rish, kuzatish jarayonida o‘zlarining iqtisodiy ma‘lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko‘rgazmalarni tashkil qilish singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul. Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko‘pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo‘rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko‘zlik, pul jamg‘arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo‘jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag‘ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog‘, sut, go‘sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga yetib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog‘i lozim. Agar ota-ona qo‘shimcha ish olib ishlayotgan bo‘lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog‘i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o‘zining qo‘lidan kelgan hissasini qo‘shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling