O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Maktabdagi ukitish jarayoniga xozirda qanday uzgarishlar kiritildi. 2. Maktabdagi ichki rejalashtirish masalalarining moxiyati nimadan iborat 3. Yosh avlodni xar tomonlama yetuk, aklli, bilimli bulib yetishishi uchun qanday ishlarni oshirish kerak. 27-Mavzu: Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar Reja: 1. Pedagogika tarixi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. 2. Eramizdan oldingi davrda tarixiy manbalarda ta‘lim tarbiya masalalarining aks etishi. 3. «Avesto» eng qadimgi yozma ma‘rifiy yodgorlik sifatida. Tayanch so’z va iboralar Arxeologiya, Avesto, Marg‘iyona, Sug‘d, Zardushtnoma, ta‘lim tarixini aks ettiruvchi manbalar, xalq og‘zaki ijodi, arxeologik qazilma materiallar. qomusiy olimlar asarlari, birinchi yozuvlarning yuzaga kelishi. Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bir necha asr oldin ham yuksak madaniyatga ega bo‘lgan xalqdir. Bunga turli allomalarimizning yaratgan fan sohasidagi yutuqlari dalolat berib turibdi. Chunonchi eramizdan oldingi davrlarda yozilgan va bizgacha yetib kelgan bir necha asarlari guvoxlik beradi. Jumladan qadimgi grek tarixchisi Gerodotning ―Tarix‖, Strobonning ‖Geografiya‖, Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devonu lug‘ati turk‖, ―Urhun-Enasoy‖ bitiklari va boshqalar. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan ruhga sig‘inish onimizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish totemizm sehrgarlik kabi diniy e‘tiqodlar va ma‘rosimlar aks etgan afsonalar rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizni tafakkurini aks ettirgan pedagogika tarixida manbalarni o‘rganish uch manbaga asoslanganligini ko‘ramiz. 1.Halq og‘zaki ijodi materiallari. 2.Buyuk adiblari allomalarining ijodiy merosi. 3.Arxeologik qazilmalar natijasi topilgan ashyolar. Turon hududida eramizdan oldingi XI-IX asrlarda paydo bo‘lgan Ahamoniylar, III-asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya davlati, eramizning I-asrida Kushonlar davlati V-asrda Eftalitlarning hukmronligi, so‘ngra Sosoniylar va Turk hokonliklarini o‘z ichiga oladi. Tarixchi pedagoglarning qayd etishicha bu davrdagi insonlarning mexnat faoliyati yosh jihatdan uch guruhga bo‘lingan. 1. Bolalar va o‘smirlar. 2. Hayot va mehnatda to‘liq ishtirok etuvchilar. 3. Keksalar. Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi bajaradigan faoliyatida ishtirok etib mehnat qilishga o‘rganganlar. Urug‘chilik jamoasi bosqichida tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga yozishga o‘rgata boshlaganlar. Asta-sekin tarbiya tizimi yuzaga kela boshlagan va maktablarda piktografik yozuv asosida bir-birlarida fikr bildirgan. Atrofdagi mamlakatlar bilan aloqalar natijasida ―Oromiy‖ yozuvi Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin ―Yunon‖ yozuvi joriy qilingan. Insonlarning o‘z turmush tarzini rivojlantira borib jahon madaniyatiga katta o‘zgarishlar kirita boshlagan. Jumladan, Xitoyda qog‘oz ixtiro kilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik sistemasi yuzaga kelishi, Messopotaniyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo‘linishining joriy etilishi, Buyuk ipak yulining ochilishi madaniyatning taraqqiy etishga sabab bo‘ldi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa kilib Markaziy Osiyo hududida oromiy, yunon alifbosi asosida eramizning boshlarida Xorazm, Sug‘d, Baqtriya yozuvlari shakllangan. Eramizdan oldingi 180-425 taxminiy yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning ―Tarix‖ kitobida satlar, massagetlar forolarning ta‘lim tarbiyaga oid muhim ma‘lumotlar berilgan. Kitobda berilishicha forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘illarga ega bo‘lishdan faxrlangan. O‘g‘il bolalar 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat uchta narsaga: 1.Otda yurishga. 2. Kamondan otish. 3. To‘g‘rilikka o‘rganishdir. O‘g‘il bolalar hyech qachon ota-onasini bexurmat qilmagan, yolg‘onchilik, qarzdor bo‘lish, sharmandalik hisoblangan. Xar qanday suvga tupurmaganlar, yuz qo‘llarini maxsus moslashtirilgan joylarda yuvganlar. Bu ma‘lumotlardan xulosa kilish mumkinki, ajdodlarimiz farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining ximoyachisi, odob-axlok, tabiatga munosabat xislatlarining ham shakllantirishga katta e‘tibor berganlar. Sug‘d yozma yodgorliklari orasida ‖eski xatlar‖ nomi bilan yuritiladigan manbalar tomonidan aniqlangan qimmatli ma‘lumotlar bor. Bu xatlar eramizning boshlarida sug‘d yozuvi hakida ma‘lumot beradi. Shuningdek Yan Di (615-617) elchisi Vey Szi o‘z xisobotida Samarqandda ta‘lim tarbiya haqida yozadi. Uning fikricha ―Axolisi mohir savdogar o‘g‘il bola 5-yoshga to‘lar ekan, unga savod o‘rgata boshlaydi. O‘qishni o‘rganishi bilanoq savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar‖. BoshQa bir Xitoy tarixchisi Syuan-Szin Samarqand aholisining ahloqiy va xulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganligi qayd etadilar. Shuningdek xalq pedagogikasida, ya‘ni qadimgi davrlarda ta‘lim tarbiyaga bog‘lik ma‘lumotlar xalq og‘zaki ijodi namunalari afsonalar qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqollarda ko‘ramiz. Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik qabilachilik davrlarga kelib, xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz, ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi ulkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Ular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak – massagetlar, sug‘diyonlar, xorazmiylar, baqtrlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o‘zaro va boshqa ko‘p qabila va uruglar bilan birlashib ketgan va hozirgi Markaziy Osiyo xududidagi xalqlarning ajdodlaridir. Bu elatlar yashagan xududlarda o‘ziga xos madaniy an‘analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi birinchi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar – Baqtriya va Sug‘diyona, Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi ulkalarda xalk xo‘jaligining turli sohalarida rivojlanish bilan birga madaniyat ham o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu taraqqiyot eramizdan olidngi IX – VI asrlarda paydo bo‘lgan Axamoniylar xukmronligi, keyinroq eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek – Baqtriya davlati eramizning I asrida esa Kushonlar davlati, V asrda Eftalitlar xukmronligi, so‘ngra Sosoniylar imperiyasi va nihoyat, turk xoqonligi davrlarini o‘z ichiga oladi. Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta‘lim- tarbiyaga oid boy merosi ham kiradi. Zero, hozirgi turkiy va forsiy – zabon xalqlarining bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san‘at namoyondalarining ijodiy merosi, san‘at va adabiyot namunalari buning dalilidir. Tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ma‘lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan Turkiy va forsiy – zabon xalqlarining «hayot kechirish san‘ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lish namunasi» ifodalangan ma‘anaviy madaniyat yodgorliklari, qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud Qoshgariyning «Devonu lug‘otit – turk», Urxun – Enasoy bitiklari va boshqa shu kabi adabiy tarixiy manbalarda saqlangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma‘naviy madaniyat qay darajada katta rol uynaganligidan dalolat beradi. Xullas, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta‘sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham, o‘z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o‘z – o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlaridan boshlab bosqichma – bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida tula tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Ma‘lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e‘tikodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo‘qldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bulgan xulq – odob qoidalari tarkib topadi. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu – umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruxga sig‘inish – onimizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish – totimizm, sehrgarlik kabi diniy e‘tikodlar va marosimlar aks etgan afsonalar va rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, sugdlar, parfiyanlar yashagan davrlarga borib taqaladi. Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko‘ramiz. 1. Xalq og‘zaki ijodi materiallari. 2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. 3. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar. Ma‘lumki, o‘tmiщda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat kunikma va malakalarni hosil qilishda yordam bergan. Tarixchilar va tarixchi pedagoglarning ko‘rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatdan 3 guruhga bo‘lingan: 1) bolalar va o‘smirlar; 2) hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar. Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga urgangan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish, qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar, ayollar mehnati bilan tanishar edi. Bola ma‘lum tayyorgarlikdan so‘ng sinovlardan o‘tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. Eramizdan oldin taxminan 484 (480) – 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta‘lim - tarbiyaviy qarashlarga oid muhim ma‘lumotlar berilgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim - shunga ko‘ra ular kapron, ug‘illariga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podsho ham kimning ug‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a – salomlar yuborgan. Undan tashqari bolalarning yoshiga ham e‘tibor berishgan. Ug‘il bolalarning besh yoshdan, yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish, tug‘rilikka urgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatishmaganlar, u ayollar tarbiyasiga bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining kayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar. Ug‘il hyech qachon otasini behurmat kilmagan. Ular ota – onaga hurmatsizlikni faqat nikohsiz to‘g‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin deb hisoblaganlar. Bundan tashkari Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi… yana ular daryo suviga tupurmaganlar, xatto qo‘l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. Yana shu Plutarxning yozishicha, Aleksandr yerli xaltutarga yaqinlashish maqsadida Makedoniyaliklar bilan mahalliy aholi urf – odatlarini aralashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va harbiy san‘atini o‘rgatishga, murabbiylar tayinlashga buyruk bergan. Keyinchalik yunon alifbosining bu yurtda qabul qilinishi eramizdan oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan. «Avesto»ning o‘zi kim tomonidan yaratilgani hakida turli taxminlar mavjud. Jumladan, sharqshunos olim Ye.E.Bertelsning fikricha, 1278 yilda Rayd – Zardusht ibn Baxrom iyun Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan «Zardushtnoma» dostonida Avesto va Zindani Zardusht dunyoga keltirganligi, uning tug‘ilgani va keyingi hayoti haqida kitob ekanligi bayon etiladi: Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling