O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Jamoaning tuzilishi Hozirgi zamon maktabida tarbiyalovchi jamoaning butun bir sistemasi: sinf jamoai, qiziqishlar bo‘yicha jamoalar, o‘quvchilar ishlab chiqarish brigadalari, maktab o‘rmonchilgik, mehnat va dam olish lagerlari, yoshlar tashkiloti jamoalari kabi shakllari mavjud. A.S.Makarenko o‘z asarlarida jamoalarning belgilarini bayon qiladi. Uning ko‘rsatishicha, jamoa - omamlarning quyidagi asoslarida birlashuvidir. 1. Ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan maqsadlar. 2. Ularga ershpish sohasidagi birgalikda ko‘rsatiladigan faoliyat. 3. Jamoa a‘zolari o‘rtasida o‘zaro ma‘suliyatli munosabatlar. 4. O‘zini – o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi. Tarbiyalovchi, jamoa pedagoglar uchun tarbiya obe‘kti bo‘lib, pedagogik ishlarning butun mohiyati jamoalarni tashkiliy jihatdan shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni tegishli intizom doirasida saqlashdan iborat bo‘lmay, balki A.S.Makarenko qayd qilganidek, bolalarning mazmunli hayotini tashkil etishdan, chinakam boy ijtimoiy va jamoa munosabatlarini shakllantirishdan iborat. Jamoada bolalar hayoti quvonchi, qiziqarli, mehnat va bilim faoliyati, romantika va o‘yin jo‘sh urib turadigan bo‘lishi kerak. Jamoaning rasmiy strukturasidan tashqari uning norasmiy strukturasi ham mavjud. Boshlang‘ich jamoadagi birgalikda olib boriladigan faoliyat jarayonida muomala va do‘stlik negizida kichik guruhlar vujudga keladi. Bunday kichik guruhlar kichik norasmiy guruhlar deb ataladi. Sinf jamoaida bir necha norasmiy guruh bo‘lishi mumkin. Guruhlardan birortasi jamoa faoliyatining barcha turlarida yetakchi bo‘lishi, boshqa guruhlar esa o‘ziga qiziqarli va o‘z talablariga mos keladigan faoliyatidagi yetakchi bo‘lishi mumkin. Har bir guruhda aytgani- aytgan, degani-degan bolalar bo‘ladi. Xuddi shular yetakchi bo‘lishadi. Kichik norasmiy guruhlar o‘z tarkibiy qismi bo‘yicha ko‘pgina barqaror bo‘lishmaydi. Kichik guruhdagi munosabatlar biror sababga ko‘ra buzilib qolsa, guruhga tarqalib ketadi yoki ba‘zi bolalar undan chiqib ketadi. Xalqda birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer. Kuch birlikda. Bir cho‘pni sindirish mumkin, ko‘pini hatto egib bo‘lmas, degan hikmat mavjud. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling